Vii bob. Yoqilg‘1 havo aralashmasida yoqilgining alangalanishi, yonish fronti va to‘la yonish jarayoni


Yoqilg‘i aralashmasining yonishini intensifikatsiyalash usullari


Download 23.29 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi23.29 Kb.
#1232336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YOQILG‘1 - HAVO ARALASHMASIDA YOQILGINING ALANGALANISHI, YONISH FRONTI VA TO‘LA YONISH JARAYONI

7.8. Yoqilg‘i aralashmasining yonishini intensifikatsiyalash usullari

Hozirgi kunda qo‘llamlib kelinayotgan o‘txona kameralariga gazsimon yoqilg‘ilami yonish uchun zarur bo‘lgan havo bilan birgalikda oqim shaklida uzatiladi va yoqiladi. O‘txona kamerasiga uzluksiz kirib kelayotgan yonuvchi aralashmaning turbulent oqimida alanganing tarqalishi bilan yonish jarayoni amalga oshadi. Shuning uchun yonish jarayoni alanganing turbulent tarqalish tezligini ortishi va alangalanish fronti yuzasini kattalashishi bilan intensifikatsiyalanadi.


Alanganing turbulent tarqalish tezligi issiqlik va massa almashinuvi intensivligidan hamda turbulent yonish zonasida yonuvchi aralashma oqimining aerodinamik va issiqlik strukturasiga ega maxsus sharoitda kimyoviy reaksiyalanish tezligidan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalanish tezligining o‘zi esa reaksiyalanuvchi moddalaming konsentratsiyalari va haroratining ko‘tarilishi bilan kattalashadi. Yonuvchi aralashmadagi haroratning ko‘tarilishi uchun yonish jarayoniga uzatilayotgan havoni oldindan qizdirish qo‘llaniladi. Past kaloriyali yoqilg‘ilar yoqilganda yoqilg‘ining o‘zi ham oldindan qizdirib olinadi.
Biroq gazsimon yoqilg‘ilar oldindan qizdirilganda ulaming tarkibidagi og‘ir uglevodorodlar termik parchalanishga uchrashi mumkinligini yodda tutish lozim. Yana yondirish uchun uzatiladigan havo miqdori voqiladigan gaz miqdoridan ko‘p bo‘lsa, havoning qizdirilishi muhim ahamiyatga ega.
Yonuvchi aralashmalami o‘t oldirish jarayonini takomil- lashtirish uchun yondirgichlaming konstruksiyalarini takomil- lashtirish, yondirgichlar va o‘txonaning aerodinamikasini yaxshi- lanishiga erishish shart. Masalan, yonuvchi aralashma burama harakatli yondirgichga berilganda oqim markazida bosimning
105

siyraklanish zonasi vujudga kelishi mumkin. Bu esa mash’alaning asosiga uning ichki tomonidan o‘ta qizigan yonish mahsulotlarini so‘rilishiga olib keladi. Bunday holatda mash’ala yassi yarim konus shaklini oladi, ya’ni o't olish yondirgichning periferiyasidagi kabi mash’alaning ichki yuzasida ham sodir bo‘la boshlaydi.


Yonuvchi aralashmalami o't oldirilishini intensifikatsiyalash shartlariga quyidagilar kiradi [3,10,11,12]:

1. Yondirish uchun 'uzatilayotgan havoni, zaruriyat tug‘ilganda yoqilg‘ini oldindan qizdirib olish.


2. Yondirish uchun zarur bo'Igan barcha havoni mash’ala negiziga uzatish, shunda yoqilg'i bilan havoni yanada yaxshi aralashishiga erishish mumkin.


3. Yondirgichdan yonuvchi aralashmani katta tezlik bilan oqib chiqishida to‘liq yonishini ta’minlovchi barqaror o't oldirilishini tashkil qilish.


4. Zaruriy alangalanish va yonish yuzasiga erishish uchun butun perimetr bo'ylab o‘t olishni tashkillashtirish.


5. Mash’alaning o'zida issiqlik va massa almashinuvini kuchaytirish yo‘li bilan yonish jarayonini intensifikatsiyalash, shu yo‘l bilan yonish yadrosi va mash’ala bo'ylab yonish zonasida o‘t oldirishni kuchaytirilishini ta’minlovchi oqimning yuqori turbulentligi ta’minlanadi, natijada yondirish jarayonlarini aerodinamik tashkil etilishiga erishiladi.


6. Mash’alani o't oldirish uchun talab etilmaydigan yoki ortiqcha bo'Igan yonish mahsulotlarini o'txona kamerasiga resirkulatsiyalanish zonasini bartaraf etish yoki qisqartirish mumkin emas, chunki uning ta’sirida yoqilg'i va oksidlovchining amaldagi konsentratsiyasi kamayishi hamda haroratning sezilarli pasayishi kuzatiladi.





Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling