Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet31/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

- PARAGRAF

  1. Xitoyda sun sulolasi hukm surgan yillar? 960-1279-yillar

  2. Xitoyda nechanchi asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalanish boshlanadi? X asrdan

  3. Xitoyda almashlab ekish qachondan boshlanadi? Ilk o’rta asrlardan

  4. O’rta asrlarda Xitoyning qaysi qismida shakarqamish yetishtirish rivojlangan? Janubida, shimolida esa pilla yetishtirish rivojlangan

  5. O’rta asrlarda Xitoy dehqonlari o’zlari yetishtirgan maxsulotlardan davlatga har yili necha marta soliq to’lashgan? 2 marta

  6. O’rta asrlarda Xitoyda erkin dehqonlarning aksariyat qismida qancha yer bo’lgan? 30-40 mu

  7. X-XII asrlarda Xitoyda yirik savdo va hunarmandchilik markazlari qaysi shaharlar edi? Kayfin, Chendu, Uchan

  8. Xitoyda XIII-XV asrlarda mis ishlab chiqarish IX asrdagiga nisbatan necha marta ko’paygan? 12 marta

  9. “Panno” nima? Shoyi gazlama

  10. Xitoyda shoyi gazlama ya’ni, panno to’qish nechanchi asrda ixtiro qilingan? XII asrda

  11. Xitoyda paxta tolasidan gazlama tayyorlash nechanchi asrdan rivojlangan? XIV asrdan

  12. Osiyo paxtasining vatani qayer? Hindiston

  13. O’rta Osiyoga paxta qayerdan kelgan? Hindistondan

  14. Xitoyga paxta urug’ini dastlab kimlar olib borgan? Yurtimiz savdogarlari

  15. Marko Poloning yozishicha Xitoy ustaxonalarida qancha kishi ishlatilgan? 10 tadan 40 tagacha

  16. Buyuk Ipak yo’li Xitoyni qaysi hududlar bilan savdo olib borishga imkoniyat yaratgan? O’rta Osiyo orqali Eron va Vizantiya bilan

  17. O’rta asrlarda Xitoyning dengiz sohilidagi port shaharlari qaysilar? Ninbo, Xanchjou, Guanjou

  18. O’rta asrlarda Xitoyning janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borgan port shaharlari qaysilar? Ninbo, Xanchjou, Guanjou

  19. Mo’g’ullar kimni davrida Xitoyning markaziy va janubiy hududlariga o’z ta’sirini o’tkazadi? Xubilay

  20. Xubilay hukm surgan yillar? 1259-1294-yillar

  21. Xitoy mo’g’ullar tomonidan nechanchi yilda to’liq bo’ysundiriladi? 1279-yilda

  22. Xitoyda hukm surgan mo’g’ul sulolasi qaysi? Yuan

  23. Xitoyda yuan sulolasi hukm surgan yillar? 1279-1368-yillar

  24. Xitoyda yuan sulolasining qaysi vakili mamlakatni boshqarishinng xitoycha usulini qo’llasada, mahalliy amaldorlar xizmatidan voz kechadi? Xubilay

  25. Xitoyda Xubilay davlat moliyasini kimga topshirgan? O’zbek Ahmadga

  26. Xitoyda Xubilay lashkarboshilikka kimlarni tayinlaydi? Nasriddin va Masariylarni

  27. Qaysi venetsiyalik savdogar-sayyoh Xubilayxon saroyida yuksak lavozimni egallagan? Marko Polo

  28. Xitoyda 1351-yilda qaysi viloyatlarda dehqonlar qo’zg’oloni ko’tariladi? Xenan va Shandun

  29. 1351-yilda Xitoyda mo’g’ullarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga kim boshchilik qilgan? Chju Yuan Chjan

  30. Xitoy mo’g’ullardan nechanchi yilda ozod bo’ladi? 1368-yilda

  31. Xitoyda 1368-yilda qaysi sulola hukmronligi boshlanadi? Min

  32. Xitoyda Min sulolasi hukmronligiga kim asos soladi? Yuan Chjan

  33. Min qo’shinlari mo’g’ullarni taqib etib ularning poytaxti ... shahrini yondirib yuboradi. Qoraqurum

  34. 1380-yilda Xitoyning janubida, shimoliga qaraganda 2,5 barobar ko’p aholi yashashining sababi nima? Janubda sholining ertapishar navlaridan 2-3 marta hosil olinganligi

  35. Xitoyga sholining ertapishar navlari qachon va qayerdan keltirilgan? XI asrda Taylanddan

  36. Nechanchi asrdan Min sulolasining A,Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi? XV asr boshidan

  37. Xitoy Vetnamni qachon bosib oladi? 1406-yilda

  38. Xitoyning 1406-yilda Vetnamni bosib olishi va keyinchalik Mo’g’ulistonni bosib olishiga qaysi voqea yo’l ochib bergan? A. Temurning vafoti

  39. Xitoyda Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz flotida nechta kema bo’lgan? 62 ta kema va 30 ming jangchi

  40. Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti Zond arxipelagi, Shiri Lanka va Hindistonga necha marta yurish tashkil etgan? 7 marta. 1405 -1433-yillarda

  41. Fors ko’rfazi yana qanday nom bilan yuritilgan? Ormuz

  42. Xitoylik qaysi dengiz floti boshlig’i musulmon bo’lgan va Makkani ziyorat qilgan? Chjan Xe

  43. Xitoy imperatorlari nechanchi yillarda Samarqandga Ulug’bek saroyiga elchilar yuboradi? 1415-1420-yillarda


Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling