Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

95-modda. Deputat sessiyada ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz
huquqidan foydalanadi.
Deputat:
doimiy hamda muvaqqat komissiyalarga saylash va saylanishga;
sessiyada ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va ular
yuzasidan takliflar kiritishga, sessiya kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish
tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar va mulohazalar kiritishga;
mahalliy Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor
shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
muzokaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi, qo‘shimcha ma’ruzachi va sessiyada raislik
qiluvchiga savollar berishga;
deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan
ma’lumot berishga;
sessiyada raislik qiluvchiga sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi,
taklifi yoki mulohazasining matnini topshirishga;
tarkibiga o‘zi kirgan mahalliy Kengash organining qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai
nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda mahalliy Kengash rahbariga yozma shaklda
ma’lum qilishga;
mahalliy Kengashga hisobdor bo‘lgan yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiyalarda eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishi, shuningdek mahalliy Kengash qarorlarining bajarilishi
yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha taklif kiritishga;
sessiya bayonnomasi (stenogrammasi) bilan belgilangan tartibda tanishishga haqli.
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling