Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

Yosh xivaliklar -Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa) (1914—21). Oʻz safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914-yil avgustda partiyaga Polvonniyoz hoji Yusupov asos soldi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir Sholikorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan Devonov, Husaynbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxoʻja Abdullayev partiyaning faollari edi. Partiyaning eʼlon qilingan dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar oʻtkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, xalqni maʼrifatli qilish moʻljallangan.
Xiva xonligidagi 1916-yil qoʻzgʻolonida faol qatnashgan rahbarlardan biri qozikalon Bobooxun Salimov qoʻzgʻolonchilar faoliyatini yashirin ravishda boshqardi. 1917-yil fevral inqilobi ularning faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatdi, ular ochiq kurash yoʻliga oʻtdi. 1917-yil 5 aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklarga takdim etgan manifestni imzolashga majbur boʻldi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temir yoʻl, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan taʼminlanishi, butun aholining shariat oldida tengligi taʼkidlangan edi. Isloxrtlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 vakildan iborat muvaqqat qoʻmita tashkil topdi. 8 -aprelda mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida Majlis (raisi — Bobooxun Salimov) va Nozirlar Kengashi (raisi Husaynbek devonbegi Matmurodov) tuzildi. P. Yusupov (1861—1936) ga Rossiya hukumati va rus qoʻshinlari bilan munosabatlarni barkarorlashtirish vazifasi yuklatildi. Muvaqqat qoʻmita tarkibiga keyinchalik yana 19 kishi, shuningdek, 7 turkman kiritildi. Yo. x. Xiva xonligida hokimiyatni boshqaruvchi hukmron kuchga aylandi. 1917-yil mayda Majlis raisi Bobooxun Salimov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara oʻtkazish uchun Toshkentga joʻnadi. Asfandiyorxon Muvaqqat xukumatning Xivadagi vakili general Xoʻja Mirbadalov (millati tatar) boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyunda Majlisni tarqatib yubordi. Xon oʻziga maʼqul kishilardan yangi tarkibdagi Majlis (raisi- Ortiq Oxun) va Nozirlar Kengashi (raisi-Ishoqxoʻja Xoʻjayev)ni tayinladi, Yo. x.dan shafqatsiz oʻch olishga kirishdi. H. Matmurodov boshchiligidagi sobiq Majlisning 17 aʼzosi qamoqqa olindi, Bobooxun Salimov ustidan kuchli nazorat oʻrnatildi, 1917-yil sentabrda Xivaga polkovnik Zaysev katta kazak otryadi bilan yetib keldi. 21 noyabrda Yosh xivaliklar ustidan "qozilarning shariat sudi" oʻtkazildi. 1917-yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda maglubiyatga uchragan mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1917-yil noyabr dekabrda P. Yusupov, N. Sholikorov Toshkentga, mulla Jumaniyoz Sultonmurodov- PetroAleksandrovsk (hoz. Toʻrtkoʻl)ga yetib borishdi. Partiyaning boshqa yetakchilari Husaynbek Matmurodov, Ishoqxoʻja Xoʻjayev, Abdusalom Hoji Islomxoʻjayev, Hoji Avazberdi Eshonov xon buyrugʻi bilan qatl qilindi (1918-yil 18 may). Ularning aksariyat qismi 30-yillarda yosh buxoroliklar singari halok boʻldi.

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling