Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


http://www.iesingapore.gov.sg


Download 497.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana08.01.2022
Hajmi497.95 Kb.
#252936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari

12

http://www.iesingapore.gov.sg

 


22 

 

 



Sharqiy Osiyoda erkin savdo hududiga ko„mak beradigan muhim hamkordir. 

Singapur 21 asrning “katta ajdaho”lari bilan bir safda ucha oladigan, o„zining 

kelajagini oldindan ko„ra oladigan davlat sifatida strategiyasini tashkil etdi. Singapur 

o„z  iqtisodiyotini  modernizatsiyalashda  zamonaviy  davlatchilik  va  boshqaruv 

tajribalarini  Xitoy  bilan  o„rtoqlasha  oladigan  “kichik  ajdaho”dan  “katta  ajdaho” 

aylandi. Xayratlanarli hech gap yo„qki, Singapur nafaqat Xitoy bilan, shu bilan birga 

Osiyo  va  Tinch  okeaniya  hududida  ham  o„zaro  manfaatli  savdo  aloqalarini 

rivojlantira  oladigan  etakchi  sifatida  o„z  mavqeiga  ega  bo„ldi.  Bunga  Singapur  va 

Xitoy o„rtasida erkin savdo kelishuvining imzolanishi barcha munosabatlarga yana bir 

karra yakun yasadi. 

Xitoy  dunyodagi  eng  yirik  arzon  ishchi  kuchi  resurslariga  egaligi  bilan 

Singapur  uchun  qimmat  ishchi  kuchlari  va  er  mulk  ob’ektlarining  o„rnini  bosishda 

muqobil jozibadorlik ahamiyat kasb etadi. Shu o„rinda, Singapur engil sanoatida band 

bo„lgan  intensiv  mehnat  resurslarini  Xitoyga  jo„natish  ushbu  munosabatlarning 

mantiqiy davomchisidir. 

Shu  bilan  birga  Singapur  o„zidagi  etarli  bo„lmagan  ishchi  kuchlarini  o„rnini 

to„ldirishda Xitoyning umumiy bilimga ega bo„lgan ishchi kuchlaridan foydalanadi. 

Xitoyning yangi  tashqi  migratsiya siyosati (asosan  tajribali professional  ishchi kuchi 

migratsiyasi)  Singapur  iqtisodiyotining  barqaror  rivojlanishiga  xizmat  qiladigan 

soxalar, ya’ni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida band bo„lishga 

yo„naltirildi. 

Xitoy  etakchilarining  fikricha,  Singapur  o„z  modelini  o„rtoqlashishi  lozim.  U 

o„zining  iqtisodiy  rivojlanish,  zamonaviy  shaharsozlik  tajribalarini  Xitoy  bilan 

almashishi lozim, bunga birinchidan, u erda yashagan mehnatkash etnik 

Xitoyliklarning hissasi yuqori bo„lganligini alohida ta’kidlab o„tdilar

13

.  Ikkinchidan, 



Singapurning  siyosiy  barqarorligi,  qonunchilik  asoslari  Xitoyning  siyosiy 

etakchilarini  diqqatini  jalb  eta  oldi.  Uchinchidan,  Singapurning  korrupsiyaga  qarshi 

muvaffaqiyatli  boshqaruv  siyosati  ham  Xitoyliklarning  diqqat  e’tiborini  o„ziga  torta 

                     




Download 497.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling