Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Download 0.77 Mb.
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1046853
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi

Jinsiy xromosomalar, yaʼni X va Y xromosomalar odamning biologik jinsini belgilaydi: XX ayol va XY erkak jinsini belgilaydi. Ushbu xromosomalar haqiqiy gomologlar emas va ularning bir xil nuqtalarida bir xil genlar joylashmagan boʻladi. Meyoz yoki jinsiy hujayralarning hosil boʻlishida zarur boʻladigan kichik oʻxshashliklarni hisobga olmaganda, X va Y xromosomalari bir-biridan farq qiladi va har xil genlarga ega. Odamlardagi 44 ta jinsiy boʻlmagan xromosomalar autosomalar deb ataladi.
Xromosomalar va hujayra boʻlinishi

DNK replikatsiyasi bosqichidan oʻtayotgan hujayra (yadrodagi barcha xromosomalarning nusxasi koʻchirilgan) va xromosoma kondensatsiyasi (barcha xromosomalar ixchamlashadi) tasviri. Birinchi rasmda hujayra yadrosida toʻrtta dekondensatsiyalangan, toʻrsimon xromosomalar mavjud. DNK replikatsiyasidan soʻng har bir xromosoma ikkita bir-biriga birikkan qiz xromatidadan iborat boʻladi. Xromosoma kondensatsiyalangandan soʻng xromosomalar siqilib, ixcham tuzilishni hosil qiladi (hali ham ikkita xromatidadan tashkil topgan).
Hujayra boʻlinish jarayoniga tayyorlanar ekan, u har bir xromosomasining nusxasini yaratishi kerak. Xromosomaning ikkita nusxasi qiz xromatidalari deb nomlanadi. Qiz xromatidalari bir-biriga oʻxshash va kinezin deb nomlangan oqsillar yordamida oʻzaro birikkan. Qiz xromatidalari orasidagi birikma sentromera, DNKdagi eng mustahkam nuqta boʻlib, hujayra boʻlinishining keyingi bosqichlarida ularni ajratish uchun muhimdir.
Agar qiz xromatidalari sentromera orqali bogʻlangan boʻlsa, ular hali ham bitta xromosoma deb hisoblanadi. Ammo hujayralar boʻlinishida ular bir-biridan ajralishi bilan har biri alohida xromosomaga aylanadi.

Hujayralar boʻlinishga tayyorgarlik koʻrayotgan davrda xromosomalarda qanday oʻzgarishlar sodir boʻlishi.

  1. Xromosoma bitta xromatidadan iborat va dekondensatsiyalangan koʻrinishda (uzun va zanjirsimon) boʻladi.

  2. DNK nusxasi koʻchiriladi. Xromosoma endi kogezinlar deb ataladigan oqsillar bilan bogʻlangan ikkita qiz xromatidadan iborat.

  3. Xromosoma zichlashadi. U hanuzgacha ikkita qiz xromatidadan tashkil topgan, ammo ular endi uzun va zanjirsimon emas, balki qisqa va ixchamdir. Ular xromosomani ichkariga bukib turuvchi “beli” boʻlgan sentromera qismi orqali zich bogʻlangan.

  4. Xromatidalar ajralib chiqadi. Endi ularning har biri alohida xromosoma deb hisoblanadi.

Nima uchun hujayra xromosomalarda replikatsiya (DNK nusxasini yaratish), kondensatsiya va ajralish jarayonlari sodir boʻladi? Qisqa javob: hujayralar boʻlinish paytida hosil boʻlgan har bir yangi hujayra har bir xromosomaning bitta nusxasiga ega boʻlishi uchun.
Yanada qoniqarli javob olish uchun hujayra sikli va mitoz haqidagi maqola va video bilan tanishib chiqing. Bu yerda siz xromosomalarning harakati hujayralarga boʻlinish paytida qiz hujayralarning mukammal DNK toʻplamiga ega boʻlishiga qanday yordam berishini koʻrishingiz mumkin.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling