Xromosomalarning molekulyar tuzilishi
Download 0.77 Mb.
|
Mavzu xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Tayanch iboralar
- Bir xil masshtabda tasvirlangan har xil o’simlik va hayvon turlarining kariotiplari.
XROMOSOMALARNING MOLEKULYAR TUZILISHI. KIRISH ASOSIY QISM. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. Xromosom nazariyasining yaratilishi Xromosomalar morfologiyasi va o’lchami Xromosomalarning strukturasi (tuzilishi). Xromosoma mutatsiyalari XULOSA FOYDANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Tayanch iboralar: akrotsentrik, metotsentrik, telotsentrik Tirik organizmlar hujayrasini o’rganuvchi fan sitologiya deb ataladi. Bu fanda qo’llaniladigan tsitologik metodning irsiyat, irsiylanish va o’zgaruvchanlikning moddiy asoslarini tadqiq qilishda ahamiyati juda katta. Bu metod yordamida hujayraning irsiy axborot manbai bo’lgan genlarni tashuvchi va ularning faoliyatini ta’min etuvchi qismlar, ayniqsa, xromosomalarning tuzilishi va funktsiyasiga oid dalillar olindi. Bu metod yordamida duragaylarni genetik tahlil qilish metodiga bog’liq bo’lmagan holda, hujayra yadrosining, undagi xromosomalarning irsiyatdagi roli kashf etildi. TSitologik tadqiqotlar natijasida hujayraning mitoz, meyoz usulida bo’linishi, gametalar hosil bo’lishi, ularning qo’shilib zigota hosil qilishi jarayonida xromosomalar holati va faoliyatiga oid qonuniyatlar aniqlandi. TSitologiyaning genetika fani rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari asosan quyidagilardan iborat: O’simlik va hayvon organizmlarining har qaysi turi ma’lum va turg’un sondagi, har xil shakl va katta-kichiklikdagi (ko’lamdagi) xromosomalar to’plami (kariotip) ga ega. Bir xil masshtabda tasvirlangan har xil o’simlik va hayvon turlarining kariotiplari. 1-diatom suvo’ti (Cocconcis placentula); 2-meva pashshasi (Drosop’ila melanogaster); 3-murakkab gulli (Crepis capillaris); 4-chigirtka (Gomp’ocerus rufus); 5-qo’ng’iz (Gerris lateralis). Ularning tana hujayralarida jinsiy hujayralardagiga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa ko’p bo’ladi. Tana hujayralaridagi xromosomalar soni diploid deb atalib «2n» bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralardagi xromosomalar soni gaploid deb atalib «n» bilan ifodalanadi (Bu nazariyaga binoan genlar muayyan sonda, muayyan tartibda qator tizilgan holda xromosomalarda joylashgan. Bitta xromosomada joylashgan genlar kelgusi avlodlarga odatda birikkan holda irsiylanadilar. TSitologiyaning yuqorida bayon etilgan yutuqlari genetika fani kashf etgan irsiylanish va irsiyat qonunlarining to’g’ri ekanligini tasdiqladi, yangi qonuniyatlar ochish uchun asos bo’lib xizmat kildi. Mendel qonunlarining qayta kashf etilishidan ko’p vaqt o’tmasdan 1902 yilda T.Boveri Germaniyada, V.Setton Amerikada bir vaqtning o’zida gomologik va nogomologik xromosomalarning meyoz va jinsiy hujayralarning hosil bo’lishi va ularning urug’lanib zigota hosil qilishi jarayonidagi faoliyati bilan allel va noallel genlarning belgilar irsiylanishini ta’min etishdagi faoliyati orasida parallelizm (o’xshashlik) bor ekanligi haqidagi xulosaga kelishdi. Qayd etilgan dalillar negizida genlarning xromosomada joylashganligi haqidagi tushuncha shakllana boshlandi. Amerikalik olim T.Morgan va uning shogirdlari – G.Meller, A.Stertevant va K.Bridjeslarning tsitogenetik tadqiqotlari natijasida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi (1911 y.). Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling