Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Download 0.77 Mb.
bet6/8
Sana23.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1046853
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi

Xromatin
Hujayrada DNK yolgʻiz oʻzi emas, balki uni shakllantiradigan va unga tuzilma shaklini beradigan maxsus oqsillar bilan birikkan holda boʻladi. Eukariotlarda bunday oqsillar gistonlar deb ataladi. Musbat zaryadlangan giston oqsillar atrofida manfiy zaryadlangan DNK oʻralib joylashadi. Bundan tashqari, DNKni yanada ixchamlashtirish va qaysi genning faol ekanini belgilashda ham giston oqsillar muhim rol oʻynaydi. DNK, giston va boshqa struktur (tuzilish) oqsillar kompleksi xromatinni hosil qiladi.

Giston oqsillari shingili (xuddi uzum shingiliga oʻxshash) atrofida oʻralgan, uzun va qoʻsh spiralli DNK polimerining rasmi. Atrofida DNK bilan oʻralgan giston oqsillar xromosoma shaklini hosil qiladi.
Hujayra hayotining katta qismida xromatin dekondensatsiyalangan boʻladi, bu mikroskop ostidagi uzun va ingichka jingalak iplar shaklida koʻrinadi. Bunday sharoitda DNK hujayraviy jarayonlar (DNKni oʻquvchi va undan nusxa koʻchiruvchi oqsillar) bilan oson birikadi, bu hujayraning oʻsishi va vazifa bajarishi uchun sharoit yaratadi.
Dekondensatsiyalangan atamasi bu holat uchun biroz gʻalati boʻlib tuyulishi mumkin – nega uni oddiygina qilib “toʻrsimon” deb qoʻya qolmaymiz – lekin xromatin ham kondensatsiyalanishi mumkinligini bilsangiz, holatga ancha oydinlik kiritgan boʻlasiz. Xromatin kondensatsiyalanganda eukariot hujayra DNKsi faqatgina bitta uzun ipdan emas, balki xromosoma deb ataluvchi chiziqsimon boʻlakchalardan iborat ekanini koʻrishingiz mumkin. Bakteriyalarda ham xromosoma mavjud, lekin u aylana shaklga ega.
Xromosomalar
Har bir tur oʻziga xos xromosomalar toʻplami va soniga ega. Masalan, odamlarning tana hujayralari (somatik hujayralar)da 46 ta, itlarda esa 78 ta xromosoma mavjud^11start superscript, 1, end superscript. Hayvon va oʻsimliklarning koʻplab turlari, odamlar diploid (2n) xromosoma toʻplamiga ega, yaʼni oʻzaro mos keladigan gomologik juft xromosomalardan iborat boʻladi. Odamdagi 46 ta xromosoma 23 juftni hosil qiladi va ularning har biri oʻziga oʻxshash ikkinchi xromosoma uchun gomologik hisoblanadi (X va Y xromosomalar bundan mustasno; quyida koʻrib chiqamiz).
Odamning spermatozoid va tuxum hujayrasida gomologik xromosomalarning faqat bittasi mavjud boʻlib, bu gaploid (1n) xromosoma toʻplami deyiladi. Bu hujayralar birikkanda ularning irsiy axborotlari qoʻshilib, diploid xromosomalar toʻplamini hosil qiladi. Demak, sizning genomingizdagi gomologik xromosomalarning bittasi otangizdan, ikkinchisi onangizdan irsiylangan.

Erkak kariotipining surati, mos ravishda ona va otaning xromosomalari och binafsha va yashil rangga boʻyalgan.
Rasm manbasi: “Kariotip”, the National Institutes of Health (jamiyat mulki).
Gomologik juft xromosomalarning har ikkalasi bir-biriga juda oʻxshaydi hamda bir xil shakl va oʻlchamga ega boʻladi. Eng muhimi, ular bir xil genetik axborot tashiydi, yaʼni bir xil qismlarida bir xil genlar joylashgan boʻladi. Biroq bu genlar bir xil turda boʻlishi shart emas. Chunki sizda onangiz va otangizdan irsiylangan ikki xil gen mavjud.
Misol tariqasida qon guruhini (A, B, AB yoki O) belgilaydigan 9-xromosomadagi genlarni olaylik^22squared. Bitta shaxsda har bir gomologik xromosomaning ikkita bir xil nusxasi boʻlishi mumkin, masalan, ikkita A tur geni. Boshqa holatda esa ikkita gomologik xromosomada ikki xil turdagi gen boʻlishi mumkin, masalan, bittasi A tur geni va ikkinchisi B tur geni (AB qon guruhini hosil qiladi) boʻlishi mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling