Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf


Download 460 Kb.
bet20/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o'z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o'rtancha o'g'li Toshkand hokimi Darvishxonningbuyrug'iga binoan 1598- yilda „Shifo ul-ilal" (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko'p bo'lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo'llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana „Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya" (Ko'z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo'lgan.
Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko'plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro'zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig'i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning „Zubdat ul-ozor", Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma" („Sharafnomayi shoxiy"), noma'lum muallifning „Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosifiyning „Badoye ul-vaqoye", Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma" asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi.
Ko'chkinchixon topshirig'i bilan Sharofiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma"si o'zbek tiliga o'girildi. Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546- yillarda Yunisxonning nabirasi, tog'avachchasi Abdurashidxongabag'ishlab «Tarixi Rashidiy" asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kp'gan; uning onasi Toshkent hokimi Yunusxonning qizi *o bnigorxonim bo'lib, Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo'lgan.
Hofiz Ko'hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug'bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo'lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo'lgan. Davr taqozosi bilan o'z vatani Toshkentda turg'un yashay olmaydi. 1528- yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563-yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584- yili vafot etadi. U „Tarixi Toshkand", „Tarixi oliy Chingiz" (Chingiz sulolasi tarixi), „Risola fi fannit-tavsir val-usul val-firu val-mantiq val-kalom" (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar muallifidir.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling