Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini


Download 0.89 Mb.
bet105/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlarning (9000) bog‘lanishi

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotuvga oid va baholardan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar";
9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar";
9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar";
9040 "Sotilgan tovarning qaytishi";
9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar".
9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar", 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyotlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, biroq oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summalari 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz va boshqa to‘lovlar summasi olinadigan schyotlarning yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi. Shu tariqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar kreditida bilvosita soliqlarsiz sof daromad ko‘rsatiladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar", 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyotlari 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti bilan yopiladi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytishi" schyoti sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontrpassiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. Mazkur schyotning debetida qaytarilgan tovarlar va mahsulotlar qiymati, tegishlicha: pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan schyotlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo‘yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; to‘lanadigan schyotlar bilan - mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to‘lovlar va bo‘naklar bo‘yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debeti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMQlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetida hamda sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontrpassiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko‘rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. Mazkur schyotning debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling