Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


NAMUNALASHNING SHTUF USULI


Download 42.52 Kb.
bet15/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

28. NAMUNALASHNING SHTUF USULIShtuf usuli. Namuna olishning eng oddiy – shtuf usuli, togʻ jinsi yoki ma’danlardan vazni 0,5-2 kg boʻlgan butun boʻlaklarni sindirib olishdan iboratdir. Agar ma’dan tanasi murakkab tuzilishga ega boʻlsa, 166 shtuflarni har bir ma’dan turlaridan ularning tarqalish darajasiga proporsional miqdorda olish kerak. Shtuflarning ma’danning xususiyatlariga mos kelishi vizual ravishda ma’danning mineral tarkibi va teksturastrukturaviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Namunalashning shtuf usuli keng tarqalgan boʻlib, qidirish ishlari jarayonida birlamchi geokimyoviy oreollarini aniqlashda, hajmiy ogʻirligi, gʻovakligi, namligi, mustahkamligi va h.k.larni oʻrganishda qoʻllaniladi. Shtuf usuli odatda ma’danlarning kimyoviy tarkibini tekshirish va ma’dan tanalarini chegaralashda ishlatilmaydi. Chunki shtuf olish paytidagi subyektivlik katta xatolik hosil qiladi. Faqatgina ba’zi hollarda, agar ma’danlanish juda tekis boʻlsa, shtuf usuli ma’danning kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot berishi mumkin. Shtuf usulining tezkorlik, samaradorlik va togʻ lahimlarini qazish jarayoniga xalaqit bermaslik kabi afzalliklari bor.
29. NAMUNALASHNING NUQTAVIY USULINuqtaviy usul. Bu usul bilan olingan namunaning materiali ma’dan tanasining bir qancha nuqtalaridan sindirib olingan, oʻlchamlari 1,5-3 sm va massasi 10-20 g (ba’zan 50 grammgacha) boʻlgan boʻlaklardan (birlamchi namunalardan) iborat boʻladi. Ma’dan tarkibidagi oʻrganilayotgan komponentlarning tarqalish qonuniyatlariga qarab turib, birlamchi namunalar olinadigan nuqtalar ma’lum bir sistema boʻyicha belgilab olinadi. Agar ma’danning namuna olinayotgan tekislikdagi komponentlar konsentratsiyasi ikki yoʻnalishda bir xil miqdorda oʻzgarib borsa, namuna olish sistemasi kvadrat toʻr koʻrinishida boʻladi. Agar komponentlar konsentratsiyasi bir yoʻnalish boʻyicha ikkinchi yoʻnalishdagiga nisbatan tezroq oʻzgarsa, toʻgʻri toʻrtburchakli yoki rombsimon toʻr koʻrinishida tanlab olinadi (66- rasm). 66-rasm. Nuqtaviy usul bilan namuna olish 167 Namunani tashkil etuvchi birlamchi namunalarning soni 10 tadan 20 tagacha, ba’zan koʻproq ham boʻlishi mumkin. Birlamchi namunalar orasida masofa komponentlarining ma’dan tanasida qay darajada notekis tarqalganiga bogʻliq. Komponentlarning joylanishidagi notekislik qanchalik kuchli boʻlsa, birlamchi namunalar orasidagi masofa shunchalik kichik va ular soni shunchalik koʻp boʻlishi kerak. Kvadrat toʻr boʻyicha namunalanganda boʻlaklar orasidagi masofa 10x10 sm yoki 20x20 sm ba’zan 50x50 sm boʻlishi mumkin. Toʻgʻri toʻrtburchakli toʻr oʻlchamlari esa 10x20 sm yoki 20x40 sm boʻlishi mumkin. Namunaning umumiy massasi birlamchi namunalarning soni va massasiga proporsional ravishda 0,2 kg dan 2 kg gacha oʻzgarishi mumkin. Nuqtaviy usulda namuna olishning ishonchliligi birlamchi namunalarning soniga toʻgʻri proporsionaldir. Umumiy namuna birlamchi namunalardan qanchalik koʻp tashkil topgan boʻlsa, uning ishochliligi shunchalik yuqori boʻladi

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling