Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


NAMUNALASHNING HOVUCHLAB OLISH USULI


Download 42.52 Kb.
bet16/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

30. NAMUNALASHNING HOVUCHLAB OLISH USULIHovuchlab olish usuli. Bu usulni nuqtaviy namuna olish usulining bir varianti deb hisoblash mumkin. Bu usul bilan qazib olingan ruda yoki rudali jinslarning uyumlaridan namuna olinadi. Birlamchi namunalar ruda uyumlari yuzasidan, vagonetkalar va ma’dan tashuvchi avtomobillardagi uyumlarning yuzasidan kvadrat yoki toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi toʻr boʻyicha hovuchlab olinadi va bir namunaga birlashtiriladi. Bu toʻrlarning oʻlchamlari 20x20 dan 50x50 sm gacha yoki 20x40 sm dan 50x100 sm gacha oʻzgarishi mumkin. Birlamchi namunalar soni 10 dan 50 gacha oʻzgarishi mumkin. Eng kam birlamchi namunalar olish vagonetkalarni namunalashda ishlatiladi. Bu usul «konvert» usuli deyiladi va unda 5 ta nuqtadan birlamchi namuna olinadi. Alohida birlamchi namunaning hajmi 20 sm3 gacha, massasi 50 g. dan 600 g. gacha oʻzgaradi. Birlamchi namunalar toʻrining zichligi ma’dandagi komponentlar tarqalishining notekisligiga, boʻlaklarning kattaligiga va boʻlaklar kattaligining oʻzgaruvchanligiga bogʻliq. Namunalashning ishonchliligi va toʻgʻriligini ta’minlash uchun namunaga kirgan turli xususiyatli materiallarning nisbati namunada va namunalanayotgan ma’danda bir xil boʻlishi talab qilinadi. Bu talabni bajarmaslik sistematik xatolikka olib keladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun har bir birlamchi namuna olinadigan nuqtadan, (ham yirik, ham mayda boʻlaklardan) aralash material hovuchlab olinadi. Namunalash toʻrining birlashgan bir necha yacheykasini egallab turgan yirik ruda boʻlaklaridan esa qabul qilingan hajmdagi boʻlaklar sidirib olinishi kerak. Agar ma’danning katta boʻlagi yoʻl-yoʻl teksturali boʻlsa, birlamchi namunalar tekstura yoʻnalishiga koʻndalang yoʻnalishda sindirib olinadi. Hovuchlash usuli yuqori mehnat samaradorligini ta’minlaydi. Chunki u ma’danni sindirib olish yoki kovlashni talab etmaydi. Bu usul togʻ lahimlarini qazish ishlariga xalaqit bermaydi. Lekin bu usul bilan namunalash ma’danlarni chegaralashga va turli sortga taalluqli ma’danlarni alohida namunalashga imkon bermaydi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling