Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza



4-MAVZU: АNGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX 
ASR). GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY 
TARIXI (XX ASR. YAPONIYANI VA XITOYNING ENG YANGI 
IKTISODIY TARIXI (XX ACP). 
 
ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Tayanch atamalar va iboralar: “yangi” tarmoqlar, korporatsi-
yalar, moliyaviy kapital, aralash davlat-kapitalistik kompaniyalari, 
“Umumiy bozor”, “sterlingga oid blok”, “Yagona Yevropa”. 
■ Reja: 
13.1. Sanoat rivojlanishi xususiyatlari. 
13.2. Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish 
13.3. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
13.1. Sanoat rivojlanishi xususiyatlari. 
Birinchi jahon urushi natijasida Angliya g‘oliblar qatorida 
bo‘lganligi sababli yutuq bilan chiqqan bo‘lishi kerak edi. Uning 
asosiy dushmani hisoblangan Germaniya mag‘lub bo‘lib, Angli-
yaga Germaniya mustamlakalarining bir qismi o‘tdi. Lekin urush 
ingliz iqtisodiyoti holatini yomonlashtirdi. Urush davrida Angliya 
o‘z savdo flotining yarmini yo‘qotdi. Mustamlakalar bilan aloqalar 
susaydi – Angliya va mustamlakalar o‘rtasida ummonlar bo‘lib, 
ularda nemis suvosti kemalari navbatchilik qilardi. Angliyaning 
Qo‘shma Shtatlarga bo‘lgan qarzi shu daraja katta ediki, uni qo-
plash uchun har yili davlat budjetining 40% sarflanar edi. 
Ikki urush oralig‘idagi davrda ingliz sanoati ommaviy ishsizlik 
va ishlab chiqarish kuchlarini to‘liq band emasligi bilan xarakterla-
nardi. Angliyaning holati boshqa mamlakatlarnikidan og‘irroq edi, 
155



chunki uning iqtisodiyotida an’anaviy “eski” tarmoqlar (ko‘mir, 
metallurgiya, tekstil) katta ahamiyatga ega edi, bu tarmoqlar 
esa “yangi” tarmoqlar tomonidan siqib chiqarilar edi. Angliyada 
“yangi” tarmoqlar ham asta-sekin rivojlana boshlandi: kimyo, av-
tomobil, elektrotexnika, aviatsiya. Shu sababdan 1929 yilda, jahon 
iqtisodiy inqirozi boshlanishiga kelib, ingliz sanoati urushdan old-
ingi darajagacha ko‘tarilmadi, ikkinchi jahon urushi boshlanishi 
davrida esa 1913 yildagi ko‘rsatkichdan 22%ga oshdi. 
Ikkinchi jahon urushi natijalari bo‘yicha ham Angliya g‘oliblar 
qatorida edi, lekin yana bu holat uni rivojiga yordam bermadi. 
Angliya sanoati urushdan keyingi davrda ham boshqa mamlakat-
larga nisbatan sekinroq rivojlanayotgan edi. 1990 yilga kelib in-
gliz sanoat ishlab chiqarishi 1938 yilga nisbatan 3,2 marotaba 
o‘sdi, industrial jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning 
barchasida 8,5 marotaba o‘sish kuzatildi. 
XX asrning 90-yy. boshiga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi 
bo‘yicha Italiya Angliyadan o‘zib ketdi va Angliya bu ko‘rsatkich 
bo‘yicha 5-o‘ringa tushib qoldi. 
XX asrning 50-80 yillarda Angliya sanoatining 3 barobar 
o‘sishining asosiy sabablari. 
Birinchidan, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi kuch sifatida 
davlatning tartibga soluvchi siyosati. 
Ikkinchidan, urushdan keyin asosiy kapitalni to‘liq yangilanishi. 
Vayron bo‘lgan korxonalarni tiklashga va boshqa korxonalarning 
uskunalarini yangilashga majbur bo‘lindi, chunki urush davrida 
ular yemirilib tugagan edi. Yirik qurilishlar ish kuchi, qurilish ma-
teriallari, uskunalarga talabni oshirib yubordi – qurilish “bum”i 
yuzaga keldi, iqtisodiyot jonlandi. Lekin, eng asosiysi, sanoatni 
tiklashda texnik jihatdan sakrash yuzaga keladi. Sanoatning texnik 
darajasini ko‘tarilishi, uning imkoniyatlarini, raqobatbardoshligini 
oshiradi. Undan tashqari asosiy kapitalni yangilanishi jarayonida 
sanoatni tarkibiy qayta qurish jarayoni ham yuz beradi: kapital 
istiqbolli tarmoqlarga qarab oqib boradi. Avvallari Angliya aynan 
shu tarmoqlar rivoji bo‘yicha orqada qolayotgan bo‘lsa, endi ush-
bu tarmoqlarga yetarlicha mablag‘ oqib kela boshladi. 
Uchinchidan, mustamlakachilik tizimini yo‘q bo‘lishi munosa-
bati bilan mamlakatdan kapital olib chiqilishi keskin qisqardi, va 
endi ushbu mablag‘lar o‘z sanoatiga sarflana boshlandi. 
156


13- . ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
To‘rtinchidan, Shimoliy dengizda yirik neft konlarini ochilishi 
Angliyani o‘zini o‘zi neft mahsulotlari bilan ta’minlanishini amalga 
oshirdi, energetik inqiroz davrida boshqa mamlakatlarga nisbatan 
ustunlikka ega bo‘lishga imkon yaratdi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling