Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


 Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

16.3. Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar. 
Dzaybaysularni qayta tashkil etish. 
Urushdan so‘ng amerika qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya 
qilingan Yaponiyada militarizm-fashizm tartiblarini yo‘q qilishga 
qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Iqtisodiy jihatdan ikkita is-
lohot muhim edi. 
Birinchisi: 1945 yilda dzaybatsularni yo‘q qilish to‘g‘risida qo-
nun qabul qilindi. Lekin hanuzgacha Yaponiyaning yetakchi moliya 
guruhlari tarkibida Mitsui, Mitsubisi, Sumimotolar mavjud. Bun-
ing sabablari: qonun loyihasini guruhlarning birini rahbari Yasuda 
ishlab chiqqan edi. Keyinchalik ushbu loyiha boshqa guruhlar to-
monidan ma’qullangan va shundan so‘ng davlat tomonidan qabul 
qilindi. Ushbu qonun bilan guruhlarning bosh xolding-kompani-
yalari yo‘q qilindi. Natijada guruhlarni boshqarish funksiyasi 
banklarga o‘tdi. Gap shundaki, har bir dzaybatsu tarkibida guruh 
nomi bilan nomlanuvchi bank mavjud edi (Mitsui Banki, Mitsubisi 
Banki va boshq).

Bu banklarning nomlari o‘zgartirilgan edi, le-
kin ular keyinchalik avvalgi nomlarini tiklashdi, Yasuda bankidan 
tashqari, chunki uning nomi yaponlarning muqaddas tog‘i Fudzi 
nomi bilan nomlangan edi. Guruhlar oilaviylik xarakterini yo‘qotib 
bordi: banklar xoldinglar kabi oilaviy mulk emas edi. Moliya gu-
ruhlarining oilaviy xarakterini yo‘qotishi umumiy qonuniyatdir. 
Undan tashqari, yetakchi sanoat kompaniyalari 1945 yildagi 
qonunga binoan (huddi Germaniyadagi kabi) parchalanib tash- 

Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., 
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. -
С.284. 
186


16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
langan edi. Lekin keyinchalik ular birlashib ketish asosida avvalgi 
holatiga qaytib kelishdi. 
70-yy.ga qadar “katta to‘rtlik” yapon iqtisodiyotida yetakchi-
lik pozitsiyalarini saqlab qolgan edi. Keyinchalik yangi guruhlar 
– “Dayiti” va “Sanva” yetakchilik qila boshlashdi, endi Yaponiya 
iqtisodiyotida “katta oltilik” hukmrolik qila boshladi. 
Yaponiya moliya guruhlarini tom ma’noda dzaybatsu deb 
nomlash noto‘g‘ridir, lekin ular yevropa va amerikadagi moliya 
gurhlaridan farq qilishadi. Sanoat kompaniyalari o‘z foydasi hiso-
bidan ishlab chiqarishni moliyalashtirish borasida g‘am chekmas-
ligi zarur: moliyalashtirish, investitsiyalar bilan guruhni boshqaru-
vchi bank shug‘ullanishi kerak. Tabiiyki, banklar ommaviy inves-
titsiyalarni amalga oshirish uchun kengroq imkoniyatlarga egadir-
lar. Sanoat kompaniyalari mahsulotni sotish, bozorlarni egallash 
bilan shug‘ullanishi kerak emas: bu bilan har bir guruh tarkibidagi 
savdo kompaniyalari shug‘ullanishi kerak. Shunday qilib, guruh 
ichida aniq mehnat taqsimoti mavjud, ya’ni uning tarkibiy qism-
lari o‘rtasida boshqa mamlakat guruhlari ichdagiga nisbatan uzviy 
aloqalar o‘rnatilgandir. Yapon mahsulotlarida “Mitsui”, “Mitsub-
isi” markalarini nomi aks etadi, yevropa va amerika tovarlarida 
guruhlarning nomi emas balki “Kaliforniya” yoki “Tijorat banki” 
yozuvlarini ko‘ramiz. Bu borada yapon guruhlari tarkibida bank 
va savdo kompaniyasi mavjud o‘ta yirik konsernga tenglashtirish 
mumkin. 
Urushdan keyingi iqtisodiy islohotlarning ikkinchisi – 1947-
1949 yy.dagi agrar islohot edi. Islohotning asosiy mazmuni davlat 
pomeshiklardan majburiy ravishda yerlarni sotib olishdan iborat 
edi, agar pomeshik qishloqda yashasa unga 3 ga yer qoldirilardi, 
agar pomeshik “ko‘rinmas” bo‘lsa uning barcha yeri sotib olinar-
di. Yer pulga sotib olinardi, lekin inflyasiya natijasida islohotlar 
yakuniga kelib yerning real qiymati 5-7%ga pasayib ketgan edi. 
Pomeshiklardan sotib olingan yerlarni davlat avval shu yerlarni 
ijaraga olib ishlagan dehqonlarga 24 yil davomida bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash sharti bilan sotdi. Natijada pomeshik yer egaligi deyarli 
yo‘qotildi, dehqonlar ijarachidan yer egalariga aylanishdi, ijrachi 
bo‘lib qolganlar uchun ijara haqi ikki barobar qisqartirildi. 
Bu burjua islohoti edi. U parazitik yarimfeodal yer egaligini 
yo‘q qildi. Yaponiyada yirik kapitalistik xo‘jaliklarni rivojlanishiga 
qishloq joylarda aholining ko‘pligi to‘siqlik qildi. Avvalgidek qish-
187



loq xo‘jaligida asosiy subyekt – gektardan kam yerga ega mayda 
fermer edi. Yaponiyada bir xo‘jalikka to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer 
maydoni, avvalgidek, 1 ga edi. 
Xo‘jaliklarning maydaligiga qaramasdan islohot qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlanishiga olib keldi. 1946 yildan 
1970 yilgacha o‘sish deyarlik ikki barobar bo‘ldi. Islohotgacha 
dehqonlar daromadlarining asosiy qismi pomeshiklar tomonidan 
tortib olinardi. Endi bu mablag‘lar xo‘jalikda qolib ishlab chiqar-
ishga sarflanmoqda. Shu sababdan yerga ishlov berishning tex-
nik darajasi tez o‘sdi, mayda yer egaligi sharoitida “kichik mex-
anizatsiyalash” amalga oshirildi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling