Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
laydi. Undan tashqari, mehnat stajini ko‘payib borishi bilan ta’til 
uzayib boradi, imtiyozlar kengayib boradi va kelajakdagi pensiya 
hajmi oshib boradi. Bunday sharoitda xodimning hayoti firmani 
gullab-yashnashi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Ba’zi kompani-
yalarda hatto ish kunini firmaning madhiyasini ijro etishdan bosh-
lash odatiy holdir. Tabiiyki, bu mehnat unumdorligini oshiradi. 
Undan tashqari, yapon sanoatida ijtimoiy-psixologik omillar-
ga katta e’tibor qaratiladi. Ma’muriyat mehnat jamoasi a’zolarini 
jipslashtirish, oilaviy dam olishlarni tashkil etish bo‘yicha cho-
ralar ko‘radi. Shu sababdan, ishlab chiqarish brigadasi bo‘yicha 
qo‘shnilar bir-birlariga yordam berib, ularning kamchiliklarini 
to‘g‘irlashga harakat qilishadi. Firma – bu yagona oila bo‘lib, u o‘z 
a’zolari to‘g‘risida qayg‘uradi deb hisoblash umumqabul qilingan 
haqiqatdir. 
Yaponiyada pensiya – bu har bir ishlangan yil uchun bir oylik 
oklad hisoblangan bir marotaba to‘lanadigan summadir. Pensioner 
korxonadan boshqa hech narsa olmagani uchun ushbu mablag‘ni 
samarali joylashtirishga harakat qiladi, ya’ni ularga aksiyalar sotib 
olishi mumkin. Shu sababdan kapital qo‘yilmalarning 1/3 qismi 
jismoniy shaxslar jamg‘armalari mablag‘laridir. 
Undan tashqari Yaponiyada quyidagicha amaliyot mavjud: 
yuqori texnikani talab qilmaydigan, lekin jonli mehnatni ko‘p ta-
lab qiladigan ishlab chiqarish operatsiyalarini yirik firmalar o‘zlari 
amalga oshirmasdan mayda firmalarga, ba’zida hunarmandlarga 
buyurtma beradilar. Bu ancha arzonroq tushadi. 
3. Iqtisodiyotni rivojlantirishga xarajatlarning ulushini kattaligi 
harbiy xarajatlarni kamligi bilan bog‘liqdir. Yaponiya konstitutsi-
yasiga muvofiq harbiy xarajatlar Yalpi ichki mahsulotning 1%dan 
oshishi mumkin emas. Uning oshishiga sabab Yalpi milliy mahsu-
lotning o‘sishidir. 
Yaponiyada militarizatsiya konstitutsiya bilan taqiqlangan. 
Unda quyidagi fikr bildirilgan: “Yaponiya xalqi millatning huquqi 
sifatida urushni va kuch ishlatish xavfini xalqaro muammolarni 
echish vositasi sifatida foydalanishdan batamom inkor etadi. 
Mamlakatni urush holatida deb e’lon qilish huquqi tan olinmay-
di”. 
4. Yapon sanoati yuqori sur’atlar bilan o‘sishini iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish xususiyatlarni tahlil etmasdan 
tushuntirib bo‘lmaydi. Yaponiyada asosiy ishlab chiqarish fondlar-
191



ining 1/3 qismi davlatga tegishli, YaMMning 20% davlat buyurt-
masiga binoan yaratiladi. Davlat budjeti orqali YaMMning 30%i 
o‘tadi. 
“Iqtisodiy rejalashtirish boshqarmasi” – iqtisodiyotni rejalasht-
irish bilan shug‘ullanuvchi organ hisoblanadi. Rejalashtirishda 
moliya guruhlari va korporatsiyalar vakillari faol qatnashishadi. 
Parlament rejani ishlab chiqarishda va tasdiqlashda umuman qat-
nashmaydi. Yaponiyada rejalashtirish bilan qo‘lida real xo‘jaliklar 
bor insonlar shug‘ullanishi kerak deb hisoblashadi. Bu ma’noda 
rejalashtirish o‘ta markazlashgandir: korporatsiyalar va guruhlar 
kengashlari o‘z kelajagini rejalashtiradi. Rejalar guruhlar va ko-
rporatsiyalar tomonidan so‘zsiz ijro uchun qabul qilinadi: rioya 
qilmaslik uchun sanksiyalar davlat tomonidan emas, “o‘zlari” to-
monidan belgilanadi. 
Ikki xil rejalar ishlab chiqiladi – umumdavlat va tarmoq. Um-
umdavlat rejalarning maqsadi – ma’lum bir o‘sish sur’atlarini 
ta’minlashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun rejada har bir 
tarmoq bo‘yicha kapital qo‘yilmalar hajmi belgilanib, kapital 
qo‘yilmalarni korporatsiyalarning o‘zlari amalga oshirardilar. Tar-
moq rejalarining maqsadi – yapon iqtisodiyotining zaif joylarini 
yo‘q qilish, ya’ni davlat yordamisiz rivojlana olmaydigan sohalarni 
o‘sishini ta’minlashdir. Umumdavlat rejalari xususiy investitsiyalar 
bilan ta’minlansa, tarmoq rejalashtirishi – davlat investitsiyalari 
bilan ta’minlanadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling