Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


 Yapon “iqtisodiy mo‘‘jiza”si va uning sabablari


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

16.4. Yapon “iqtisodiy mo‘‘jiza”si va uning sabablari 
Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 
urushdan oldingi davrga nisbatan 10 barobar qisqargan edi. Shu 
sababdan, bu yerda tiklanish jarayoni boshqa mamlakatlarga nis-
batan uzoqroq davom etdi: urushdan oldingi darajaga 1952 yilda 
erishildi. Lekin bu yerda boshqa narsa muhim edi: tiklanish eski 
texnik asosda amalga oshirildi, ya’ni boshqa mamlakatlardagi 
kabi texnik yangilanish bu yerda amalga oshirilmagan edi. Yapon 
sanoatchilari, huddi avvalgidek, arzon ish kuchi bilan yutib chiqish 
niyatida edi va katta kapital va yuqori texnika talab etmasdan ko‘p 
jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlarni tiklashar edi. 
Lekin tiklanish davrining oxiriga kelib yangicha sharoitlarda 
ijtimoiy dempingning eskicha uslublari samarasizligi aniqlan-
di. Yaponiya borgan sari jahon iqtisodiyotida o‘z pozitsiyasini 
yo‘qotib borar edi. Bunda Yaponiya iqtisodiyoti rahbarlari us-
tuvorliklarni o‘zgartirishdi va yapon “iqtisodiy mo‘‘jiza”si bosh-
landi: asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari bo‘yicha 
Yaponiya barcha mamlakatlardan o‘zib ketdi. 
1950 yildan 1970 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha 
yillik o‘sish sur’atlari 15%ni tashkil etdi. 1990 yilga kelib Yaponiya 
sanoat ishlab chiqarishi 1938 yil darajasiga nisbatan 21,1 maro-
taba o‘sdi. 1970-1990 yy.da Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi 2,2 
marotaba o‘sdi. 
Yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha Yaponiya kapitalistik dunyoda 2-o‘ringa chiqdi. Yaponi-
ya kemasozlik, po‘lat ishlab chiqarish, avtomobil, bir qator elek-
188


16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
tro- va radiotovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. 
Yaponiya iqtisodiyoti yutuqlarining sabablari: 
1. Asosiy kapitalni yangilashni maxsus xarakteri va maxsus 
shartlari. Yaponiyada urushdan keyingi vayronagarchiliklar asosiy 
kapitalni to‘liq yangilanishini taqazo qildi. Undan tashqari, ushbu 
yangilanish, sanoatni texnik qayta jihozlanishi tiklanish davrida 
emas, balki keyinroq, texnik jihatdan yuqoriroq darajada amalga 
oshirildi. 
Yapon sanoatini texnik qayta qurollantirish va u bilan bog‘liq 
tarkibiy o‘zgarishlarni 2 bosqichga bo‘lish mumkin. XX asr 50-yy. 
ning ikkinchi yarmidan boshlab yangi texnologik jarayonlar va 
ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini o‘zlashtirish boshlandi. 
Bu davrda Yaponiya sanoati ishlab chiqarishning mehnat sig‘imi 
yuqori tarmoqlaridan kapital sig‘imi yuqori (jonli mehnatni kam 
talab etadigan, lekin katta hajmda kapital qo‘yilmalar, ishchi-
larning yuqori malakasini talab etadigan) tarmoqlariga o‘tdi. Bu 
yengil sanoat (ayniqsa, tekstil sanoatini) ulushini qisqarishini va 
yangi tarmoqlarni (avtomobil, elektrotexnika sanoati, sintetik 
materiallar ishlab chiqarish) jadal rivojlanishini anglatardi. 60-yy. 
o‘rtalaridan boshlab qayta qurishning ikkinchi bosqichi boshlandi. 
Bunda ishlab chiqarishni kibernitizatsiyalashga, fan sig‘imi katta 
tarmoqlarni rivojlantirishga o‘tildi. 
Yaponiyaning mustaqil ilmiy-texnik ishlanmalarini olib borish 
o‘rniga boshqa mamlakatlardan ilmiy-texnik tajribasini, patent-
lar va litsenziyalarni sotib olish tajribasi ham texnik qayta qurish 
tezligini oshirdi. Bu arzonroq va tezroq amalga oshdi. Masalan, 
Dyuponlar konserni neylon ishlab chiqarish jarayonini 11 yil davo-
mida, 25 mln.doll.sarflab ishlab chiqdi. “toyo Reyon” yapon kom-
paniyasi Dyuponlardan neylon ishlab chiqarish bo‘yicha patentni 
7,5 mln.doll.ga sotib oldi. Ushbu 7,5 mln.doll.ni ular Dyuponlarga 
1951-1959 yy. ichida to‘ladi, shu davr ichida kompaniya neylon 
eksportidan 90 mln.doll. oldi. 
Shunday qilib, faqat mablag‘ emas, balki vaqt ham tejaladi. 
Bunga Yaponiyani shart-sharoit majbur etdi: yapon mutaxassislar-
ining hisob-kitobi bo‘yicha, 50-yy.ning o‘rtalarida uning sanoati 
ilmiy-texnik jihatdan yetakchi mamlakatlardan 20-25 yilga orqada 
edi va rivojlanishni boshlang‘ich nuqtadan boshlash orqada qol-
ishni muqarrar qilar edi. 
189



2. Mehnatdan foydalanishning maxsus shakllari va milliy daro-
madda kapital qo‘yilmalarni yuqori ulushi. Yaponiyada hanuzga-
cha yalpi milliy mahsulotning 1/3 qismi iqtisodiyotga investitsi-
yalanadi. Bunda kapital qo‘yilmalarning 70% sanoat korporatsi-
yalarining foydasi hisobiga emas, balki bank kreditlari hisobiga 
amalga oshirilgan edi. Bu yapon moliya guruhlarining xususiyat-
laridan kelib chiqqan edi. 
Kapital qo‘yilmalarning 1/3 qismi “jismoniy shaxslarn-
ing jamg‘armalari”dir. Boshqacha qilib aytganda, yaponlar o‘z 
iste’moliga juda kam mablag‘ sarflab, tejaydilar, jamg‘arilgan 
mablag‘larni banklarga qo‘yishardi yoki sanoat korxonalarining 
aksiyalarini sotib olishar edi. Bu Yaponiyada mehnatdan foyda-
lanish xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ish haqi “ijtimoiy demping” 
davridagiga nisbatan oshgan bo‘lsa ham boshqa mamlakatlarni-
kiga nisbatan past edi. Yaponiyada mahsulot qiymatida mehnatga 
haq to‘lash xarajatlarining ulushi boshqa mamlakatlarnikiga nis-
batan 2-3 barobar past edi (ushbu ko‘rsatkich AQShda 32%, An-
gliyada – 27%, Yaponiyada – 11%). Italiyaning “Fiat” avtomobillari 
qiymatida ish haqi 31%ni tashkil etadi, yapon avtomobillarining 
qiymatida – 6,6%. G‘arbiy Germaniyaning “Simens” korporatsiyas-
ining elektrotexnik mahsulotida ish haqi – 41%, yapon “Xitachi” 
kompaniyasida – 14%. Bu yerda gap ish haqining real kattaligi 
to‘g‘risida ketayotgani yo‘q, ushbu kattalik o‘rtacha yevropa dara-
jasida edi. Masala mahsulot qiymatida mehnatga haq to‘lashning 
ulushida edi. Ushbu xarajatlar ulushi mehnat unumdorligi, ishlab 
chiqarishning texnik va tashkiliy darajasi va boshqa omillar bilan 
aniqlanadi. 
XX asr boshidan yapon sanoati uchun xarakterli bo‘lgan pa-
ternalizm

hozirgi vaqtgacha ham saqlanib qolgan edi, lekin biroz 
shakli-shamoyili o‘zgargan holda. Yaponiyada ishchini korxonaga 
umrbod biriktirib qo‘yilish odatiy holdir. Ushbu biriktirib qo‘yilish, 
albatta, majburiy emas, balki iqtisodiy omillar bilan bog‘liq edi. 
Ish boshlovchi xodimning maoshi nisbatan past bo‘ladi, lekin u 
yildan-yilga o‘sib boradi, ya’ni 45 yoshli xodim endi ish boshlayot-
gan xodimdan 2,5 barobar ko‘p maosh oladi. Tabiiyki, boshqa fir-
maga o‘tib, xodim maoshning eng quyi darajasidan olishni bosh- 

Paternalizm (lot. paternus — otalik, otalarcha) — hukumat fuqarolarning ehtiyojlarini 
qondiradi va buning evaziga ularni o‘zlarini jamiyatda qanday tutishlarini qat’iy 
belgilab beradigan munosabatlar tizimidir. 
190



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling