Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar
- 17.1. Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Yaponiya iqtisodiyotini harbiylashtirilishi xususiyatlari nimada? 2. Yaponiyada fashistlar rejimi o‘rnatilishining iqtisodiy asoslari nimada? 3. Dzaybaysularni qayta tashkil etish sabablari va ahamiyati? 4. Yaponiya “iqtisodiy mo‘‘jizasi”nng ilmiy-texnik soslarinimd5. 193 XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar: “katta sakrash”, “madaniy inqi- lob”, “qora dori urushi”, byurokratik kapital, beshyillik, “xalq kom- munasi”, “Datsin g‘oyasi”, “poselka korxonalari”, “xuatsyao” ■ Reja: 17.1. Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi 17.2. Revolyutsion o‘zgarishlar va “katta sakrash” 17.3. Iqtisodiy islohotlar 17.1. Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi davlatlardan biridir va ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi “katta sakrash” va “madaniy inqilob” kabi jarayonlarda o‘z aksini topdi. Osiyocha usulning asosiy belgisi – yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun tarixida o‘zgarmasdan qolgandi. Dav- latning yeri dehqonlar o‘rtasida yerdan foydalanish tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi. Avvaliga bu tizim “quduqli dalalar” tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni joylashuv sxemasi “quduq” iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a’zolari chekkalar- da joylashgan o‘z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga ishlov berishlari kerak edi. Uning hosili hukmdorga topshirilardi. Har bir dala 100 mu 1 (6 ga) may- donga ega edi. Eramizdan avvalgi 4 asrdagi faylasuf Men-Szi “… yerga ishlov berishning bunday usuli ideal tizim hisoblagandi”- deb ta’kidlagan. Yerga ishlov berishning tenglashtirilgan tamoyili va o‘zining dalasi bilan “katta dala”ga ham jamoa bo‘lib ishlov berish ko‘p as- rlar davomida saqlanib qoldi, lekin asta-sekin davlat yerlarida ja- moa bo‘lib ishlash soliq-renta va majburiy mehnat bilan almashib 1 Mu – Xitoyda yer maydonini o’lchash birligi. (1 mu = 666.7 kvadrat metr) 194 17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) bordi. Yerdan tenglashtirilgan foydalanish saqlanib qoldi, lekin yer endi oila tarkibidan kelib chiqib taqsimlanardi. Har bir erkak- ka 80-100 mu (6,4-6 ga) hosildor yerdan, ayollar yoki o‘smirlarga kamroq berilishi mumkin edi. Dehqon mehnatga layoqat yoshi- dan oshgandan so‘ng undan yer olib qo‘yilardi. Undan tashqari, oilaga 20 mu bog‘-poliz yerlari biriktirilar edi. Ko‘pincha unda tut daraxtlari ekilardi. Dehqonga ushbu kafolatlangan yer uchun u davlat foydasiga uch narsani amalga oshirishi zarur edi. Birinchidan, don hosili- dan bir qismini davlatga topshirishi. Ikkinchidan, soliqni ipak yoki boshqa matolar bilan to‘lash. Chunki, xitoy qishlog‘idagi dehqon yarim hunarmand hisoblanardi va ushbu hunarmandchilik mah- sulotlarining bir qismi hukumat ixtiyoriga o‘tardi. Uchinchidan, dehqon yil davomida ma’lum bir davr (ko‘pincha 20 kun) davlatga majburiy mehnat qilib berishi kerak edi: turli binolar, sug‘orish inshootlari qurishi, yuk tashishi va boshqalar.Davlat dehqonchilik va to‘qimachilikni rag‘batlantirar edi. Savdogarlar esa diskrimi- natsiya qilinardi. E.a. 4 asrda kim ko‘p don va ipak ishlab chiqarsa majburiy mehnatdan ozod etilishi, savdodan foyda oluvchilar esa qul bo‘lishlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan edi. Davlat dehqonlar faoliyatini qat’iy nazorat qilar edi, u gu- ruch yoki tariq ekishligi, ipak yoki boshqa matolar to‘qishini an- iqlab berardi. Tabiiyki, buning uchun juda katta byurokratik ap- parat zarur edi. Amaldorlar soliq sifatida dehqonlardan olingan don yoki boshqa mahsulotlarni ish haqi sifatida olardilar. Undan tashqari ular yer uchastkali olardilar, har bir darajadagi amaldorga belgilangan hajmda yer berilardi. Davlat xizmatidan ketayotganda amaldor ushbu yerni topshirib ketardi. Amaldorlar albatta aristokrat oilalar vakillari bo‘lishi shart emas edi. Xitoyda imtihonlar tizimi joriy qilingan bo‘lib, ularni topshir- gan holda ma’lum bir lavozimni egallash mumkin edi. Imtihon topshiruvchi falsafa, she’riyatdan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi kerak edi, o‘z xizmat vazifasiga oid bilimlar ham bo‘lishi kerak edi. Xitoyda yuqori darajadagi bilimlarga ega bo‘lganlar alohida hurmatga ega edilar. Imtihonlarga oddiy xalq ham qo‘yilardi. Bu markaziy hukumatning qudratini oshishiga imkon berardi: im- perator quyi qatlamlardan boshqaruvga qo‘yilgan insonlarning sodiqligiga shubha qilmas edi. 195 Davlat sanoatda ham yetakchilik qilardi. Metallurgiya, ipak to‘qish, farfor, qurol-yarog‘ korxonalari davlatning qo‘lida edi. Davlat korxonalarida, kiyim-kechak va poyabzal, zeb-ziynat, qurol-yarog‘ va aslahalar, qog‘oz va boshqalar ishlab chiqarilardi. Ushbu korxonalarni davlatning uch inspeksiyasi boshqarib, ularga ko‘p sonli devonxonalar bo‘ysunardi. Bir qator tovarlar – metall rudasi, tuz, ko‘mir, choy – davlat monopoliyasida edi. Ushbu davlat korxonalarining ishchilari manbasi bo‘lib shahar hunarmandlari chiqishardi, ular ham 20 kun davomida majburiy mehnat qilishar edi. Davlat majburiy mehnat qilayotganlarga ovqat bermas edi, ularga ovqat oila a’zolari tomonidan ta’minlanar edi. Hunarmandlar o‘z mahsulotlarini g‘aznaga topshirishardi va g‘aznadan olgan mablag‘ hisobiga kun ko‘rishardi. Ish kuchining ikkinchi manbasi – davlat qullaridir. Hukumatga qarshi chiqilganda aybdorlar o‘lim jazosiga mahkum qilinardilar, ularning oila a’zolari esa qul qilinardi. Davlat qullarining farzand- lari ham qul hisoblanardi. Osiyocha ishlab chiqarish usulining yana bir belgisi – sharqo- na istibdoddir. Imperator Sin Shi-xuandi (e.a. 3 asr) hukmronligi bunga yaqqol misol hisoblanadi. Bu imperator barcha tarixiy asar- lar, falsafiy va ilmiy kitoblarni to‘plab yoqib yubortirgan, faqat- gina ushbu imperatorni maqtagan kitoblar qolgan. Taqiqlangan adabiyotlarni saqlaganlar o‘limga mahkum qilinar edilar, tarixiy asarlarni talqin etib, avvalgi tuzumni maqtaganlar esa barcha qarindoshlari bilan birga qatl etilardi. O‘sha davrning 460 yirik olimlari tiriklayin yerga ko‘mib tashlangan edi. Sin-Shi o‘z hay- otiga qo‘rqqani uchun bir saroydan ikkinchisiga ko‘chib yurar edi (uning hukmdorligi davrida 700 ta saroy qurilgan edi). Sharqona istibdodning belgilovchi omil alohida hukmdorlarn- ing shavqatsizligi emas, balki hayotning barcha tomonlarini dav- lat nazoratida bo‘lishidir. Davlat dehqon nima yetishtirishini hal etardi. Osiyocha ishlab chiqarishning xitoycha talqinining asosiy bel- gilari shulardan iborat. Tabiiyki, vaqt o‘tgan sari ushbu tizim emi- rila boshlandi. Yerga egalik qilishning davlat usulidan tashqari ye- rga xususiy egalik qilish va ijara munosabatlari shakllandi. Agar amaldor o‘z lavozimidan kelib chiqib xizmat davriga yer olgan bo‘lsa, imperator o‘z ixtiyoriga ko‘ra yerni taqsimlashi mumkin. Bunday xususiy yerlarni, albatta, imperatorning qarin- 196 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling