Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)
mobil, traktor zavodlari qurildi 1 . Faqatgina Sovet ittifoqining yor- damidagina 170 ta korxona qurilgan edi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi esa bor yo‘g‘i 25%ga o‘sdi. yengil sanoat ham sekin rivojlangan edi. Masalan, 1957 yilda teri- dan bor yo‘g‘i 26 ta poyabzal ishlab chiqarilgan edi. 1958 yilda mo‘‘tadil iqtisodiy rivojlanish kursi boshqa kurs bi- lan almashtirildi, ushbu kursning nomi - “uch qizil bayroq – bosh yo‘l, katta sakrash va xalq kommunalari”. Avvaliga uch beshyil- likda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar bir necha yilda bajaril- ishga qaror qilindi. Ikkinchi besh yillikda (1958-1962 yy) sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marotaba, qishloq xo‘jaligini – 2,5 maro- taba o‘stirish rejalashtirilgan edi. Xitoy rahbariyati “iqtisodiyotni rivojlantirishda hal qiluvchi omil moddiy vositalar emas, balki inson” ekanligi to‘g‘risida bayonot berishdi: iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmasdan ko‘pmillionli xitoy xalqi inson salohiyatidan foydalanishi mumkin edi. Xitoyda osiyocha ishlab chiqarish usulining xususiyatlaridan biri dehqon bir vaqtning o‘zida hunarmand ham ekanligidir. Agar daladagi mavsumiy ishlar orasida dehqonlarni sanoat mahsulot- lari ishlab chiqarishga majburlansa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni to‘lqinsimon o‘sib borishi kuzatiladi. Lekin buning uchun dehqonlarni qat’iy intizomga va dav- lat reglamentiga bo‘ysundirish kerak edi. Shu sababdan “xalq kommunalari”ni tashkil etish boshlandi. “Xalq kommunasi” – bu xo‘jalik birlashmasi va shu vaqtning o‘zida, ma’muriy hududdir. Bir kommunaga o‘rtacha 30 ta ko- operativ kirar edi. Kommuna tarkibiga sanoat korxonalari, rayon ma’muriyati (kommuna davlat tomonidan boshqarilardi) va harbiy qismlar kirar edi. Kommunalarda dehqonlarning barcha mol-mul- ki, daromadlari esa teng taqsimlanardi. Aynan shunday birlashuv inson mehnatidan ratsional foydala- nish imkonini berardi. Xitoyliklar mentaliteti ham ushbu vazifani amalga oshirishga yordam berardi: xitoyliklar qadim zamonlardan hukumatga bo‘ysunishni farz deb bilishardi, aynan davlat yerdan 1 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.303. 201 foydalanishda tenglashtirishni amalga oshirardi, yirik yer egaligini chegaralar edi. Kommunadan moddiy manfaatdorlik harbiy intizom bilan almashtirildi – hattoki ishga saf tortib bora boshlashdi. Barcha aholi chumchuqlarni o‘ldirishga (hosilni saqlab qolish uchun) yo‘naltirilgan edi, natijada esa qurt-qumursqalar ko‘payib ketdi va qishloq xo‘jaligiga zarar keltirdi. Hamma yerda kichik sug‘orish tizimlari yaratilganligi sabab yerni sho‘r va zang bosdi. Dehqonlarni yer ishlaridan chalg‘itish qishloq xo‘jalik ishlari- ni susaytirdi, harbiy intizom esa moddiy manfaatdorlikni o‘rnini bosa olmaydi. Undan tashqari, Xitoyda qishloq xo‘jaligi texnikasi darajasi juda past bo’lib: yerlarning bor yo‘g‘i 6-7%ga mexanik usulda ishlov beriladi. Qo‘l mehnati esa alohida sinchkovlik va mehnat xarajatlarini oshirishni nazarda tutadi. Natijada, ekin may- donlari qisqardi, yerga ishlov berish yomonlashdi. 1958 yilda juda katta hosil (375 mln.tonna bug‘doy) yig‘ib olinganligi to‘g‘risida e’lon qilindi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha bu hosilning yarmi ham yig‘ib olinmagan ekan. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mah- sulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar chop etilmadi, lekin hosildorlik bir necha yil davomida pasayib borganligi ma’lum bo’ldi. Oziq- ovqat berish normalari qisqardi (Shanxayda oyiga 11 funt don). Matbuotda go‘sht va tuxumni o‘rnini bosuvchi keng tarqalgan o‘simliklarning foydaliligi to‘g‘risida tavsiyalar paydo bo‘la bosh- ladi. Sanoatda ham fan yutuqlari va kasb mahoratlaridan foydala- nilmasdi. Korxonalar o‘z salohiyatidan ancha katta bo‘lgan reja vazifalarni olishardi. Ishlab chiqarish quvvatlari cheklangan ekan- ligini ta’kidlovchi mutaxassislarni “cheklovchilar” deb nomlashar- di. Sanoat belgilangan sur’atlarga dosh berolmasdan mahsulot ishlab chiqarishni qisqartira boshladi. Sanoat oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmasligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, dehqonchilikning hunarmandchilik an’analari yodga olindi. Metallurgiya zavodlarining imkoniyatlari chegaral- anganligi sababli, aholi qadimgi pechlarda metall eritishni boshla- dilar. Bunday pechlar har bir kommunada qurildi. Joylarda ko‘mir etishmasligi sababli yoqilg‘i sifatida xas-cho‘plar, eski mebellar ishlatilardi. Ushbu ishlarni boshqarayotgan odamlar metallurgiya ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tasavvurga ega emasdilar. Natijada metall yaroqsiz bo‘lib qoldi. Bular ruda va ko‘mirni erib, 202 17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) bir-biriga yopishib qolgan qumaloqlari edi va ular qayta eritishga yaroqsiz edi. Natijada, ikkinchi beshyillikda sanoat ishlab chiqarishi tax- minan ikki barobar qisqardi. Aholini meyor yordamida ta’minoti yanada qisqardi. 1961 yilda talonlar faqatgina 80-90 sm, paxta matosi yoki undan tayyorlangan mahsulotga berildi. “Katta sakrash” mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng “tenglashti- rish” davri boshlandi: pasayishni to‘xtatish maqsadida, asosiy kuchlar qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatga tashlandi. Qishloq xo‘jaligi xalq kommunalaridan “ishlab chiqarish brigadalari”ga o‘tildi. Bunday brigada, rasman kommunaning bir qismi hisoblanib, lekin katta mustaqillikka ega edi. U 20-30 oila- dan tashkil topgan bo‘lib, uning boshida saylangan dehqon tura- rdi. Dehqonlarga yana tomorqa xo‘jaliklariga ega bo‘lishga ruxsat berildi. Ushbu davrning iqtisodiy kursi - deyarli tekin mehnatga ega bo‘lib xalq iste’moli xarajatlari qisqartirishdan iborat edi. O‘zini- o‘zi ta’minlash shiori ilgari surildi: odamlar deyarli tekinga ishlash- lari kerak, ishdan bo‘sh vaqtlarida esa o‘zini-o‘zi ta’minlashlari, ya’ni natural xo‘jalik yuritib yashashga zarur mahsulotlarni topish- lari kerak. “Datsin g‘oyasi” faol targ‘ib etildi – bunda Datsin neft kon- lari ishchilarining mehnatga to‘lanadigan puldan voz kechganligi nazarda tutilardi. Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanishning ikki darajasi nazarda tutilar edi. 1) eskirgan natural xo‘jalik, uning hisobiga xitoylik mehnat- kashlar kun ko‘rishi kerak edi. O‘zini-o‘zi ta’minlash, o‘ta past darajadagi turmush darajasi. 2) davlat xo‘jaligi, u yirik kapital qo‘yilmalardan tashqari, de- yarli tekin mehnat (“inson kapital qo‘yilmalari”) hisobiga rivojlandi. Tabiiyki, bu ishlab chiqarish ichki bozorga emas, balki eksportga va davlat iste’moliga yo‘naltirilgan edi. Lekin iqtisodiy ehtiyojlar ushbu sxemadan chetlashishga ma- jbur etardi. 70-yy. o‘rtalariga kelib mehnatga qarab haq to‘lash tamoyili yana tan olina boshlandi. Dehqonlarga bozorda tomorqa xo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi. Ba’zi joylarda xo‘jaliklarni boshqarishga omilkor odamlar qo‘yildi. Misol uchun, Anshan metallurgiya kombinatida elektromotor nima ekanligini bilmaydigan, po‘lat bilan cho‘yanni farqlay olmay- 203 digan bir necha rahbarlar ishdan olinganligi yirik yutuq sifatida e’lon qilindi. Yerga ishlov berishdagi tajribalar natijasida ekin maydonlari qisqardi. Oziq-ovqat talonlar orqali cheklangan miqdorda taqsim- lanar edi. Inson oyiga talon bo‘yicha 15 kg don mahsulotlari olar edi. Pekinda bu asosan un va guruch edi, provinsiyada tariq, xitoy qo‘nog‘i, jo‘xori “ikkinchi kategoriyadagi donlar” hisoblanar edi. Pekin aholisi imtiyozli holatda edi, lekin ularning ko‘pchiligi ham go‘sht va sut olishmas edi. Xitoyda ancha vaqtdan beri uy-joy qurilishi amalga oshirilmas edi, shu sababdan bir odamga to‘g‘ri keladigan yashash may- donining me’yori 4 kv.m edi, lekin real hayotda ushbu ko‘rsatkich 1,5 kv.m. edi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling