Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Revolyutsion o‘zgarishlar va “katta sakrash”
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
17.2. Revolyutsion o‘zgarishlar va “katta sakrash”
Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi 25 yil (1924 yilda 1949 yilgacha) davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e’lon qilinishi bilan yakunlandi. Xitoyda 25 yil davomida harbiy harakatlar bo‘lganligi sababli ma’lum bir vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sano- at ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga nisbatan ikki barobar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 30-40%ga qisqardi. Inflyasiya yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo‘lardi, 1943 yilda – tovuq, 1946 yilda – 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo‘lmasdi. Mamlakat iqtisodiyotiga etkazilgan zarar urushni 25 yil davom etganligini hisobga olganda unchalik katta emas edi. Urushdan yirik korxonalar ko‘proq jabr ko‘rardi, Xitoyda esa mayda hunar- mandchilik ishlab chiqarishi keng tarqalgan edi. Undan tashqari ushbu urush o‘rta asr xarakteriga ega edi: u alohida janglar va yurishlardan iborat bo‘lib, yagona front yo‘q edi. Shu sababdan iqtisodiyotni tiklanishi ham qisqa muddatda (1949-1952 yy.) amalga oshirildi. Islohotlarning boshlanishida avvalgi tartibni bekor qilib sot- sializm qurilishini ta’minlash qat’iy amalga oshirilmagan edi. Agrar islohotlar to‘g‘risidagi qonunga binoan 1950-1952 yy.da amalga oshirilgan harakatlarda pomeshiklardan (daromadining asosiy qismi ijara haqi hisoblangan yirik yer egalari) me’yordan ortiq yer, mol va inventarlar tortib olindi, ularga dehqonlarga be- 199 riladigan hajmda yer uchastkalari qoldirildi. Musodara qilingan yerlar dehqonlar o‘rtasida mulk qilib bo‘lib berildi. Islohotlar natijasida har bir dehqon 1-3 mu (1 mu = 1/16ga) hajmda yerga egalik qildi. Bunday hajmdagi yer dehqon oilasini yashash minimumini ta’minlaydi deb hisoblanardi. Sanoatni davlat mulkiga o‘tkazish to‘liq amalga oshirilmagan edi. Faqatgina chet elliklar va byurokratik kapitalning korxonalari davlat mulkiga o‘tkazildi. Milliy burjuaziyada korxonalar o‘zlarida qolgan edi. Ularni davlat kapitalizmi bosqichi yordamida sotsialis- tik korxonalarga aylantirish rejasi ishlab chiqilgan edi. 1955 yilda kapitalistik korxonalarni aralash davlat-kapitalistik korxonalariga aylantirish jarayoni boshlandi. Kapitalistlar foydan- ing 25%ni olishar edi. Foydaning qolgan qismi 25%dan uchga bo‘linib – davlatga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ishchi- larni ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilar edi. Keyinchalik bu tartib o‘zgartirildi: kapitalistlar qo‘yilgan kapi- taldan 5-7% olishardi va shu vaqtning o‘zida maosh oladigan dav- lat xizmatchilariga aylanardilar. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng kapital evaziga foiz to‘lash to‘xtatilishi kerak edi. Keyingi islohotlarda osiyocha ishlab chiqarishdan tashqari um- umiy iqtisodiy qoloqlik ham o‘z aksini topdi. Hatto 60-yy.da ham hunarmandlar sanoat ishlab chiqarishida yetakchilik qilardilar, aholining bor yo‘g‘i 14% shaharlarda istiqomat qilardilar, ishchi va xizmatchilar aholini 7%ni tashkil etardi. Dehqonchilikni kooperatsiyalashtirish Sharqiy Yevropa mam- lakatlarida amalga oshirilgan usul bilan amalga oshirilar edi. Ko- operativlarning uch bosqichi tashkil etildi. Birlamchi dehqonlar o‘zaro “mehnat yordami” guruhlariga birlashishdi, unda yerga va inventarga xususiy mulk saqlanib qolgan edi, faqat mehnat jamlanardi. Keyinchalik ular yarimsotsialistik tipidagi kooperativ- larga o‘tishdi, unda ishlab chiqarish vositalari birlashtirilardi va faqatgina daromadning bir qismi mehnatga qarab taqsimlanardi. Va nihoyat, sotsialistik tipdagi kooperativlarda barcha daromad mehnatga qarab taqsimlanar edi. Ushbu shakllarda kooperativ- lashtirish 1957 yilga kelib yakunlandi. Industirlashtirish birinchi besh yillikda (1953-1957 yy.) amalga oshirildi. Besh yillik davrda sanoat ishlab chiqarishi 2,4 marotaba o‘sdi. Anshan metallurgiya kombinati, og‘ir mashinasozlik, avto- 200 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling