Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

16.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
Yaponiya tashqi savdoga o‘ta bog‘liqdir. Uning sanoati qayta 
ishlaydigan deyarli barcha xom ashyo, Yaponiya iste’mol qiladigan 
deyarli barcha yoqilg‘i import qilinadi. Undan tashqari Yaponiya 
o‘ziga kerak oziq-ovqat mahsulotlarining bir qismini ham olib 
kiradi. Bularning hammasi uchun haq to‘lash uchun juda ko‘p ek-
sport qilish zarur. Yaponiya esa uncha ko‘p eksport qilmaydi – 
YaMMning 13% hajmida. Yaponiya asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha kapitalistik dunyoda 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, eksport 
bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Rivojlangan kapitalistik mamlakat-
larning sanoat mahsulotlarining 18% Yaponiyaga to‘g‘ri keladi, 
yalpi eksportning esa 13%. 
Amerika okkupatsiyasi davrida o‘rnatilgan munosabatlar nati-
jasida AQSh Yaponiyaning asosiy savdo hamkori bo‘ldi: AQSh-
192


16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
ga 25-30% tashqi savdo to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda AQSh 
yapon tovarlarini kirib kelishini qisqartirish niyatida bo‘lganligi 
sababli, Yaponiya tashqi savdo yo‘nalishlarini o‘zgartirish bi-
lan shug‘ullanmoqda. Xususan, Rossiya bozoriga katta qiziqish 
bildirmoqda. 
Urushdan keyingi davrda kapital eksporti kichik edi. XX asr 80-
yy. boshlarida xorijiy kapital qo‘yilmalar hajmi bo‘yicha Yaponiya 
5-o‘rinni egallar edi. Kapital asosan yapon tovarlarini sotib ol-
ish uchun beriladigan zayom ko‘rinishida amalga oshiriladi, ox-
irgi vaqtlarda esa Yaponiya xorijdagi xom ashyo manbalarini 
o‘zlashtirishga kapital qo‘ya boshladi. Yaponiyada xorijiy kapital 
qo‘yilmalar ham uncha katta emas: chet elliklar qo‘lida Yaponiya 
aksioner kapitalining 4%dan kam miqdori mujassamlashgan. Bu 
Yevropa mamlakatlarinikidan ko‘ra bir necha barobar kichikdir. 
Bu hol Yaponiya uzoq vaqt davomida AQShga bog‘liq bo‘lganligi, 
u tomondan okkupatsiya qilinganligini e’tiborga olgan holda 
ajablanarlidir. Urushdan keyingi birinchi yillarda amerika korpo-
ratsiyalari tabiiy resurslari yo‘q mamlakatni iqtisodiyotini tikla-
nishiga kapital sarflashga shoshilmadi. Yapon korporatsiyalari 
amerika yordamisiz oyoqqa turdi. Yaponiyaning birinchi iqtisodiy 
yutuqlaridan so‘ng amerika tadbirkorlari ushbu mamlakat bilan 
qiziqib qolishdi, lekin Yaponiya o‘z sanoatini maxsus qonunchilik 
bilan himoya qilib bo‘lgan edi. Keyinchalik liberallashtirish e’lon 
qilindi – xorijiy kapitalni yapon sanoatining bir qator tarmoqlariga 
sarflanishiga ruxsat berildi. Lekin, ushbu tarmoqlarda yapon korx-
onalarining holati shu daraja kuchli ediki, chet elliklar bu tarmo-
qlarda hech narsaga erisha olishmadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling