Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)
doshlari yoki yaqinlari olishlari mumkin edi. Bo‘sh yotgan yoki o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirgan dehqonlar yer egalariga aylanishardi. Undan tashqari, dehqonlarni ijrachilikka o‘tkazish jarayoni davom etardi, natijada dehqonlar o‘z yer uchastkalarini ijarachisi- ga aylandi. Xitoyda xususiy yer egaligining rivojlanishi yirik xo‘jaliklarni tashkil etilishiga olib kelmadi. Yer egasi o‘z ekin maydonlariga ega emasdilar. Unga tegishli hudud mayda dehqon uchastkalari- dan iborat bo‘lib, daromadi esa natural ijara to‘lovlaridan iborat edi. XIX asrning birinchi yarmida Xitoyda har bir qishloq aholisiga 2 mu (0,125 ga) yer to‘g‘ri kelardi. Bu agrar aholini ko‘payib keti- shi dehqonlarni ommaviy ravishda qashshoqlanishiga olib kelib, juda katta “mehmonlar” guruhini yaratdi. “Mehmonlar” – bu o‘z xo‘jaligidan mahrum bo‘lgan, yirik yer egalaridan ijaraga olishga majbur bo‘lgan va buning evaziga yarim hosilni beruvchi dehqon- lardir. Shunday bo‘lsa ham, davlat eng yirik yer egasi edi. 1912 yilda davlat yerlarida xo‘jalik yurituvchi dehqonlar 49%, yarimijarachilar – 23%, ijarachilar – 28%ni tashkil etardi. Dehqonchilik uchun ideal variant bo‘lib qadimdan amal qil- ib kelayotgan yerga davlat mulkchiligi va tenglashtirilgan yerda foydalanish xizmat qiladi. XIX asr o‘rtasida “taypi qo‘zg‘oloni” natijasida inqilobchilar Xitoyda hukumatni qo‘liga o‘tdi. Yangi hukumat tomonidan “yer tizimi” joriy etilib, unga binoan yerga ishlov berish davlatning qat’iy nazorati ostida bo‘lishi va yerni oila a’zolari soniga nisbatan taqsimlanishi kerak edi. Davlat qaerda tut daraxtlarini ekish, xo‘jalikda qancha cho‘chqa va tovuq bo‘lishi kerakligini belgilab berishi kerak edi. Xitoyda Yaponiyadagi kabi mamlakatni tashqi dunyodan chegaralash siyosati olib borilmagan edi. Lekin davlat tovar-pul munosabatlarini rivojlanishini sun’iy ravishda cheklar edi. Bu soliqlarni natural shaklda bo‘lishida, savdogarlarga kun bermas- likda namoyon bo‘lar edi. Aynan shunday siyosat aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanardi. Tabiiyki, bu taraqqiyotni sekinlashtirardi va Xitoy tashqaridan kapitalizm kirib kelishiga qarshilik qila olmay qoldi. 197 XIX asrda uch “qora dori urush”lari davrida kapitalizni tashqari- dan kirib kelishi drammatik xarakterga ega bo‘ldi, bunda Xitoy importining 46%ni qora dori tashkil etdi, mamlakat esa tipik ya- rimmustamlakaga aylandi. U imperialistik davlatlar o‘rtasida ta’sir sohalari bo‘yicha bo‘lib olingan edi. Chet elliklar endi xitoy sudi oldida javob bermas edi, ularning qo‘lida flot, qo‘shinlar, politsiya bor edi. Xitoy hukumati endi real hokimiyatga ega emas edi. Bun- ing asosiy sababi – taypi qo‘zg‘olonini bostirish uchun hukumat chet elliklardan yordam so‘raganligidadir, natijada hukumat chet elliklar oldida qarzdor bo‘lib qoldi, qarzlardan qutilish uchun esa hatto soliqlarni to‘plash ham chet elliklar qo‘liga topshirilgan edi. O‘sha davrda Xitoyni rasmiy ravishda manchjurlar sulolasi huku- mati boshqarar edi, xitoyliklar esa manchjurlarni varvarlar (vah- shiylar) deb hisoblar edi. Shu sababdan xalqning inqilobiy kurashi mustamlakachilarga va hukumatga qarshi yo‘naltirilgan edi. Xitoyga olib kiritilayotgan tovarlarga ularning narxini 5%dan oshmagan holda boj undirihsga ruxsat berilgan edi, arzon fabrika mahsulotlarini importi esa paydo bo‘lib kelayotgan xitoy sanoa- tini yo‘qqa chiqarardi. Ma’lumki, mustamlakachilar hech qachon mustamlakalarda sanoatni rivojlantirishga intilmas edilar, lekin o‘sha davrda Xitoyda mavjud sanoatda mustamlakachilar yetakchi pozitsiyalarni egallagan edilar. Chet elliklar qo‘lida tashqi savdo, temir yo‘l, ko‘mir sanoatining yarmi, tekstil sanoatining 40% mu- jassamlashgan edi. Bu davrda xitoy burjuaziyasi uch qismga bo‘lingan edi. Eng imtiyozli holatda kompradorlar 1 edi. Chet elliklarga doim milliy agentlar orqali faoliyat yuritish qulaydir. Ikkinchi, Xitoy uchun xos bo‘lgan burjuaziyaning qismi – byurokratik kapitaldir. Ushbu termin asosan “hukumat bilan uzviy bog‘langan komprador kapitali” ma’nosini anglatadi. Byurokratik kapital iqtisodiyotda davlatning ustuvorlikka egaligining nati- jasidir. Chet elliklar hukmronligi sharoitida davlat hokimiyati par- chalanayotgan vaqtda davlatning mol-mulki asta-sekin yuqori lavozimlardagi odamlar qo‘liga o‘ta boshladi. Bu esa byurokratik kapital edi. 1 Komprador - (port. “comprador” — xaridor, lotincha “comparare” – xarid qilish, sotib olish) – xorijiy capital va mahalliy bozor o’rtasida vositachilik qiluvchi mahalliy tadbirkor, savdogar. 198 17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Uchinchi qism – chet el kapitali bilan bog‘liq bo‘lmagan milliy burjuaziyadir. Chet elliklar va kompradorlar tomonidan siquvga olingan burjuaziyaning bu qismi Xitoyda inqilobiy kuchlarni tash- kil etardi. Chet elliklarning hukmronligi natijasida sanoat noratsional joy- lashtirilgan edi. Sanoatning ¾ qismi shimoli-sharqiy qirg‘oqbo‘yi rayonlarida joylashgan edi. Faqatgina Shanxayning o‘zida yengil sanoatning yarmi joylashgan edi. Xitoyning ko‘pgina rayonlarida sanoat umuman yo‘q edi. Aholi ehtiyojlari, huddi avvalgidek, hu- narmandchilik va uy xo‘jaligi mahsulotlari yordamida qondirilar edi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling