Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar
- 16.1. Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Buyuk depressiyaning Fransiyaga kech ta’sir etishining sabablari nimada? 2. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya sanoatidagi progressiv siljishlarning sababi nimada? 3. Fransiyada mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazilish xususiyatlari nimada? 1 Dirijizm (fr. dirigisme) — davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishga faol aralashish siyosati. 181 YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar: “oraliq” inqiroz, “Tanaka mem- orandumi”, militarizatsiya, demping, ekspansiya, dzaybatsu, “ki- chik mexanizatsiyalash”, paternalizm. ■ Reja: 16.1. Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar 16.2. Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida iqtisodiyotning harbiylashtirilishi 16.3. Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar. Dzaybaysu 1 larni qayta tashkil etish. 16.4. Yapon “iqtisodiy mo‘‘jiza”si va uning sabablari 16.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar 16.1. Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar Birinchi jahon urushida Yaponiya Antanta tarkibida urush olib bordi. Uning Germaniya bilan kelishmovchiligi yo‘q edi, lekin An- tanta tomonida urushish afzalroq edi: Germaniyaning Uzoq Shar- qda harbiy qo‘shinlari yo‘q edi, lekin tortib olish mumkin bo‘lgan mustamlakalari bor edi. Agar Yaponiya Antantaga qarshi urush- ganda u Rossiyaga qarshi urushishi kerak edi. Yaponiya Angliya oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatiga rioya qilib urushga kirishdi. Angliya shartnoma haqiqatda ham bor edi, lekin u Yaponiyani Angliya tarafida urushishga majburlamas edi. Angliya hukumati Yaponiyani urushda qatnashishi nemis mus- tamlakalarini bosib olinishga olib kelishini tushungandan so‘ng Yaponiyani urushda qatnashishdan voz kechishini talab qilgan, lekin natija bo‘lmagan. Yaponiya urushda nominal ravishda qatnashgan bo‘lsa ham o‘ziga yaqin bo‘lgan Germaniya mustamlakalarini (Shandundagi 1 Dzaybaysu - (yap.財閥, mulk) – “pullik klan” yoki konglomerat i anglatuvchi yaponcha termin. 182 16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) konsessiya, Tinch okeanidagi Mariana, Karolina va Marshall orol- lari) muvaffaqiyatli bosib oldi. Shu bilan urushdan olingan foydalar cheklanmagan. Urush davrida Yevropa mamlakatlari o‘z tovarlarini osiyo bozorlariga olib kelishni to‘xtatishdi va Yaponiya shoshilinch ravishda ushbu bo- zorlarni o‘zlashtirishni boshladi. Yaponiyada eksport 3 marotaba o‘sdi, sanoat ishlab chiqarishi esa 5 marotaba. Eksport kambag‘al Yaponiyaga oltin oqib kelishini ta’minladi, urush davrida Yaponiya oltin zaxirasi deyarli 7 marotaba o‘sdi. Lekin hammasi harbiy kon’yunktura tugashi bilan yakunlandi. Yevropa tovarlari osiyo bozorlariga qaytib keldi va Yaponiya ek- sporti 40%ga qisqardi, buning natijasida sanoat ishlab chiqarishi 20%ga pasaydi. 1920-1921 yy.dagi inqirozdan Yaponiya ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmadi. Faqatgina 1925 yilga kelib ishlab chiqarish inqirozdan oldingi davr (1919 yil) darajasiga tenglashdi, lekin 1926-1927 yy.da Yaponiyani “oraliq” inqiroz qamrab oldi. Ishlab chiqarish kuchlarining chorak qismi bekor qoldi, bir qator banklar va savdo uylari bankrotga uchradi. Ushbu inqirozning o‘zi iqtisodiyotni militarizatsiyalashga birinchi turtki bo‘ldi. U huku- mat tepasiga reaksion general Tanakani olib keldi va 1927 yilda “Tanaka memorandumi” paydo bo‘lib, u o‘zida butun dunyoga hukmron bo‘lishni strategik rejasini mujassamlashtirgan edi. Ushbu reja asosida avval Xitoy va sovet Uzoq Sharqini, key- inchalik butun Osiyo, Yevropani bosib olish va AQShni tor-mor qilish bilan yakunlash nazarda tutilgan edi. “Oraliq” inqirozdan bir yil o‘tib (1929 yilda) yangi jahon inq- irozi boshlandi. Ishlab chiqarish yana 40%ga pasaydi, banklar va sanoat kompaniyalari yopila boshladi. Shunday qilib, birinchi jahon urushi oxiridan 30-yy.ga qadar Yaponiya muntazam ravishda inqirozlar va depressiyalarni bosh- dan kechirdi. Uning iqtisodiyoti tinchlik sharoitida normal rivojla- nishi uchun o‘ta zaif edi. O‘ta past darajadagi ish haqi va mayda dehqon xo‘jaliklari sababli ichki bozor juda tor edi, tashqi bozorda esa yapon tovarlari ishlab chiqarish kuchlarining darajasi pastligi sababli raqobatbardosh emas edi. Ular “arzon, lekin sifatsiz” to- varlar hisoblanardi. Qishloq xo‘jaligida birinchi jahon urushigacha bo‘lgan munosa- batlar saqlanib qolgandi. Yerning yarmidan ortig‘i pomeshiklarn- ing mulki hisoblanardi, ular o‘zlari mehnat qilmasdan yerlarni ija- 183 raga berishardi. Ko‘pchilik holatlarda bu “mavjud bo’lmagan po- meshiklar” edi, ular qishloqlarda emas shaharlarda yashashardi, ular faqatgina ijara haqi olish orqali yer bilan aloqasini ko’rsatardi. Ijara haqi hosilning 50-60%ni tashkil etardi. Dehqon xo‘jaliklariga tegishli yerlarning o‘rtacha hajmi 1 gektardan kam edi. Qishloq xo‘jaligida, avvalgidek, omoch keng ishlatilardi; dehqonlarning 80% ish hayvonlariga ega emasdilar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling