Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
15.3. Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning
xususiyatlari Jahonning eng yirik 10 ta tijorat banklari qatoriga 4 ta fran- suz banklari kiradi: “Bank nasonal de Pari”, “Kredi agrikol”, “Kredi Livne”, “Sosete jeneral”. Jahonning eng yirik 10 ta sanoat kom- paniyalari qatoriga birorta fransuz kompaniyasi kirmaydi. XX asr boshida Fransiya uchun xos bo‘lgan xususiyat – kapitalning yuqori konsentratsiyalashuvi, lekin ishlab chiqarishni past darajada kon- sentratsiyalashuvi – hozirgi kungacha ham saqlanib qolgan. Fran- suz korxonalarining 95%i 20 kishigacha faoliyat ko‘rsatadigan mayda ishlab chiqarishlardan iborat edi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyat kasb etadi. Fransuz korxonalarining ko‘pchiligi zamon talab etayotgan optimal hajmga ega emas edi, shu sababdan davlat tomonidan firmalarni qo‘shilib ketishi va sanoatni yiriklashtirish siyosati olib borilar edi. Yaqin davrlarga qadar jahonning 100 yirik kompani- yalari qatoriga bor yo‘g‘i 5 ta fransuz kompaniyalari kirgan, bunda ularning eng kattasi 50-o‘rinda edi. XX asrning 80-yy. boshlarida esa 20 eng yirik kompaniyalar qatoriga 2 ta fransuz kompaniyalari kirishga muvaffaq bo‘ldi. Urushdan keyingi birinchi o‘n yillikda Fransiya iqtisodiyotida Rotshildlar, Lazarlar, Shneyderlarning an’anaviy moliya guruhlari 1 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.264. 177 o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. 60-yy.dan boshlab esa ikki yangi guruh – “Pariba” va “Syuez”larning ekspansiyasi boshlandi. Gu-ruhlar boshqaruvida banklar emas xoldinglar turardi. Ular sanoat kompaniyalari va banklar aksiyalarining yirik paketlariga egalik qilishardi. 1980 yilda ushbu ikki guruh fransuz sanoati aktivlarin-ing 20%ni nazorat qilardi va uning tarkibiga deyarli barcha sanoat tarmoqlarida 2,6 ming sanoat korxonalari kirardi. “Pariba” guruhi tarkibiga “Bank de Pari de Pey Ba”, Fransi- yaning yirik sanoat korporatsiyasi “Kompani fransez de petrol”, “Tomson-Vrandt” elektrotexnik kompaniyasi va boshqalar kirardi. Guruh kapitali neftkimyo, elektronika, metallurgiya, mashinasoz- lik, noshirlik ishi va boshqalarga sarflangandi. Umuman olganda, guruhning manfaatli sohalarini aniqlash uchun fransuz sanoatin- ing barcha tarmoqlarini sanab o‘tish kerak. “Syuez” guruhining nomi Sues kanalining nomidan kelib chiqqan. 50-yy.da Misr hukumati tomonidan Sues kanali davlat tasarrufiga o‘tkazilgandan so‘ng “Sues kanali kompaniyasi” Misr- dan olingan kompensatsiyani fransuz iqtisodiyotining turli tarmo- qlariga investitsiyaladi. Guruh tarkibiga “de’Endoshin e de Syuez”, “Sen-Goben”, “Ron-Pulek” konsernlari va boshqalar kirdi. Guruh tarkibiga kiruvchi kompaniyalar ko‘ptarmoqli xususiyatga ega edi. Fransiyada moliyaviy kapitalning rivojlanishi boshqa mam- lakatlarga nisbatan chuqurroq edi. Banklar va moliya guruhlari bir-birlari bilan tobora chuqurroq bog’lanib, chirmashib ketar- di. Har bir yirik bank faqatgina sanoat firmalarining emas, balki boshqa banklarning aksiyalarini sotib olardi. Alohida bank va moliya guruhlari bir-biriga shunday qo‘shilishib ketishadiki ular o‘rtasidagi chegara sezilmay qoladi. Yangi sano- at firmalari endi bitta emas balki bir necha moliya guruhlari to- monidan ta’sis etilardi; eski firmalar bir necha moliya guruhlari va banklar nazorati ostida faoliyat yuritishadi. Yirik banklarning kredit portfeli (ya’ni unga tegishli aksiyalar) bankning o‘z kapi- talidan oshib ketardi. Banklar endi portfel kompaniyalarga ayla- nishdi. 178 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling