Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
16.2. Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida
iqtisodiyotning harbiylashtirilishi Yapon hukumati iqtisodiy inqirozdan chiqishni militarizatsiya va bosqinchilikda ko‘rmoqda edi. 1931 yilda yapon qo‘shinlari Manchjuriyani bosib olish bilan Xitoyga nisbatan “e’lon qilin- magan” urushni boshlab yubordi, 1937 yilda “e’lon qilinmagan” urush, ochiq va e’lon qilingan urushga aylandi. 1932 yildayoq har- biy xarajatlar davlat budjetining 1/3 qismini tashkil qilardi, 1938 yilda esa 70%ga etdi. 1938 yilda “Millatni to‘liq mobilizatsiya qil- ish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, unga binoan hukumat mam- lakat iqtisodiyoti ustidan to‘liq nazorat qilish imkonini oldi. Militarizatsiya yaponiya sanoatini inqirozdan tez olib chiqdi. 1936 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1929 yil darajasiga nis- batan 70%ga o‘sdi, shu jumladan og‘ir sanoat mahsulotlarini ish- lab chiqarish – 2,6 marotaba o‘sdi. Ushbu yillarda og‘ir sanoat yengil sanoatdan o‘zib ketdi va sanoat mahsulotlarining yarmidan ortig‘ini bera boshladi. Ammo 30-yy.da yengil sanoat ham yuqori sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Gap shundaki, Yaponiya strategik xom ashyolardan (temir rudasi, neft va boshq.) mahrum edi. Ushbu xom ashyoni xorijdan sotib olishga to‘g‘ri kelar edi. Sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lishi, buning uchun esa o‘z tovarlarini eksport qilish kerak edi. Yaponiya faqat yengil sanoat mahsulotlarini (asosan tekstilni) eksport qila olar edi. Tekstil eksportini ko‘paytirish uchun boshqa mamlakatlardan bozorni tortib olishi va o’z navbatida esa arzon- roq sotish kerak edi. Yaponiya ijtimoiy demping 1 ni amalga oshira boshladi. Yaponiyada yarimfeodal uslublardan va davlat majbur- lashidan foydalanib ishchilarni ekspluatatsiya normasi oshib bor- 1 Demping – raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida chet elda tovarlarni arzon narxlarda sotishdir. Ijtimoiy demping esa – yapon tovarlarining arzonligi mehnatning arzonligi bilan ta’minlanishidir. 184 16- . YAPONIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) di. Juda arzon matolar ishlab chiqarildi va eksport qilindi, natijada Angliya sharq bozorlaridan siqib chiqarila boshlandi. 30-yy.da Yaponiya sun’iy shoyi ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda 1-o‘rinni egalladi. “Janubiy dengiz mamlakatlari”ga (Janubi-Sharqiy Osiyo) iqti- sodiy ekspansiya faqatgina eksportni kuchaytirishda namoyon bo’lmadi. Yaponiya strategik xom ashyo manbalarini o‘zlashtira boshladi: kauchuk plantatsiyalarini yaratdi, neft va mis rudasini qazib olishni boshladi. 30-yy.da Yaponiyada fashistlar rejimi o‘rnatildi. Huddi Ger- maniyadagi kabi, iqtisodiyotda haddan tashqari kuchli davlat boshqaruvi amalga oshirildi. Mayda va o‘rta korxonalarning bir qismi yopildi, qolganlari esa “nazoratdagi assotsiatsiyalar”ga bir- lashtirilib, ular davlat organlari nazorati ostida faoliyat yuritar edi. Davlat ushbu organlar orqali ish kuchi, resurslar, kreditlarni taqsimlar edi. Ishchilar korxonalarga biriktirilgan, dam olish kun- laridan mahrum edilar, ish kuni uzunligi ba’zida 15 soatgacha etardi. Davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi dzaybatsuni kuchayishini anglatardi, chunki ularning yuqori tabaqasi “nazorat- dagi assotsiatsiyalar”da rahbar lavozimlarni egallashdi. Bu davrda dzaybaysularning “katta to‘rtligi” - “Mitsui”, “Mitsu-bisi”, “Sumim- oto”, “Yasud” kuchayib bordi. Faqat dzaybaysu oddiy kompaniya emasligini e’tiborga olish zarur. Ular maxsus tarkibdagi moliya guruhlariga aylanishdi. Har bir guruh boshida xolding-kompani- yasi (“motikabu kaysya”) turib, ular aksiyalarining asosiy qismi gu- ruh oilasining boshiga tegishli bo‘ladi. Guruh tarkibiga kiruvchi banklar, savdo, transport va sanoat korxonalarga topshiriqlar shu yerdan chiqarilardi. 1941 yil dekabrida Perl-Xarbordagi amerika bazasiga to‘satdan hujum qilib, amerikaning tinch okeani flotining asosiy qismini yak- son qilish bilan Yaponiya ikkinchi jahon urushiga qo‘shildi. 1942 yil bahorga qadar yapon harbiy kuchlari shu kunga qadar “tinch munosabatda” bo‘lgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini bosib oldi. Shu bilan g‘alabalar yakunlangan edi. Yaponiyani urushda mag‘lub bo‘lishi iqtisodiy omillar bilan belgilab berilgan edi. Iqti- sodiyotni yuqori darajada militarizatsiyalashuviga qaramasdan, Yaponiyaning harbiy-sanoat salohiyati juda past edi. Bu strategik xom ashyoning ko‘pchilik turlarining yo‘qligi va og‘ir sanoatning 185 past darajada rivojlanganligi bilan belgilangan edi. Yaponiyada stanoksozlik mamlakat ehtiyojining chorak qismini qondirar edi. Yoppasiga militarizatsiya harbiy qo‘shinlarning birlamchi hujumini ta’minlay oldi, so‘ng pasayish boshlandi. 1943 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi qisqara boshladi. Harbiy ishlab chiqar- ishni pasayishini to‘xtatish maqsadida sanoatda “o‘z-o‘zini eyish” boshlandi. To‘qimachilik stanoklari va yengil sanoatning boshqa uskunalarini po‘lat ishlab chiqarish maqsadida eritishga jo‘natildi. Harbiy texnikaning etishmovchiligi kamikadze-uchuvchi va kami- kadze-dengizchilarni paydo bo‘lishi bilan ham bog‘liq edi: inson mashina va texnikadan arzon edi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling