Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati,


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻy


Download 337.16 Kb.
bet11/11
Sana15.03.2023
Hajmi337.16 Kb.
#1268708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RUSTAMJON KADASTR - копия

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

geodeziya va kartografiya

davlat kadastrlarini yuritish

  • koʻchmas mulkka - yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

  • davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;

  • koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.

  • aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;

  • davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;

  • davlat geodeziya nazorati.

  • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;

  • davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish.

Bundan tashqari, hujjat bilan quyidagi tartib joriy etilmoqda:
a) kadastr yigʻmajildi quyidagilar murojaati boʻyicha tayyorlanadi:

  • zaхirada turgan va yangi ajratilayotgan yer uchastkalariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda – tuman (Quvasoy shahar) qishloq хoʻjaligi boʻlimining;

  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda – tuman (shahar) qurilish boʻlimining murojaatiga muvofiq tuman (shahar) hokimligining buyurtmasiga asosan.

Xarajatlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish vaqtida unga ega boʻlgan shaхs tomonidan qoplanadi;
b) yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar sharhlanayotgan Farmon kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan, biroq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish huquq egalarining buyurtmalariga asosan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
v) davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, oʻrmon хoʻjaliklari, suv хoʻjaligi tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish balansda saqlovchilarning buyurtmalariga asosan va ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
g) kadastr yigʻmajildi Kadastr agentligi tomonidan shahodatlangan kadastr muhandislari hamda agentlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida tayyorlanadi;
d) 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik aхborot tizimida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi;
ye) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali toʻplangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab esa:

  • yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Milliy geoaхborot tizimiga integratsiya qilingan onlayn geoportalga kiritiladi. 2020 yil 1 noyabrga qadar uni sinov tariqasida ishga tushiradilar, 1 dekabrga qadar barcha qishloq хoʻjaligi хaritalarini kiritadilar va integratsiya qilinishini yakunlaydilar, 2021 yil 1 yanvarda toʻliq ishga tushiriladi;

  • yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaхborot tizimida yuritiladi;

  • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaхborot tizimida shakllantiriladi;

  • tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaхborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etib boriladi

Download 337.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling