Yuklash mashinalari to’g’risida


Download 1.27 Mb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1520943
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tajriba ishi № ппн, пдм yuklovchi mashinasi tuzilishini va ishla

Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari. Hozirgi vaqtda qidirkv ishlarini olib borishda va foydali qazilmalarni qazib olish uchun tayyorlov lahimlarni o’tishda yuqori unumdorlikli kon jinsini yon tarafdan tqamrovchi uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalarining bunday turlari faqat pog’onali yuklash imkoniyatiga egadir. Ishchi organi sifatida bir juft qamrovchi panjalar xizmat qiladi. Ular tog’ jinsini yon tarafdan qamrab-sidirib olib kurakli konveyerga uzatib beradi, kurakli konveyer esa keyingi transport vositasiga uzatib beradi.


19.6-rasm. Uzluksiz ishlovchi qamrovchi panjali yuklash mashinasi

Bunday yuklash rusumidagisidir. PNB mashinalarining eng ko’p tarqalgan turkumidagi barcha mashinalar turlaridan biri PNB (6-rasm) bir xil konstruktsiyali bo’lib, quyidagi asosiy qismlardan tuzilgandir: ikkita qamrovchi panja 1 dan iborat ish bajaruvchi organ, gusenitsali 2 yurish organi, kurakli konveyer ko’rinishidagi yuklash organi 3, krivoship 4, qabul qilish plitasi 5 va yuritmalar va boshqaruv tizimi.
19.7-rasm. Qamrovchi kaftli yuklash qurilmasining ishlash sxemasi
Juft qamrovchi panjalar (19.7-rasm) – to’rtzvenoli tekis sharnirlardan iborat. Panja korpusi 4 o’rtasidan sharnir 3 orqali disk 2 bilan bog’langan, panja oxiri esa
– tayanch sharniri 7 bilan va qisqa (kalta) tebratuvchi richag 6 yordamida –
suruvchi (yoki aylantiruvchi) sharnir 5 bilan bog’langan.
Etaklovchi disk aylanishi bilan panjalar qabul qilish plitasi 1 da murakkab qamrash harakatini bajaradilar. Qamrovchi panjalar uchlari kon jinsi uyumi tag
qismiga ta’sir qilib, undan tegishli hajmni ajratib olib plitada sidirib konveyerga uzatib beradi.
19.2-jadval

Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari





2PNB-2

PNB-2K

PNB-3D

PNB-4

Texnik unumdorligi,
m3/min

2,0

2,5

4,0

6,0

O’lchamlari, mm













- eni

1800

1800

2500

2700

- uzunligi

8000

8000

9000

10000

- balandligi

1450/3000

1140/1860

1900/3500

2000/3600

Massasi, t

12

7

18,0

34,0

Dvigatel quvvati, kVt

65

80,2

94,0

168,0

O’tiladigan lahimning
eng kichik yuzasi, m2

6,2

6,5

-

-



PNB-1 yuklash mashinasi gorizontal va 60 gacha qiyalikdagi 3 m2 va undan oshiq kesim yuzali kon lahimlarini o’tishda ko’mir va yumshoq kon jinslarini yuklashga mo’ljallangan. PNB-1 yuklash mashinasi Yasinovotsk mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan. U ishchi organ iva kurakli konveyerli yuklash organ iva harakatlanish organidan tashkil topgan. Ishchi organi yuritmasi sifatida ikkita 55 kVt quvvatli KOMF41-8 elektrodvigateli ishlatiladi. Har ikala panja alohida yuritmaga ega. Panjalar yuritmasi reduktorlari bir-birlari bilan val-sinxronizator yordamida birlashgan. Bu Valga biriktirilgan yulduzcha konveyer sidirgichli zanjirini ham harakatlantiradi. Mashina gusenitsalari quvvati 10 kVt li KOMF41-4 elektrodvigateli yordamida reduktor orqali harakatlantiriladi. Yurish qismining gidravlik boshqarilishi mashinaning tekis ishga tushishini ta’minlaydi. Qamrovchi qismini ko’tarish va tushirish, hamda konveyerni ko’tarish, tushirish va gorizontal tekislikda burish gidrotsilindrlar yordamida amalga oshiriladi. Elektr uskunalari portlashga xavsiz ishlanganligi sababli gaz va chandan xavfli shaxtalarda ishlatish mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling