Yuklash mashinalari to’g’risida


Download 1.27 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1520943
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tajriba ishi № ппн, пдм yuklovchi mashinasi tuzilishini va ishla



Yuklash mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Kon-qidiruv lahimlarini o’tishda tog’ jinslarini yuklash – qiyin jarayon bo’lib, umumiy lahim o’tish davrining 60 % gacha bo’lgan vaqtini egallaydi. Yer osti qidiruv lahimlarini o’tishda tog’ jinslarining asosiy hajmi yuklovchi mexanizmlar yordamida olinadi va bir qismigina qo’l mehnati bilan bajariladi. Yuklovchi mexanizmlar sifatitida yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalari yer osti lahimlarini burg’ilab-portlatish usuli bilan o’tishda massivdan ajratilgan tog’ jinslarini transport vositasiga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangandir. Har qanday yuklash mashinasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi: massivdan portlatish ajratilgan tog’ jinsini qamrash ya’ni ishchi organini to’ldirish yoki tog’ jinsiga botirish; yukni ma’lum balandlikka ko’tarib transport vositasiga uzatish. Bu jarayonlarni bajarishiga qarab yuklash mashinalarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

  • ish bajaruvchi organi turi bo’yicha – cho’michli, taroqsimon, baraban- g’ildirakli, qamrovchi-panjali (19.1-rasm, a);

  • ish bajaruvchi organining ishlash usuli bo’yicha - davriy va uzluksiz (19.1- rasm, b);

  • tog’ jinsini qamrash usuli bo’yicha – tagidan, yonidan va ustidan qamrovchi (19.1-rasm, v);

  • yukni transport vositasiga uzatish usuli bo’yicha – to’g’ridan-to’g’ri yoki pog’onali yuklovchi (19..1-rasm, g);

  • mashinaning harakatlanish usuli bo’yicha – g’ildirak-relьsli, gusenitsali, pnevmog’ildirakli (19.1-rasm, d).


Tog’ jinsini tagidan qamrovchi cho’michli davriy yuklash mashinalari eng ko’p tarqalgandir. Bu mashinalarning to’gridan-to’gri yuklovchi (19.2-rasm, a) va pog’onali yuklovchi (19.2-rasm, b) turlari farqlanadi. To’g’ridan-to’g’ri yuklovchi bu mashinalarning ikki hil modeli bo’lib, bir-biridan yukni to’kish usuli bilan farqlanadi. Bularga cho’mich rukoyati mashina ustidan aylanib o’tib to’kuvchi va cho’michni yon tarafdan ag’daruvchi mashinalar kiradi.

19.1-rasm. Yuklash mashinalari sinflari.
Oxirgi turdagi mashina tayyorlov lahimlarni o’tishda tog’ jinslarini konveyer

transportiga yuklashni
mexanizatsiyalashtiradi. Pog’onali
yuklovchi cho’michli

yuklash mashinalari mashina konstruktsiyasiga kiruvchi uzatuvchi lentali,
plastinkali yoki kurakli konveyerlar bilan ta’minlanadJaxon tajribasida eng ko’p ishlatiladigan yuklash mashinalari – tog’ jinsini
yon tarafdan qamrovchi uzluksiz ishlovchi mashinalardir (19.2-rasm, v). Bunday mashinalarning ish bajaruvchi organi – qamrovchi panjali, sidirg’ichli barlar, qirralangan disklar bo’lishi mumkin.
Yuqorida ko’rib chiqkan mos ravishdagi konstruktiv tuzilishlardan eng ko’p
ishlatiladigan yuklash mashinalaridan PPN turi ( to’gridan –to’g’ri yuklovchi
davriy (PPN-1, PPN-3A, PPN-2G) yoki tagidan qamrovchi pog’onali yuklovchi ) va PNB turlari (yondan qamrovchi uzluksiz ishlovchi) mavjuddir.

19.2-rasm. Yuklash mashinalari konstruktiv sxemalari.


Yuklash mashinalari turlari va konstruktsiyasi
Davriy yuklash mashinalaring yuklash usuli bo’yicha ikkita turi mavjud:
to’g’ridan-to’g’ri va pog’onali yuklovchi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling