Yuklash mashinalari to’g’risida
Download 1.27 Mb.
|
Tajriba ishi № ппн, пдм yuklovchi mashinasi tuzilishini va ishla
Davriy ishlovchi pog’onali yuklash mashinalari (19.5-rasm) ikki yo’lli lahimlarni o’tishda yirik o’lchamli, og’ir va abraziv tog’ jinslarini yuklash uchun ishlatiladi.
Mashina og’ir rama 1, ikkita yurituvchi yarimskat 2 li yurish organi, strelaga o’rnatilgan cho’mich 3 va yuk qabul qiuvchi-yuklovchi konveyeridan tashkil topgan. Mashinaning harakatlanishi, cho’michning ko’tarilishi va konveyerning ishlashi reduktor 5 va dvigatelь 6 dan iborat bitta yuritma orqali bajariladi. Reduktor cho’michni ko’tarish mexanizmi va mashina harakati yo’nalishini ta’minlovchi planetar uzatgich tizimli qurilmaga ega. Boshqarish dastaklari 4 mashina ikki yon tarafida joylashgan. Konveyerning yuk tushirish balandligi domkrat 8 orqali o’zgartirilishi mumkin. CHo’mich va strela yuklash frontini oshirish uchun ikki yon tarafga burilish imkonini beruvchi ikkita zanjir yordamida ko’tariladi. O’rtadagi zanjir cho’michning pastga tushishini chegaralashga va cho’mich tushishidagi zarbni yumshatishga xizmat qiladi. Yuklash boshlanishidan oldin cho’mich strela bilan birgalikda pastga tushadi va mashina oldinga harakatlanadi. 19.4-rasm. Yuklovchi organ va cho’michni ko’tarish mexanizmi. CHo’mich tog’ jinsiga to’lgach ko’taruvchi mexanizmning ikkita barabani birga ishlaydi va o’ziga zanjirlarni o’ray boshlaydi. Bu vaqtda birinchi navbatda cho’mich strela uchida gorizontal o’qi atrofida buriladi, undan keyin esa strela bilan birgalikda yuqoriga ko’tariladi va cho’mich lentali konveyerga yukni tushiradi. Mashina ko’tarilgan cho’mich bilan zaboydan orqaga suriladi, strela va cho’mich pastki holatga tushiriladi va keyingi qamrashni boshlash uchun mashina zaboyga tomon harakatlanadi. O’tilayotgan lahim yonlaridagi tog’ jinslarini yuklash uchun dastlab ko’tarish barabanlarining bittasi ishga tushiriladi va yuklash organi o’nga yoki chapga tomon buriladi. Mashinada samarali chang bostirish uchun oltita forsunka ishlatigan. CHang bostirish tizimidagi umumiy suv sarfi 4*105 Pa bosimda 50 l/min ni tashkil etadi. PPM-4p yuklash mashinasini ishlatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, 10,5 m2 yuzali shtreklarni f=4-8 qattiqlikdagi jinslardan o’tishda yillik iqtisodiy samara shu turkumdagi boshqa mashinalarga nisbatan 20-25 % kattaligi aniqlangan. PPN-5p yuklash mashinasi kesim yuzasi 5,2 m2 dan kam bo’lmagan. Gorizontal lahimlarni burg’ilash-portlatish usuli bilan o’tishda tog’ jinslarini vagonchalarga yoki konveyerga yuklashni mexanizatsiyalashtirish uchun xizmat qiladi. Mashina pnevmatik yuritma bilan ishlab chiqarilgan. Texnik unumdorligi 1,0 m3/min. ni tashkil etadi. PPN-7 yuklash mashinasi tepadan pastga 250 gacha qiyalikdagi lahimlarni burg’ilash-portlatish usuli bilan o’tishda tog’ jinslarini vagonchalarga, konveyerga va skipga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Mashinani kesim yuzasi 5,2 m2 dan, balandligi 2 m dan kam bo’lmagan lahimlarni o’tishda ishlatiladi. Mashina elektruskunalari portlashga xavfsiz ishlanganligi sababli chang va gazga xavfli shaxtalarda ishlatish imkoniyatini beradi. Mashinaning cho’michli ishchi organi esa turli qattiqlik va tirnovchanlikdagi tog’ jinslarini yuklash Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling