IVAN TURGENEV
«Otalar va bolalar»
84x108 1/32 320 bet, qattiq muqova
Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z davri-
da katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar”
romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining
cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon
Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish
kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Asardagi voqealar
o‘sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki
isloh etish emas, balki poydevorini tag-tugi bilan yo‘q
qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko‘rsatib beradi.
Turgenev Bazarovdagi nigilizmni (barcha narsalarni
inkor qilish) tasvirlash orqali rus yoshlariga xos salbiy
jihatlarni ham namoyon etgan. Kattalarni hurmat,
kichiklarni izzat qilishga o‘rgatuvchi ushbu asar mu-
tolaasi kitobxonga zavq baishlaydi, degan umiddamiz.
ILYA ILF, YEVGENIY PETROV
«O‘n ikki stul»
84x108 1/32 456 bet, qattiq muqova
«O‘n ikki stul» – ushbu asar 1927–1928-yillarda
yaratilgan bo‘lib, o‘tkir yumoristik romanlar qatorida
e’tirof etiladi. Asar hayotda sodir bo‘lgan voqeliklar-
ga asoslangan. Roman qahramonlari Ostap Bender
hamda Ippolit Matveyevich Petuxova xonim boylikla-
rini izlab topish maqsadida birgalikda sayohatga
otlanadilar va juda ko‘p sarguzashtlarni boshdan
kechiradilar. Ular mahoratli usta Gambs tomonidan
yaratilgan ajoyib san’at namunalari bo‘lmish o‘n ikki
stul jamlanmasini birma-bir qo‘lga kiritishga intiladi-
lar. Bu ikki hamtovoq o‘z maqsadiga erishish uchun
eng qabih jinoyatlarni amalga oshirishdan toymaydi.
O‘quvchi ushbu asar orqali jinoyat jazosiz qolmasligi
va birovning mulkiga ko‘z olaytirish qanday fojialarga
olib kelishi mumkinligini fahmlaydi.
YOHANN VOLFGANG GYOTE
Do'stlaringiz bilan baham: |