Yulduzli tunlar: roman / Pirimqul Qodirov
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Yulduzli tunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALBER KAMYU «Begona» 84x108 1/32 476 bet, qattiq muqova
- FYODOR DOSTOYEVSKIY «Jinoyat va jazo» 84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova
ABDULLA QAHHOR
«Muhabbat» 84x108 1/32, 248 bet, yumshoq muqova Abdulla Qahhorning ilk hikoyalar to‘plami 1932-yil- da chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko‘p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e’tirof etil- gan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoya lari yillar chig‘irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi. Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qay g‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qo- bil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mas- tura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga shoshilasiz. Abdulla Qahhor hikoyalarida ana shunday ohanrabo bor... ALBER KAMYU «Begona» 84x108 1/32 476 bet, qattiq muqova Alber Kamyu – XX asrning fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sifiz haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», «Begona» kabi asarlar muallifi. A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylaydi. Alber Kamyuning «Vabo» va «Begona» asarlari Ah- mad A’zam tomonidan mohirona tarjima qilingan. «Hikmatlar», «Yon daftarchalar» asarlari esa I.Bek tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. FYODOR DOSTOYEVSKIY «Jinoyat va jazo» 84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova Jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan tarkib topgan «Kamolot kutubxonasi» rukni bu gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo» romanini taqdim etadi. «Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlari- dan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega bo‘lish maq sadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling