Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tasviri


Download 39.94 Kb.
bet6/13
Sana18.11.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1784669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib hayot yo

Hokimiyat va hukmdor haqida

Yusuf Xos Hojibning davlat hokimiyati haqidagi fikr-mulohazalari dastlab bek-hukmdor qiyofasida mujassamlashadi. Uning fikricha, bek davlatning yagona hukmdori bo’lib, uning amr-irodasi barcha uchun qonundir. Bek xudoning xohishi bilan beklik mansabiga erishgan kishidir. Xudo biror kishini bek qilmoqchi bo’lsa, avval unga beklik sifatlari va fazilatlarini ato qilar emish: bek «xudo ato qilgan» oliy mansabi bilan faxrlanishi, lekin, shu bilan birga o’z zimmasidagi katta va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan amalga oshirishi kerak; bu vazifalar mamlakatni idora etish, uning osoyishtaligi va obodonchiligi uchun kurash, mamlakat ishi uchun foydali bo’lgan qonun-qoidalar ta’sis qilish va ularni amalga oshirish, ilm-ma’rifat ahllarini himoya qilish va boshqalardan iborat.

Agar bek ilmli va ma’rifatli bo’lsa, u olimlar va donishmandlar qadriga etadi, ular bilan aloqada bo’lib, o’ziga yaqin tutadi. Bek mayxo’rlik va turli fisq-fasodga berilmasligi, ulardan hazar qilishi kerak. Zeroki, baxt-saodat ham mayxo’rlik va fisq-fasoddan hazar qiladi, ulardan qochadi.

Bo’r ichmas karak bag fasod qilmasa,

Bu ikki qiliqdin qochar qut basa.

(Beg ichimlik ichmaydigan, fasod qilmaydigan kishi bo’lishi kerak. Bu ikki qilmishdan zinhor qut-baxt qochadi).

Mayxo’rlik davlat ishlariga putur etkazadi, turli nojo’ya hatti-harakatlarga sabab bo’ladi.

Shoir: bekning o’zigina davlat ishlarini boshqara olmaydi. Buning uchun yordamchilar-saroy amaldorlari, ishning ko’zini biladigan er kishilar, donishmand, oqil va kishilarga bosh bo’lgan tanlangan odamlar kerak deydi. Vazirdan tortib oshpazga qadar saroy ahllarining har birini alohida-alohida ta’riflaydi, ularning sifati, burchi va vazifalarini ko’rsatadi hamda bekka o’git berib, bularga nisbatan, bir tomondan, qattiq talabchan, ikkinchi tomondan, otalarcha g’amxo’r bo’lish lozim deydi.

Yusuf Xos Hojib bek va uning amaldorlari haqidagi fikr-mulohazalarini Kuntug’di, Oyto’ldi, O’gdulmish va O’zgurmishlar qiyofasida mujassamlashtirilib, ularni o’z davrining saroy ahliga bir namuna qilib ko’rsatishga intiladi. Kuntug’di-adolatli hukmdor, jonishmand va ezgu xulq-atvorli kishi. U o’z atrofiga Oyto’ldi, O’gdulmish va O’zg’urmish kabi fazilatli odamlarni to’playdi, ular bilan kengashadi, maslahatlashadi, mmalakatda tartib-qoida o’rnatadi, zolimlarga tanbeh berib, mazlumlarni shod qiladi. Uning bunday faoliyati go’yo ziddiyatlarga barham berib, hatto qo’y bilan bo’rini ham inoqlashtiradi


Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling