5-qadam: SonlarMassivi[i] > SonlarMassivi[j], ya’ni
SonlarMassivi[1] > SonlarMassivi[2] shartni tekshiramiz; bu shartga massiv elementlari quiymatlarini qo’ysak, 3 > 2 bo’ladi, ya’ni bu shart to’g’ridir; shu bois quyidagilarni bajaramiz:
x = SonlarMassivi[1]; // ya’ni x = 3 bo’ldi
SonlarMassivi[1] = SonlarMassivi[2]; // SonlarMassivi[1] = 2 bo’ldi
SonlarMassivi[2] = x; // SonlarMassivi[2] = 3 bo’ldi
Natijada biz kiritgan massiv { 1, 3, 2 } ko’rinishdan { 1, 2, 3 } ko’rinishga o’tdi, ya’ni massiv talab qilingan tartibga – kamaymaydigan tartibga keldi. Lekin biz algoritm bo’yicha harakat qilishda davom etamiz va keying, ya’ni 6-qadamga o’tamiz.
6-qadam: O’zgaruvchi j ning qiymatiga 1 qo’shamiz; endi j = 3 bo’ldi, chunki oldingi qiymati 2 edi.
7-qadam: Endi j < N shartni tekshiramiz, o’zgaruvchilarning joriy qiymatlarini qo’ysak, bu shart 3 < 3 bo’ladi, ya’ni noto’g’ri; demak, 5-qadamga emas, keyingi – 8-qadamga o’tamiz.
8-qadam: O’zgaruvchi i ning qiymatiga 1 qo’shamiz; endi i = 2 bo’ladi, chunki oldingi qiymati 1 edi.
9-qadam: Endi i < N – 1 shartni tekshiramiz; o’zgaruvchilarning qiymatlarini qo’ysak, bu shart 2 < 3 – 1, ya’ni 2 < 2 bo’ladi; shart bajarilmayapti, demak, hech narsa qilmasdan keying qadamga, ya’ni 10-qadamga o’tamiz.
10-qadam: Ishlov berilgan sonlar massivini chqaramiz: { 1, 2, 3 }. Xullas, massiv kamaymaydigan tartibga keltirildi va chiqarildi.
Bizning algoritmimiz { 3, 2, 1 } massivni { 1, 2, 3 } shaklga – kamaymaydigan tartibga keltirdi, demak, to’g’ri ishlamoqda.
Endi mana shu algoritm bo’yicha masalani yechish kodini yozsak bo’ladi.
4.3. Uchinchi masalani yechuvchi kodni yozish
Uchinchi masalani uchun yaratilgan formadagi (ya’ni Form4 dagi)
Do'stlaringiz bilan baham: |