Z nishanova, G. Alimova


belgilariga asoslanib, ketma-ketlikda va sistematik tarzda kechadigan


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/172
Sana16.09.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1679255
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

belgilariga asoslanib, ketma-ketlikda va sistematik tarzda kechadigan 
hodisa, faoliyatlar hisobiga, kun tartibiga qarab (ertalab — “bu 
nonushtagacha”, kun 
“kunning o ‘rtasi, ya’ni tushlik vaqti”, 
kechqurun — “onam ishdan chiqib meni olib ketadigan payt”) 
mo‘ljal oladilar. Ko‘pincha ilk yosh va kichik bog‘cha davrida vaqtni 
mo‘ljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir bo‘ladi.
Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga boruvchi 
katta yoshdagilar “Hafta kunlaridan qaysi birlarini bilasan?” degan 
savolga ko‘pincha shanba, yakshanba va dushanbani — emotsional 
boy, ular uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kunlami ataydilar 
(shanba va yakshanbani — oila a’zolari bilan biiga o‘tkazadilar; dushanba
— yana do‘stlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan 
uchrashuv kutayotgan bog‘chaga boradilar).
Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi, 
o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa 
kichik bog‘cha yoshdagilarda).
Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga 
nazar tashlash, rejalami tuzish “ertangi kun”ni, kelajakni anglamay 
turib bo‘lishi mumkin emas.
Kelgusi zamon haqidagi elementar tushunchalaming shakllanishi 
hayotning uchinchi yiliga, ya’ni “qilaman”, keyinchalik esa yanada 
aniqroq bo‘lgan “keyin”, “ertaga”, “sal turib” kabi szlaming 
paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.
Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi umumiylikni 
e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umumiylik 
bolaning dunyoni yagona vaqtli-fazoviy kompleksda aks ettira olish
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling