Z nishanova, G. Alimova


qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/172
Sana16.09.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1679255
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi.
Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishini shaxs 
rivojlanishining natijasi sifatida ko‘rishadi. U insonga tug‘ma ravishda 
berilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darhol idrok qila 
olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola uchun unga 
nisbatan harakatli, utilitar munosabat xos (rasmdagi tasvimi bolalar 
ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va h.). Biroq 
badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida namoyon bo‘la 
boshlaydi. Ta’lim va taibiya insonga xos bo‘lgan ushbu qobiliyatlaming 
rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Frantsuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtem bolalar 
tomonidan rasmlami idrok qilishning go‘yoki bir-birini to‘ldiruvchi 
va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar. 
A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 1) predmetlami 
tarqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi 
predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish 
bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem 
ham ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari 
surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda 
nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni 
izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning 
mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning 
mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta 
ahamiyatga ega.
Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati 
davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha 
yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling