24
II BOB. Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning o`zbek tilidagi muqobillari
masalasi
Tilning lug`at tarkibiga faqat so`zlar emas, balki turg`un bo`lib qolgan so`z birikmalari
ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo`lgan turg`un birikmalar frazeologizmlar, frazeologik
birikmalar yoki iboralar deb ataladi. Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi
sohasi frazeologiya
2
deyiladi. Frazeologizmlar tilning leksikasiga kirishi sababli frazeologiyaga
tilshunoslikning leksikologiya sohasiga kiruvchi bir bo`limi sifatida qaraladi.
Frazeologizmlar ikki va undan ortiq so`zlarning turg`un birikmasidir. Masalan, boshiga
ko`tarmoq, tilini bir qarich qilmoq, kovushini to`g`rilamoq, juftakni rostlamoq, olam guliston,
katta og`iz kabi.
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so`z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona
umumiy ma`no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma`noni ifodalaydi. Frazeologizmlar
badiiy adabiyotda obrazli va ta`sirchan vosita sifatida ko`p qo`llanadi
Hushyor boq to foniy umr kechadi,
Tegrangda turfa xil toshlar uchadi.
Biri qora hasad yo g`araz toshi
Biri yovuz tuhmat yo maraz toshi…
Ular sabr kosang to`ldirmoq bo`lar,
Ular umr gulin so`ldirmoq bo`lar.
Frazeologizmlar tarjima qilinar ekan, tarjima tilida asliyatdagi frazeologizmlarning
barchasiga muqobil variant topilmasligi aniq. Binobarin, muqobili topilmagan frazeologizmni
tarjima qilishda har bir holatda tarjimon alohida yo`l tutishi kerak bo`ladi. G`.Salomov: “boshqa
xalqning maqol va matalini so`zma-so`z tarjima qilishda g`oyat mohirlik va ehtiyotkorlik talab
etiladi. Aks holda, boshqa xalqning milliy tafakkur taxlitini aynan aks ettiraman deb, maqolni
quruq gapga, matalni esa suyuq birikmaga aylantirib qo`yishi hech gap emas” [73;245], - deb
ta`kidlaydi. Chindan ham, ayrim maqol va matallar, frazeologik birikmalar so`zma-so`z tarjima
qilinganda o`z qimmatini yo`qotadi, ular zamiridagi hikmat, milliy koloritga xos bo`lgan turfa
jihatlar, asosiy va ko`chma ma`nolar tarjima tilida to`la o`z aksini topa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: