Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so`zlar yordamidagina emas, balki bir
necha so`zlarning barqaror bog`lanishidan hosil bo`lgan birikmalardan ham foydalanamiz.
25
Masalan, Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko`rib,og`zim ochilib qoldi.
Bu gapda og`zim ochilib qoldi birikmasi so`zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan.
Og`iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma
sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo`lmoq leksemasi ifodalagan ma`noga teng
bo`ladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida
deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so`zlar o`zaro erkin bog`langan bo`lsa, undan oldingi so`zlar
so`zlovchi nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so`zlarning
xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir.
Ikki va undan ortiq so`zlarning o`zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq
jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo`lgan
til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1.
Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik.
2.
Ma`no butunligi.
3.
Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o`rinli foydalanish
nutq go`zalligini ta`minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko`rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o`rganuvchi tilshunoslik bo`limi paremiologiya
3
, barqaror
birikmalar lug`atini tuzish muammolarini o`rganuvchi bo`lim
esa paremiografiya
4
sanaladi.
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarning barqarorligi
belgisiga ko`ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma`no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir.
Shunga ko`ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1.
Frazeologizmlar
2.
Maqol
va matallar
3.
Aforizmlar
Frazeologizmlar uch turli bo`ladi: erkin birikmalar, turg`un birikmalar, frazeologik
chatishmalar.
Tarkibidagi bir so`z to`g`ri, ikkinchi so`z esa ko`chma ma`noda bo`lib birikkan iboralar
erkin birikmalar deyiladi:
hordiq (to`g`ri ma`noda)
chiqarmoq (ko`chma ma`noda)
, holdan
(to`g`ri ma`noda) toymoq (ko`chma ma`noda), so`zida (to`g`ri ma`noda) turmoq (ko`chma
ma`noda) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: