26
Tarkibidagi so`zlarning ma`nolari va grammatik jihati birikib umumiy ko`chma ma`no
beruvchi iboralar turg`un birikmalar deb ataladi: ko`kka ko`tarmoq (maqtamoq), eti suyakka
yopishgan (ozg`in), yuragi orqasiga tortmoq (qo`rqmoq) kabi.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so`zlar ma`no jihatdan uyg`unlashib,
mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko`pincha mazmunan bir leksemaga to`g`ri keladi va
ko`chma ma`noda ishlatiladi.
Masalan, qulog`i ding bo`lmoq – hushyor bo`lmoq, qovog`i osilmoq – xafa bo`lmoq,
og`zining tanobi qochdi – quvonmoq kabi.
Ma`no yaxlitligiga ega bo`lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so`zlarning
barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko`chma ma`nodagi
barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo`lagi vazifasida keladi. Frazeologizmlarni
tashkil etuvchi so`zlar faqat frazeologizmlarning ichki qismlari sanaladi. Gapning boshqa
bo`laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.
Masalan, Rais daladagi hosilni ko`rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga
yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: