Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari


Yarim o‘tkazgichli asboblarning qo‘llanilishi


Download 119.67 Kb.
bet11/26
Sana09.06.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1472281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

1. Yarim o‘tkazgichli asboblarning qo‘llanilishi.

Yarim o‘tkazgich asboblar bir qator afzalliklarga ega bo‘lib elektron asboblarda keng qo‘llaniladi [17].


Ularni afzalliklaridan biri elektrovakum asboblariga nisbatan yuqori ishonchlilikka egaligidir. Bundan tashqari tebranishli yuklanishlarga chidamli va kuchlanishni tarqalish qiymati kichik.
Yarim o‘tkazgichli asboblar ishonchliligini ta’minlash muammosi, ularni tashqi ta’sir etuvchi faktorlarga nisbatan doimiy bir xil ko‘rsatkichlarini olishdadir.
Masala shundaki, yarim o‘tkazgichli materiallar elektr xususiyatlari tashqi ta’sirlarga juda ham bog‘liq, birinchi navbatda haroratga.
Yarim o‘tkazgich asboblar uchun yuqori harorat ular bazasini o‘zining o‘tkazuvchanlik soxasiga o‘tish bilan aniqlanadi.
Germaniy uchun bu harorat 80-1000S gacha, kremniy uchun 150-2000S gacha, kremniy karbiti uchun 300-4000S deb aniqlangan.
Yarim o‘tkazgichlar tok va kuchlanishini ortiqcha yuklanishiga juda sezgir bo‘lib, qisqa muddatli ortiqcha kuchlanishga ham ishdan chiqadi.
Yarim o‘tkazgich asboblarning to‘satdan buzilishi o‘tish jarayonida kollektor va baza orasida kchlanishni oshib ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Ba’zi hollarda buzilishlar baza emitter orqali sodir bo‘ladigan qarshi impuls tebranishlari oqibatida ham kelib chiqadi.


2. Yarim o‘tkazgichli asboblarning buzilishi.

Yarim o‘tkazgich asboblarning buzilishi yarim o‘tkazgich material strukturasini o‘zgarishi natijasida kelib chiqishi mumkin, u asbob yig‘ilganda begona moddalarni qo‘qqis kirib qolishi natijasida bo‘ladi. Yarim o‘tkazgich asboblar ishonliligi birinchi navbatda haroratni bir holatdan boshqa holatga o‘tishiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:


to‘t=tmax+ӨPo‘r


bu yerda to‘t – haroratni bir holatdan boshqasiga o‘tishi (tranzistorlarda kollektor o‘tishdagi harorat); tmax – atrof muhit haorati yoki qobiq harorati (qat’iy chiqishli asboblarda); Po‘r – t0 o‘tishdagi o‘rtacha tarqalish kuchlanishi (tranzistorlarda – kollektor o‘tishdagi harorat); Ө - o‘tishlar orasidagi va tashqi muhitdagi issiqlik qarshiligi (yumshoq chiqishli asboblar uchun) yoki o‘tishlar orasidagi va qobiqdagi (qat’iy chiqishli asboblar uchun).
Ko‘proq ishlatiladigan tranzistorlar uchun qobiq va o‘tishlar orasidagi issiqlik qarshiligi 0=0,150S/ mvt, atrof muhit va o‘tishlar orasidagi esa 0=0,250C/mvt.
Yarim o‘tkazgichli asboblar buzilish xavfi atrof muhit xarorati va yuklanish koeffisentiga bog‘liq. Tranzistorlar buzilish xavfi diodlar buzilish xavfidan yuqori, chunki tranzistorlar ikkita o‘tishga, murakkabroq konstruksiyaga ega va chiqishlari soni ko‘p.



Download 119.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling