Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari
Download 119.67 Kb.
|
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Integral mikrosxemalar ishonchliligi.
1. Bosma platalar ishonchliligi.
Bosma plata ishonchliligini aniqlovchi ko‘rsatkichlar, dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi, xajmli va yuzaki qarshilik, bosma o‘tkazgichlar orasidagi qarshiliklar hisoblanadi [9.20] Bu belgilarga katta ta’sir ko‘rsatuvchi atrof harorati va namlik hisoblanadi. Yuqori harorat namlik sharoitida bosma platalarni bo‘lishi himoya qobig‘i qarshiligini pasayib ketishini keltirib chiqaradi. Ko‘p holllarda bu ularning buzilishiga olib keladi. Namlik metalni moszanglashiga sababa bo‘ladi, bu esa elektr zanjirida o‘zilish hosil qilishi mumkin. Platani buzilishini keltirib chiqaruvchi sababalaridan biri bosma plata sirtini qoplovchi qoplama bo‘lishi ham mumkin. Bu hodisa bosma plata yuzasida ya’ni joylashgan havo namligini ko‘payishi oqibatida sodir bo‘ladi. Unga quyidagilar sabab bo‘ladi: bosma platalar va yuza qoplamasi qarshiligi bir xil bo‘lmasligi va platada hamda qoplamada dars ketishi sodir bo‘lishi. Atmosfera bosimini pasayib ketishi Atmosfera bosimi kamayishi qattiq qoplamali dielektrik yuzasidagi kuchlanishini kamayishiga va 798-931 Pa bosimda maksimal holatga tushishi mumkin va keyin yana oshib ketadi. 8–rasm. Bosma plata qoplamasi kuchlanishini Us.o‘ yorib o‘tishining atmosfera bosimiga bog‘liqlik grafigi. Atrof xarorati ko‘tarilishi atmosfera bosimi 48 dan 103000 Pa gacha bosma platalar yuza qatlami kuchlanishi pasayishiga olib keladi. Haroratni pasayishi bosma plata yuza qoplamasi kuchlanishini oshiradi. Qiyshiq chiziqlar oralig‘i har xil bosma platalarni sinash vaqtidagi ko‘rsatkichlar tavsifini bildiradi. 2. Integral mikrosxemalar ishonchliligi. Hozirgi vaqtda 106 va undan ko‘p elementlar soniga tizimlar mavjud. Tashkil etuvchi elementlar buzilishi intensivligi qiymatlariga ko‘ra =10-6 1/ soatda qurilmani buzilishigacha bo‘lgan ishlash vaqti bir soat bo‘lishi kerak, demak qurilma ishlashga noloyiq bo‘ladi degan gap. Murakkab qurilmalarni rejimida buzilmay ishlashini qiymatini ta’minlash uchun 103–104 vaqt mobaynida 109 –1010 (1/soat bo‘lishi kerak, sxemalar va bloklar orasidagi ulanishlarni hisobga olgan holda yanada yuqori bo‘lishi kerak). Bu muammo integral mikrosxemalarni qo‘llanilishi bilan yechimini topadi. Elementlar sonini hisobga olinsa, IMS lar ishonchlilik bo‘yicha 10-30 marotaba yutuhga ega. Ishonchlilikni ta’minlash nuыtai nazariga ko‘ra bir turdagi yoki boshqa turdagi IMS larni afzalliklarini aniqlash qiyin. Gibrid integral mikrosxemalar (IMS) passiv elementlarining ko‘rsatkichlari oralig‘idagi xatoliklar yarim o‘tkazgichli IMS lardagiga nisbatan kichik bo‘ladi. Ularda talab etilgan elektr tavsiflari yaxshiligi sxemalar yaratish imkoniyati katta. Yarim o‘tkazgichli IMS larni gibrid IMS lardan asosiy afzalligi hajmining va o‘lchamlarining kichikligi. Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling