Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari
Rele va kommutasiya qurilmalar ishonchliligi
Download 119.67 Kb.
|
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Transformatorlar, drosselar va induktiv g‘altaklar ishonchliligi.
Rele va kommutasiya qurilmalar ishonchliligi .
Rele va kommutasion qurilmalar elektron texnikada qo‘llaniladi ularni doimiy buzilishlar xarakterli bo‘lgan elektromexanik elementlarga kirgizishadi. Bu elementlarni buzilish intensivligini baxolashda ushbu intensivlik taalluqli bo‘lgan vaqt davri ko‘rsatilishi shart. Rele, kontaktlar va turli xildagi ulash vositalaridagi buzilishlarning 25% ga yaqini xizmat muddatini oxirida kelib chiqadi va faqatgina 2,5% xizmat muddatini 70% ga mos bo‘lgan davrda kelib chiqadi. Bundan rele, kontaktlar va o‘chirgichlar uchun buzilishlar intensivligini ulanishning bir sikliga taalluqli bo‘ladi, ulagichlar uchun esa – bitta kotaktga. Rele ishonchliligi yuqori bo‘ladi. Rele uchun quyidagi buzilishlar odatiy hisoblanadi. a) kontakt tizimlardagi buzilishlar (buzilishlarning 56% ga yaqini) b) rele cho‘lg‘amlarida (buzilishlarning 20% ga yaqini) v) paykalarni buzilishi g) mexanik buzilishlar Eng ko‘p uchrovchi buzilishlar quyidagilar hisoblanadi: a) kuyish, kontaktlardagi tutashuvlar va ifloslanishlar. b) kontakt prujinalarini sinishi va bo‘shab qolishi, moslashishni yo‘qolishi v) cho‘lg‘am izolyasiyasini teshilishi va korpusga tegishi. Cho‘lg‘amlarni o‘ramlar orasidagi tutashuvlar va uzilishlar, ruxsat etilgan chegaralardan parametrlarni og‘ishi kontaktlarni yomon markazlanishi va prujinalardagi buzilishlar kam uchrovchi buzilishlar hisoblanadi. 2.Transformatorlar, drosselar va induktiv g‘altaklar ishonchliligi. Transformatorlar, drossellar va induktiv g‘altaklarda buzilishlar xavfi deyarli rezistorlarga o‘xshash ketma- ketlar amalga oshadi. Bunday elementlarga xarakterlilardan bo‘lib quyidagi buzilishlarni aytish mumkin: cho‘lg‘amlarni buzilishi va ko‘payishi, cho‘lg‘amlarni buzilishi va kuyishi, cho‘lag‘amlarni izolyasiyasini buzilishi, cho‘lg‘amlar va simlar o‘rtasidagi qisqa tutashuv. Transformatorlar, drossellarva g‘altaklarni ishonchliligiga elektrik rejimlar va atrof muxit harorati va namligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday maxsulotlarni buzilishlarini asosiy sabablari quyidagilardir: Birlamchi cho‘lg‘amda kuchlanishlarni oshishi Ikkilamchi cho‘lg‘amda tonni oshishi Kirish signal chastotasini turli xilligi. Transformator, drossel va induktivlik g‘altaklaridagi ko‘p sonli buzilishlarning sababi namlik xisoblanadi. Xarorat o‘zgargan sari namlik cho‘lg‘amlar orasiga o‘tadi yokiaksincha bug‘lanib ketadi namlik quyma material yoki orqali bevosita sezib o‘tishdan tashqari, cho‘lg‘amlar chiqishlari orqali xam o‘tishi mumkin. Cho‘lg‘amlar orasiga kelib tushgan namlik cho‘lg‘am o‘ramlari orasidagi izolyasiyalar qarshiligini kamaytiradi, izolyasiya teshilishiga olib keladi va suvda erigan tuzlar xisobiga elektrolit jarayon kelib chiqadi, bu namlikni kamaytiradi. Shuning uchun tranformatorlar, drossellar va induktivlik cho‘lg‘amlarni ishonchliligini oshirishda katta rolni cho‘lg‘amlarni namlik ximoyalovchi materiallar bilan to‘yintirishga va germetizasiyaga bog‘liq. Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling