24
“
Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad
asarlari misolida)” mavzusidagi kurs ishini quyidagi reja asosida yozish
tavsiya etiladi:
KURS ISHI REJASI
Kurs ishining umumiy tavsifi.
Kirish.
О’zbek tilshunosligida yasama fe’llar tadqiqi.
I. -la affiksli yasama fe’llarning o‘zbek tilidagi mavqei masalasi.
1.1.
-la affiksining ma’no va vazifalari.
1.2.
-la affiksi so‘z yasovchi sifatida.
1.3.
-la affiksi shakl hosil qiluvchi sifatida.
II. -la affiksli yasama fe’llarning analitik fe’llar bilan sinonimiyasi.
2.1. Sintetik va analitik fe’llar sinonimiyasining o‘zbek tilshunosligidagi
talqini.
2.2.
Qilmoq (etmoq, aylamoq) fe’llari bilan yasalgan qo‘shma fe’llar va
-la affiksli fe’l yasalmalar sinonimiyasi.
Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kurs ishining umumiy tavsifida “Analitik
va sintetik usulda yasalgan
fe’llar sinonimiyasi” mavzusining dolzarblik darajasi belgilanadi,
o‘rganilganlik
darajasi, maqsad va vazifalari,
tekshirish obyekti va metodi,
ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining
ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs
ishining tuzilishi va hajmi to‘g‘risida umumiy ma’lumot beriladi.
Kurs ishining
Kirish qismida “О’zbek tilshunosligida yasama fe’llar
tadqiqi” masalasiga munosabat bildirish lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida fe’llarning
yasalishi masalasi
yuzasidan
bir
qator
tadqiqotlar
o‘tkazilgan. Xususan, akademik
A.Hojiyevning “О’zbek tili so‘z yasalishi tizimi” nomli kitobida (-
Toshkent: О’qituvchi, 2007. - 167 b.) so‘z turkumlaridan ot, sifat, ravish va
fe’l yasalishi xususida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
Fe’l yasalishi masalasiga oid nazariy qarashlar A.G‘ulomovning “Fe’l”
nomli kitobida (-Toshkent: Fan, 1954. - 88 b.) ham ma’lumotlar mavjud.
25
Shuningdek, fe’l yasalishi bilan bog‘liq masalalar darslik va o‘quv
qo‘llanmalaridan ham o‘rin olgan.
Talaba kurs ishining bu qismida mavjud
adabiyotlarni sinchiklab
o‘rganish, ularni tahlil qilish asosida o‘zbek tilshunosligida fe’l yasalmalar
tadqiqi bo‘yicha o‘z xulosalarini bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: