¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

 
 
 
 
 
 
 
 



I. “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
YOZILADIGAN KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI 
 
1.1. “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS 
ISHI MAVZULARINING BELGILANISHI 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlari mavzulari 
mutaxassislik kafedrasida O‘zR DTS va fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy 
o‘quv dasturi asosida belgilanadi va avval kafedrada, so‘ngra fakultet ilmiy 
kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzularini belgilashda 
talabalarning ushbu fanga oid nazariy bilimlari va ko‘nikmalarini hamda fan 
bo‘yicha umumiy qiziqishlarini e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
Ta’limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida kurs ishlari 
mavzularini bitiruv malakaviy ishi mavzularining ma’lum bir bob 
(bo‘lim)lari bo‘yicha belgilash maqsadga muvofiq. Masalan, “O‘zbеk 
tilshunosligida ergashgan qo‘shma gaplar talqini” mavzusidagi bitiruv 
malakaviy ishining bir bobini “Hozirgi o‘zbеk adabiy tili” fani bo‘yicha 
“Ta’lim bosqichlari dastur va darsliklarida ergashgan qo‘shma gaplarning 
ilmiy talqini” mavzuidagi kurs ishi sifatida bеrish mumkin. Shuningdek, bu 
muammoni “O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi” fani bo‘yicha “Ergashgan 
qo‘shma gaplar” mavzusini o‘tishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan 
foydalanish” yoki “Ergashgan qo‘shma gaplar” mavzusini o‘tishda 
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish” mavzularidagi kurs ishi sifatida 
ham bеrish mumkin.
Albatta, ta’limda bu tarzda uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanishi 
talabaning foydali ish koeffisеntini oshirishga yordam beradi, uning mavzuni 
yanada chuqurroq va atroflicha o‘rganishiga imkon yaratadi. Bu orqali ta’lim 
jarayonida fanlar bo‘yicha mukammal kurs ishlarining bajarilishiga 
erishiladi.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzulari talabalar 
tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Talabalar kurs ishi mavzusini 
tanlashda quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi: 
1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi kundagi 
dolzarblik darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligi va 



mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalarning yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi 
lozim. 
2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasavvuri va 
nazariy bilimining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, 
bilimi, qobiliyatining yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy 
manbalarni to‘liq o‘rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e’tibor 
qaratishi lozim. 
Talaba kurs ishini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu 
bo‘yicha yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxass islik 
kafedrasiga o‘z mavzusi va uning rejasi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi 
hamda kafedra muhokamasidan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Mavzu kafedra 
tasdig‘idan o‘tgach, talaba “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan mana shu 
mavzu bo‘yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Kafedra va fakultet ilmiy kengashi tasdig‘idan o‘tgan kurs ishi 
mavzulari talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling