Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Tinchlik va insoniyat xavfsizligi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Tinchlik va insoniyat xavfsizligi  –  davlatlar, millatlar va xalqlarning 

birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi, xalqaro kelishmovchiliklarning 

oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning yagona mavjud usuli 

sifatida bahslarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish, bashariyatning barqaror va 

progressiv rivojlanishini ta’minlash va jami yer yuzi  aholisining 

manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir. 

 

JKning tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi sodir etilgan 



jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari uning Maxsus 

qismidagi mustaqil bobda jamlangan. 



Jinoyatlarning oldini olish,  ya’ni alohida me’yor sifatida huquqiy 

xulq-atvorni belgilovchi huquqiy ong darajasini shakllantirish orqali 

ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etilmasligini ta’minlash JKning muhim 

vazifasidir.  

Jinoyatlarning oldini olish umumiy va maxsus prevensiya yo‘li bilan 

amalga oshiriladi.  

1

 

Қаранг.: Устав Организации Объединенных Наций (Сан-Франциско, 26 июня 1945 г., вступил в силу 24 



октября 1945 г.; Республика Узбекистан стала членом ООН 2 марта 1992 г.). 

2

 



Қаранг.: Международный пакт о гражданских и политических правах (Принят и открыт для подписания, 

ратификации  и  присоединения  Резолюцией  2200  А  (XXI)  Генеральной  Ассамблеи  ООН  16  декабря  1966  г., 

вступил  в  силу  23  марта  1976  г.,  присоединение  Республики  Узбекистан  в  соответствии  с  Постановлением 

Олий  Мажлиса  Республики  Узбекистан  от  31  августа  1995  г.,  №  127-I,  вступил  в  силу  для  Республики 

Узбекистан 28 декабря 1995 г.). 

3

 



Қаранг.: Международный пакт об экономических, социальных и культурных правах (Принят и открыт для 

подписания, ратификации и присоединения Резолюцией 2200 А (XXI) Генеральной Ассамблеи ООН 16 декабря 

1966  г.,  вступил  в  силу  3  января  1976  г.,  присоединение  Республики  Узбекистан  в  соответствии  с 

Постановлением  Олий  Мажлиса  Республики  Узбекистан  от  31  августа  1995  г.,  №  126-I,  вступил  в  силу  для 

Республики Узбекистан 28 декабря 1995 г.). 

18 


 

                                                           



NOTA BENE ! 

Umumiy  prevensiya  –  umuman aholi tomonidan jinoyat sodir 

etilishining oldini olish, bu esa, u yoki bu xatti-harakatning sodir etilishiga 

huquqiy taqiqni belgilash bilan ham, jinoyat sodir etgan shaxslarni 

jazolash bilan ham ta’minlanadi. 

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi holatda umumiy prevensiya, 



jinoiy jazolanadigan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy 

javobgarlikka tortilishning muqarrarligini namoyish etish orqali aholiga 

ta’sir etadi. 

Umumiy prevensiyadan farqli ravishda maxsus prevensiya faqat 

aybdor shaxsga taalluqli bo‘lishi bilan birgalikda, mazkur shaxsning jinoiy 

javobgarlikka tortilishi umumogohlantirish ahamiyatiga ega bo‘ladi. 



NOTA BENE ! 

Maxsus prevensiya  –  jinoiy javobgarlikka tortilgan muayyan shaxs 

tomonidan kelajakda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining 

oldini olish. 

 

Fuqarolarni 



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 

qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash  Kodeksda alohida vazifa 

sifatida belgilangan bo‘lib, u huquqiy javobgarlikning eng og‘ir turi 

hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida u yoki bu faoliyatni 

amalga oshirishda huquqiy mexanizmlarga rioya etishni nazarda tutadi. 

Aholining huquqiy ongi, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini 

oshirish tarbiyaning mohiyatini tashkil etadi.  

Fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash 

umumiy prevensiyadan farqli ravishda muayyan xatti-harakat uchun jinoiy 

javobgarlik mavjudligini fuqarolar bilishini talab etmaydi, balki ularda 

qonunni buzishga to‘sqinlik qiluvchi faol hayotiy pozitsiyani 

shakllantiradi. Shunday qilib, fuqarolarni tarbiyalash huquqiy bo‘ysunish, 

ya’ni huquqiy qoidalarga ongli ravishda rioya etilishini ta’minlashdan 

iborat. 

19 


 

JK 2-moddasi  2-qismi  Kodeks tomonidan qo‘yilgan vazifalarni, 

xususan, quyidagilarni aniqlash orqali amalga oshirishning usul va 

uslublarini ko‘rsatib beradi: 

– jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplari; 

–jinoyat hisoblanadigan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar

–  ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan 

qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va huquqiy ta’sirning boshqa choralari. 

Kodeksning vazifalarini amalga oshirishning belgilangan usullari 

umumiy bo‘lib, ular uning tarkibiy elementlari –  Umumiy va Maxsus 

qismning bo‘lim, bob va moddalarida aniqlashtiriladi. 



4-§. Jinoyat huquqi prinsiplari 

1994 yilgi JKda birinchi marta o‘rnatilgan  jinoyat huquqining 



prinsiplari  jinoyat qonunida mustahkamlangan davlatning jinoyat-

huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir 

etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida 

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, etnik, diniy va huquqiy tasavvurlarni 

aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir.  

Jinoyat huquqining prinsiplar tizimi JKning 3-moddasida  berilgan. 

Bu  prinsiplar tizimi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining demokratik 

mohiyatini aks ettiradi va shu  bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotining 

barqarorligi va yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu bilan qonun 

chiqaruvchi tomonidan ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarni o‘zgartish, 

qo‘shimchalar kiritish, bekor qilishning hamda vakolatli davlat organlari 

tomonidan ularni qo‘llashning rahbariy asoslarini belgilab beradi. 



JKning 3-moddasi  qonunning har bir me’yorida mavjud bo‘lishi 

shart bo‘lgan qadriyatlar strukturasini aks ettiradigan o‘ziga xos andoza 

vazifasini  o‘taydi, ya’ni har qanday jinoyat-huquqiy  norma ushbu 

moddada ko‘rsatilgan yetakchi qoidalar majmuiga mos bo‘lishi lozim, aks 

holda, u Jinoyat kodeksining normasi sifatida tan olinmaydi va amalda 

qo‘llanilmaydi. 

Jinoyat kodeksi normalari tizimi va jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlari 

o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini belgilovchi huquqiy 

prinsiplardan tarkib topadi. 

20 

 


NOTA BENE ! 

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining huquqiy prinsiplari 

jinoyat-huquqiy normalarda mustahkamlangan va Jinoyat kodeksi 

vazifalaridan kelib chiqqan holda jinoiy javobgarlikning umumiy 

asoslarini, yo‘nalishini va hajmini belgilovchi tayanch g‘oyalardir. 

 

Kodeks vazifalaridan farqli o‘laroq, jinoyat to‘g‘risidagi  qonun 



hujjatlari  prinsiplari jinoyat-huquqiy siyosatning yo‘nalishini aks 

ettirmasdan, balki uni amalga oshirishning ayrim tayanch usullarini 

belgilab beradi. Aynan Kodeksning vazifalari jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlarining xususiyatlari va prinsiplar tizimini belgilab beradi. 

Prinsiplarning kodeks vazifalari bilan avvaldan belgilab qo‘yilganligi 

mazkur  g‘oyalarning rahbariy asoslar sifatidagi xususiyatiga ta’sir 

etmasligini qayd etib o‘tish lozim. Prinsiplarning bo‘lmasligi kodeks 

vazifalarini faqat deklarativ xususiyatgagina ega qilib qo‘yadi. Amaliyotda 

belgilangan  prinsiplardan chekinish ularni bajarmaslikni va jinoyat 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalarini amalga oshirmaganlikni 

bildiradi. Demak, vazifalar va prinsiplar birgalikda jinoyat-huquqiy 

tartibotning va ijtimoiy munosbatlarni himoya qilishning asosini tashkil 

etadi va aynan shuning uchun Kodeks «Jinoyat kodeksining vazifalari va 

prinsiplari» bobi bilan boshlanadi. 

Jinoyat kodeksining prinsiplari yangi huquqiy me’yorlar ishlab 

chiqish va qonunni qo‘llash amaliyotida rahbariy ahamiyatga ega umumiy 

g‘oyalardan iboratdir. Mazkur g‘oyalarning huquqiy me’yorlar shakliga 

keltirilishi ularga o‘zgacha ijtimoiy mohiyat baxsh etadi, ularni tartibga 

soluvchi ta’sirchan omillarga aylantiradi.  Qonunda aks etganidan so‘ng 

ular insonlarning huquqiy ongiga ta’sir etuvchi qonun yaratish va uning 

huquqiy qo‘llash jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan majburiy 

me’yorlar xususiyatini kasb etadi. Prinsiplarning huquqiy mohiyati 

O‘zbekistonning butun hududida ularni tushunish va qo‘llashda yagona 

yondashuvni ta’minlaydi. 

Prinsip-normalarning fuqarolarga ta’siri ularning fuqarolarni 

tarbiyalash, ularning huquqiy ongini shakllantirishiga ko‘maklashuvchi va 

21 

 


shu orqali jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy munosabatlarni sezilarli 

zarar  yetkazilishidan himoya qilishdan iboratdir. Me’yoriy-huquqiy 

prinsiplarning fuqarolarga ta’siri kodeksda belgilangan qoidalarni 

buzmaslikka da’vat qilish darajasidagi ularning huquqiy ongini 

shakllantirish va bu qoidalarga faqat davlat va jamiyat manfaatlari 

nazaridan emas, balki o‘zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda 

yoki bo‘lmasa davlat tomonidan o‘rnatilgan inson va fuqarolarning huquq 

va erkinliklarini ta’minlashning realligidan, boshqa shaxslarning huquqlari 

va erkinliklarini hurmat qilish zarurligidan kelib chiqqan holda rioya 

ettirish maqsadini ko‘zlaydi.  

Kodeksda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yetakchi 

g‘oyalarini mustahkamlovchi maxsus moddalar mavjudligi olib 

borilayotgan jinoyat-huquqiy siyosatning vazifalarini samaraliroq hal etish 

va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi. 

Huquqiy  prinsiplarning dastlabki tergov, prokuratura va sud 

idoralarining mansabdor shaxslarga ta’siri, o‘z navbatida, jinoyat 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, inson huquqlari va 

erkinliklarining himoya qilinishiga va bu boradagi  O‘zbekiston 

Respublikasi jinoyatga oid siyosatini yurg‘izishning barqarorligi va birligi, 

shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda talabchanlik va shaxsiy 

mas’uliyatni oshirishdan iboratdir. 

Qonun ijodkorligi jarayonida huquqiy prinsiplarning ta’siri  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Prinsip-normalar qonun chiqaruvchi organning qonun 

chiqarish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish 

bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy 

normalarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida qonun chiqaruvchi 

jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan rahbariy 

g‘oyalar tizimiga tayanadi. 

Huquq sohasining har biri uchun taalluqli bo‘lgan umumiy g‘oyalar 3-

moddada  keltirilgan huquq sohasining har bir tarmog‘ida inobatga 

olingan. Jinoyat kodeksi mavhum umumijtimoiy qadriyatlarni nazarda 

tutmaydi, balki aniq huquqiy hodisalarni ifodalaydi. Misol uchun, 

umumijtimoiy  prinsip  sifatida tan olingan qonuniylik prinsipining 

22 

 


mazmun-mohiyati Konstitutsiya va qonunning ustunligida aks etadi. 

Jinoyat kodeksining 4-moddasida  keltirib  o‘tilgan «sodir etilgan 

qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari 

faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi», deb mustahkamlangan normativ-

huquqiy normada jinoyat-huquqiy  prinsiplarning aniqligi alohida tavsifga 

ega ekanligini ko‘rish mumkin. 

Qonuniylik 

prinsipi Jinoyat kodeksida mustahkamlangan 

prinsiplarning tartibini boshlab beradi. Biroq, buni bir prinsipning boshqa 

bir  prinsipdan ustunligi sifatida tushunmaslik kerak. Jinoyat kodeksining 



3-moddasida  aks ettirilgan qonuniylik prinsipi har bir prinsipni bir-biri 

bilan bog‘lab, to‘ldirib turadi. Qonunda prinsiplar tizimini qo‘llash jinoyat-

huquqiy normada ifodalangan aniq ijtimoiy  xavfli qilmishga nisbatan 

alohida olingan prinsip elementlarini qo‘llash holatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Qanchalik muhim bo‘lmasin, Jinoyat kodeksi faqat birgina prinsipga 

tayanib qolishi mumkin emas, zero, u oldiga qo‘yilgan har bir masalani 

yechib bera olmaydi. Tizimning ta’sir doirasi Jinoyat kodeksida keltirilgan 

barcha prinsiplarning harakatida aks etadi. 



5-§. Qonuniylik prinsipi 

Qonuniylikka rioya etish majburiyligi O‘zbekiston Respublikasining 

asosiy qonunida qayd etilganidek, «Konstitutsiya va qonunlarning 

ustunligi so‘zsiz tan olinadi» (Konstitutsiyaning 15-moddasi 1-qismi)

1



1



 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

23 


 

                                                           



Konstitutsiyaning 14-moddasiga asosan

1

, qonuniylik prinsipi davlat 



faoliyatining eng asosiy prinsipi hisoblanib, ushbu konstitutsiyaviy 

qoidalar Jinoyat kodeksining boshlang‘ich asosi sifatida qonuniylik 

prinsipida  o‘rnatilgan hamda u Konstitutsiyaning 16-moddasiga asosan

2



O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalari va prinsiplariga zid 

kelmasligi lozim.  

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qonuniylik  prinsipi  tor 

yo‘nalishda ifodalangan bo‘lib, asosan JK vazifalariga nisbatan qo‘llashga 

mos holda talqin qilinadi. JKning 4-moddasida  ushbu  prinsip 

quyidagicha belgilangan: «Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga 

sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan 

belgilanadi. 

Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib, jinoyat sodir qilishda aybli 

deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. 

Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan 

huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi». 

Umumhuquqiy sohaning asosi bo‘lgan qonuniylik prinsipidan farqli 

ravishda kodeksdagi ushbu prinsip, avvalambor, jinoyat, jazo va boshqa 

huquqiy choralarning qo‘llanilishi faqat Jinoyat kodeksi asosidagina 

tartibga solinishini anglatadi. Qonuniylik prinsipiga jinoyat-huquqiy 

yondashuvning ko‘rinishi sifatida aybsizlik prezumpsiyasi va aybdor 

shaxsning huquqiy maqomini ko‘rsatish mumkin. 



Qonuniylik  prinsipi jinoyat-huquqiy ma’noda quyidagilarni 

anglatadi: 

–  faqat Jinoyat kodeksigina qanday qilmish jinoyat sifatida tan 

olinishini, aybdorga qanday jazo qo‘llash (uning turi, chegarasi va 

tayinlash tartibi) va jinoyat sodir qilish, jazodan tashqari, yana qanday 

boshqa huquqiy oqibatlar tug‘dirishi mumkinligini belgilaydi (nullum 

crimen sine lege); 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 

1

 

Ўша жойда.  



2

 

Ўша жойда. 



24 

 

                                                                                                                                                                                                 



–  faqat sudning hukmiga va mutlaqo qonunga asosan shaxs jinoyat 

sodir etgan deb topilishi va jazolanishi mumkin; 

–  ayblanuvchining huquqiy holati faqatgina qonun bilan tartibga 

solinadi. 

«Nullum crimen sine lege» prinsipi qonuniylikning jinoyat-huquqiy 

prinsipi uchun asosiy va an’anaviy prinsip hisoblanib, u aynan qonun bilan 

taqiqlangan xatti-harakatgina jinoyat ekanligini anglatadi. Biroq «nullum 

crimen sine lege» prinsipi  o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra yanada kengroq 

va boy bo‘lib, quyidagi bir necha jihatlarni qamrab oladi: 

–  shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqiy asos bo‘ladigan 

va uning huquqiy oqibatlarini belgilab beradigan qonunchilik manbalari; 

–  shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish shartlari va bundan kelib 

chiqadigan huquqiy oqibatlar. 

Qonuniylik  prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish va uning 

huquqiy oqibatlarini aniqlashda qonunchilik hujjatlari turlarining tartibga 

solinishini nazarda tutadi. Demak, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, 

unga jazo tayinlash va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash faqat 

O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksi bilangina belgilanadi. Bu har 

qanday boshqa qonun  hujjati qo‘llanishi istisno etiladi, demakdir. Bu 

talabda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari faqat Jinoyat kodeksidan 

iboratdir deb ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat 

kodeksining 1-moddasi talablariga to‘la mos keladi. 

Shunday qilib, qonuniylik  prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka 

tortishda jinoyat qonunining aniq va yagona shaklini o‘rnatib, uning 

yuridik va boshqa huquqiy oqibatlarini tartibga soladi. Jinoyat qonunida 

ko‘rsatilmagan har qanday boshqa qilmish uchun jinoiy javobgarlikka 

tortilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Jinoyat huquqida analogiya institutining yo‘qligi sababli amaliyotda 

paydo bo‘lgan har qanday yangi ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat kodeksiga 

kiritilmagunga qadar jinoyat deb topilmaydi. 

Qonuniylik  prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini 

belgilashda namoyon bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shaxs jinoiy 

javobgarlikka sodir etgan muayyan qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) 

25 


 

uchungina tortilib, uning fikri va qarashlari jinoiy javobgarlikka tortishga 

asos bo‘la olmaydi. Jinoyat kodeksi 4-moddasi 1-qismida  qonuniylik 

prinsipi haqida to‘xtalib, jinoyat va jazo faqat harakat yoki harakatsizlik 

orqali sodir etilishi nazarda tutilgan. Qonuniylik prinsipining ushbu 

qoidasi  O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi (29-modda)

1

, Xalqaro 



huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplari, Inson huquqlari 

umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 

xalqaro paktda (15-modda) ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga to‘la mos keladi. 

Shuningdek, qonuniylik prinsipi u yoki bu xatti-harakatni jinoyat 

sifatida qabul qilish va jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat 

qonunida mustahkamlaydi. Jinoiy qilmish shaxsning harakati va 

harakatsizligi bilan tavsiflanadi. 

Qilmishning jinoiyligi  uni ijtimoiy xavfli deb baholash uchun asos 

bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikning tarkibi bilan ifodalanadi. Jinoiy 

qilmishning ijtimoiy xavfliligi oqibatida Jinoyat kodeksi bilan 

himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetgan yoki yetishi mumkin 

bo‘lgan zarar darajasida ifodalanadi. 

Qilmishda jinoiylik xususiyatining mavjud emasligi shaxsni jinoiy 

javobgarlikka tortmaslikka asos bo‘ladi. Masalan: shaxsning qandaydir 

shartnoma sharti majburiyatini bajarmaganligini asos qilib ozodlikdan 

1

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 12 б. 

26 


 

                                                           



mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

1

. Shunga o‘xshash qoida MDHning 



Inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi Konvensiyasida ham o‘z 

ifodasini topgan.  

Qilmishni jinoiy deb topish uchun boshlang‘ich nuqta sifatida, uni 

ijtimoiy munosabatlar uchun xavfliligini aniqlash hisoblanadi, ya’ni 

jinoyat qonuni ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lishi lozim: agar harakat, ijtimoiy 

hayot talabidan kelib chiqib, yetarli darajadagi va xususiyatdagi xavflilikni 

tashkil qilmasa, u jinoiylik xususiyatini yo‘qotadi va Jinoyat kodeksidan 

chiqarilishi shart. 

Qilmishning jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar ham 

jinoyat qonunida belgilanishi qonuniylik prinsipining  o‘ziga xos 

ko‘rinishini tashkil qiladi.  


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling