Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Tinchlik va insoniyat xavfsizligi
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatlarning oldini olish
- NOTA BENE ! Umumiy prevensiya
- NOTA BENE ! Maxsus prevensiya
- 4-§. Jinoyat huquqi prinsiplari
- NOTA BENE ! Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining huquqiy prinsiplari
- 5-§. Qonuniylik prinsipi
- Qonuniylik prinsipi jinoyat-huquqiy ma’noda quyidagilarni anglatadi
Tinchlik va insoniyat xavfsizligi – davlatlar, millatlar va xalqlarning birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi, xalqaro kelishmovchiliklarning oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning yagona mavjud usuli sifatida bahslarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish, bashariyatning barqaror va progressiv rivojlanishini ta’minlash va jami yer yuzi aholisining manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
JKning tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari uning Maxsus qismidagi mustaqil bobda jamlangan. Jinoyatlarning oldini olish, ya’ni alohida me’yor sifatida huquqiy xulq-atvorni belgilovchi huquqiy ong darajasini shakllantirish orqali ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etilmasligini ta’minlash JKning muhim vazifasidir. Jinoyatlarning oldini olish umumiy va maxsus prevensiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
октября 1945 г.; Республика Узбекистан стала членом ООН 2 марта 1992 г.). 2
Қаранг.: Международный пакт о гражданских и политических правах (Принят и открыт для подписания, ратификации и присоединения Резолюцией 2200 А (XXI) Генеральной Ассамблеи ООН 16 декабря 1966 г., вступил в силу 23 марта 1976 г., присоединение Республики Узбекистан в соответствии с Постановлением Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 31 августа 1995 г., № 127-I, вступил в силу для Республики Узбекистан 28 декабря 1995 г.). 3
Қаранг.: Международный пакт об экономических, социальных и культурных правах (Принят и открыт для подписания, ратификации и присоединения Резолюцией 2200 А (XXI) Генеральной Ассамблеи ООН 16 декабря 1966 г., вступил в силу 3 января 1976 г., присоединение Республики Узбекистан в соответствии с Постановлением Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 31 августа 1995 г., № 126-I, вступил в силу для Республики Узбекистан 28 декабря 1995 г.). 18
NOTA BENE ! Umumiy prevensiya – umuman aholi tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish, bu esa, u yoki bu xatti-harakatning sodir etilishiga huquqiy taqiqni belgilash bilan ham, jinoyat sodir etgan shaxslarni jazolash bilan ham ta’minlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi holatda umumiy prevensiya, jinoiy jazolanadigan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishning muqarrarligini namoyish etish orqali aholiga ta’sir etadi. Umumiy prevensiyadan farqli ravishda maxsus prevensiya faqat aybdor shaxsga taalluqli bo‘lishi bilan birgalikda, mazkur shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishi umumogohlantirish ahamiyatiga ega bo‘ladi. NOTA BENE ! Maxsus prevensiya – jinoiy javobgarlikka tortilgan muayyan shaxs tomonidan kelajakda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash Kodeksda alohida vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, u huquqiy javobgarlikning eng og‘ir turi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida u yoki bu faoliyatni amalga oshirishda huquqiy mexanizmlarga rioya etishni nazarda tutadi. Aholining huquqiy ongi, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish tarbiyaning mohiyatini tashkil etadi. Fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash umumiy prevensiyadan farqli ravishda muayyan xatti-harakat uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini fuqarolar bilishini talab etmaydi, balki ularda qonunni buzishga to‘sqinlik qiluvchi faol hayotiy pozitsiyani shakllantiradi. Shunday qilib, fuqarolarni tarbiyalash huquqiy bo‘ysunish, ya’ni huquqiy qoidalarga ongli ravishda rioya etilishini ta’minlashdan iborat. 19
JK 2-moddasi 2-qismi Kodeks tomonidan qo‘yilgan vazifalarni, xususan, quyidagilarni aniqlash orqali amalga oshirishning usul va uslublarini ko‘rsatib beradi: – jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplari; –jinoyat hisoblanadigan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar; – ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va huquqiy ta’sirning boshqa choralari. Kodeksning vazifalarini amalga oshirishning belgilangan usullari umumiy bo‘lib, ular uning tarkibiy elementlari – Umumiy va Maxsus qismning bo‘lim, bob va moddalarida aniqlashtiriladi. 4-§. Jinoyat huquqi prinsiplari 1994 yilgi JKda birinchi marta o‘rnatilgan jinoyat huquqining prinsiplari jinoyat qonunida mustahkamlangan davlatning jinoyat- huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, etnik, diniy va huquqiy tasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqining prinsiplar tizimi JKning 3-moddasida berilgan. Bu prinsiplar tizimi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining demokratik mohiyatini aks ettiradi va shu bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotining barqarorligi va yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu bilan qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarni o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritish, bekor qilishning hamda vakolatli davlat organlari tomonidan ularni qo‘llashning rahbariy asoslarini belgilab beradi. JKning 3-moddasi qonunning har bir me’yorida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan qadriyatlar strukturasini aks ettiradigan o‘ziga xos andoza vazifasini o‘taydi, ya’ni har qanday jinoyat-huquqiy norma ushbu moddada ko‘rsatilgan yetakchi qoidalar majmuiga mos bo‘lishi lozim, aks holda, u Jinoyat kodeksining normasi sifatida tan olinmaydi va amalda qo‘llanilmaydi. Jinoyat kodeksi normalari tizimi va jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini belgilovchi huquqiy prinsiplardan tarkib topadi. 20
NOTA BENE ! Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining huquqiy prinsiplari jinoyat-huquqiy normalarda mustahkamlangan va Jinoyat kodeksi vazifalaridan kelib chiqqan holda jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini, yo‘nalishini va hajmini belgilovchi tayanch g‘oyalardir.
Kodeks vazifalaridan farqli o‘laroq, jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prinsiplari jinoyat-huquqiy siyosatning yo‘nalishini aks ettirmasdan, balki uni amalga oshirishning ayrim tayanch usullarini belgilab beradi. Aynan Kodeksning vazifalari jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining xususiyatlari va prinsiplar tizimini belgilab beradi. Prinsiplarning kodeks vazifalari bilan avvaldan belgilab qo‘yilganligi mazkur g‘oyalarning rahbariy asoslar sifatidagi xususiyatiga ta’sir etmasligini qayd etib o‘tish lozim. Prinsiplarning bo‘lmasligi kodeks vazifalarini faqat deklarativ xususiyatgagina ega qilib qo‘yadi. Amaliyotda belgilangan prinsiplardan chekinish ularni bajarmaslikni va jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalarini amalga oshirmaganlikni bildiradi. Demak, vazifalar va prinsiplar birgalikda jinoyat-huquqiy tartibotning va ijtimoiy munosbatlarni himoya qilishning asosini tashkil etadi va aynan shuning uchun Kodeks «Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari» bobi bilan boshlanadi. Jinoyat kodeksining prinsiplari yangi huquqiy me’yorlar ishlab chiqish va qonunni qo‘llash amaliyotida rahbariy ahamiyatga ega umumiy g‘oyalardan iboratdir. Mazkur g‘oyalarning huquqiy me’yorlar shakliga keltirilishi ularga o‘zgacha ijtimoiy mohiyat baxsh etadi, ularni tartibga soluvchi ta’sirchan omillarga aylantiradi. Qonunda aks etganidan so‘ng ular insonlarning huquqiy ongiga ta’sir etuvchi qonun yaratish va uning huquqiy qo‘llash jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan majburiy me’yorlar xususiyatini kasb etadi. Prinsiplarning huquqiy mohiyati O‘zbekistonning butun hududida ularni tushunish va qo‘llashda yagona yondashuvni ta’minlaydi. Prinsip-normalarning fuqarolarga ta’siri ularning fuqarolarni tarbiyalash, ularning huquqiy ongini shakllantirishiga ko‘maklashuvchi va 21
shu orqali jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy munosabatlarni sezilarli zarar yetkazilishidan himoya qilishdan iboratdir. Me’yoriy-huquqiy prinsiplarning fuqarolarga ta’siri kodeksda belgilangan qoidalarni buzmaslikka da’vat qilish darajasidagi ularning huquqiy ongini shakllantirish va bu qoidalarga faqat davlat va jamiyat manfaatlari nazaridan emas, balki o‘zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda yoki bo‘lmasa davlat tomonidan o‘rnatilgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning realligidan, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish zarurligidan kelib chiqqan holda rioya ettirish maqsadini ko‘zlaydi. Kodeksda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yetakchi g‘oyalarini mustahkamlovchi maxsus moddalar mavjudligi olib borilayotgan jinoyat-huquqiy siyosatning vazifalarini samaraliroq hal etish va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi. Huquqiy prinsiplarning dastlabki tergov, prokuratura va sud idoralarining mansabdor shaxslarga ta’siri, o‘z navbatida, jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, inson huquqlari va erkinliklarining himoya qilinishiga va bu boradagi O‘zbekiston Respublikasi jinoyatga oid siyosatini yurg‘izishning barqarorligi va birligi, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda talabchanlik va shaxsiy mas’uliyatni oshirishdan iboratdir. Qonun ijodkorligi jarayonida huquqiy prinsiplarning ta’siri alohida ahamiyat kasb etadi. Prinsip-normalar qonun chiqaruvchi organning qonun chiqarish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy normalarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida qonun chiqaruvchi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan rahbariy g‘oyalar tizimiga tayanadi. Huquq sohasining har biri uchun taalluqli bo‘lgan umumiy g‘oyalar 3-
olingan. Jinoyat kodeksi mavhum umumijtimoiy qadriyatlarni nazarda tutmaydi, balki aniq huquqiy hodisalarni ifodalaydi. Misol uchun, umumijtimoiy prinsip sifatida tan olingan qonuniylik prinsipining 22
mazmun-mohiyati Konstitutsiya va qonunning ustunligida aks etadi. Jinoyat kodeksining 4-moddasida keltirib o‘tilgan «sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi», deb mustahkamlangan normativ- huquqiy normada jinoyat-huquqiy prinsiplarning aniqligi alohida tavsifga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Qonuniylik prinsipi Jinoyat kodeksida mustahkamlangan prinsiplarning tartibini boshlab beradi. Biroq, buni bir prinsipning boshqa bir prinsipdan ustunligi sifatida tushunmaslik kerak. Jinoyat kodeksining 3-moddasida aks ettirilgan qonuniylik prinsipi har bir prinsipni bir-biri bilan bog‘lab, to‘ldirib turadi. Qonunda prinsiplar tizimini qo‘llash jinoyat- huquqiy normada ifodalangan aniq ijtimoiy xavfli qilmishga nisbatan alohida olingan prinsip elementlarini qo‘llash holatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Qanchalik muhim bo‘lmasin, Jinoyat kodeksi faqat birgina prinsipga tayanib qolishi mumkin emas, zero, u oldiga qo‘yilgan har bir masalani yechib bera olmaydi. Tizimning ta’sir doirasi Jinoyat kodeksida keltirilgan barcha prinsiplarning harakatida aks etadi. 5-§. Qonuniylik prinsipi Qonuniylikka rioya etish majburiyligi O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonunida qayd etilganidek, «Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi» (Konstitutsiyaning 15-moddasi 1-qismi) 1 .
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 23
Konstitutsiyaning 14-moddasiga asosan 1 , qonuniylik prinsipi davlat faoliyatining eng asosiy prinsipi hisoblanib, ushbu konstitutsiyaviy qoidalar Jinoyat kodeksining boshlang‘ich asosi sifatida qonuniylik prinsipida o‘rnatilgan hamda u Konstitutsiyaning 16-moddasiga asosan 2 , O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalari va prinsiplariga zid kelmasligi lozim. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qonuniylik prinsipi tor yo‘nalishda ifodalangan bo‘lib, asosan JK vazifalariga nisbatan qo‘llashga mos holda talqin qilinadi. JKning 4-moddasida ushbu prinsip quyidagicha belgilangan: «Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib, jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi». Umumhuquqiy sohaning asosi bo‘lgan qonuniylik prinsipidan farqli ravishda kodeksdagi ushbu prinsip, avvalambor, jinoyat, jazo va boshqa huquqiy choralarning qo‘llanilishi faqat Jinoyat kodeksi asosidagina tartibga solinishini anglatadi. Qonuniylik prinsipiga jinoyat-huquqiy yondashuvning ko‘rinishi sifatida aybsizlik prezumpsiyasi va aybdor shaxsning huquqiy maqomini ko‘rsatish mumkin. Qonuniylik prinsipi jinoyat-huquqiy ma’noda quyidagilarni anglatadi: – faqat Jinoyat kodeksigina qanday qilmish jinoyat sifatida tan olinishini, aybdorga qanday jazo qo‘llash (uning turi, chegarasi va tayinlash tartibi) va jinoyat sodir qilish, jazodan tashqari, yana qanday boshqa huquqiy oqibatlar tug‘dirishi mumkinligini belgilaydi (nullum crimen sine lege); Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 1
2
Ўша жойда. 24
– faqat sudning hukmiga va mutlaqo qonunga asosan shaxs jinoyat sodir etgan deb topilishi va jazolanishi mumkin; – ayblanuvchining huquqiy holati faqatgina qonun bilan tartibga solinadi. «Nullum crimen sine lege» prinsipi qonuniylikning jinoyat-huquqiy prinsipi uchun asosiy va an’anaviy prinsip hisoblanib, u aynan qonun bilan taqiqlangan xatti-harakatgina jinoyat ekanligini anglatadi. Biroq «nullum crimen sine lege» prinsipi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra yanada kengroq va boy bo‘lib, quyidagi bir necha jihatlarni qamrab oladi: – shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqiy asos bo‘ladigan va uning huquqiy oqibatlarini belgilab beradigan qonunchilik manbalari; – shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish shartlari va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar. Qonuniylik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish va uning huquqiy oqibatlarini aniqlashda qonunchilik hujjatlari turlarining tartibga solinishini nazarda tutadi. Demak, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, unga jazo tayinlash va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilangina belgilanadi. Bu har qanday boshqa qonun hujjati qo‘llanishi istisno etiladi, demakdir. Bu talabda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari faqat Jinoyat kodeksidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1-moddasi talablariga to‘la mos keladi. Shunday qilib, qonuniylik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat qonunining aniq va yagona shaklini o‘rnatib, uning yuridik va boshqa huquqiy oqibatlarini tartibga soladi. Jinoyat qonunida ko‘rsatilmagan har qanday boshqa qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat huquqida analogiya institutining yo‘qligi sababli amaliyotda paydo bo‘lgan har qanday yangi ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat kodeksiga kiritilmagunga qadar jinoyat deb topilmaydi. Qonuniylik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini belgilashda namoyon bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shaxs jinoiy javobgarlikka sodir etgan muayyan qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) 25
uchungina tortilib, uning fikri va qarashlari jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi. Jinoyat kodeksi 4-moddasi 1-qismida qonuniylik prinsipi haqida to‘xtalib, jinoyat va jazo faqat harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etilishi nazarda tutilgan. Qonuniylik prinsipining ushbu qoidasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (29-modda) 1 , Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (15-modda) ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga to‘la mos keladi. Shuningdek, qonuniylik prinsipi u yoki bu xatti-harakatni jinoyat sifatida qabul qilish va jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat qonunida mustahkamlaydi. Jinoiy qilmish shaxsning harakati va harakatsizligi bilan tavsiflanadi.
bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikning tarkibi bilan ifodalanadi. Jinoiy qilmishning ijtimoiy xavfliligi oqibatida Jinoyat kodeksi bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetgan yoki yetishi mumkin bo‘lgan zarar darajasida ifodalanadi. Qilmishda jinoiylik xususiyatining mavjud emasligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikka asos bo‘ladi. Masalan: shaxsning qandaydir shartnoma sharti majburiyatini bajarmaganligini asos qilib ozodlikdan 1
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 12 б. 26
mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi 1 . Shunga o‘xshash qoida MDHning Inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi Konvensiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Qilmishni jinoiy deb topish uchun boshlang‘ich nuqta sifatida, uni ijtimoiy munosabatlar uchun xavfliligini aniqlash hisoblanadi, ya’ni jinoyat qonuni ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lishi lozim: agar harakat, ijtimoiy hayot talabidan kelib chiqib, yetarli darajadagi va xususiyatdagi xavflilikni tashkil qilmasa, u jinoiylik xususiyatini yo‘qotadi va Jinoyat kodeksidan chiqarilishi shart. Qilmishning jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar ham jinoyat qonunida belgilanishi qonuniylik prinsipining o‘ziga xos ko‘rinishini tashkil qiladi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling