Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


JKning 7-moddasi  –  insonparvarlik  prinsipi inson, uning hayoti, 

erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat 

hisoblanishi mustahkamlangan Konstitutsiyaning 13-moddasi

1

 mazmunini 



aks ettiradi. Ayni paytda ushbu modda konstitutsiyaviy normaning Jinoyat 

kodeksidagi takrori hisoblanmaydi, balki jinoyat-huquqiy 

munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. 

Jinoyat kodeksida mazkur prinsipning mohiyati muayyan shaxslarga 

nisbatan (jinoyat sodir etgan) jazo tayinlash yoki boshqa ta’sir choralarini 

qo‘llashda namoyon bo‘lib, kodeksning ushbu qoidasi boshqa qoidalar 

1

 

Ўша жойда 7-б 



36 

 

                                                           



kabi real, ijtimoiy hayotda asoslangan va amaliy ijrosi mavjud bo‘lishi 

kerak. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash instituti ushbu 

tavsifga mos keladi. Jinoyat huquqidagi insonparvarlik prinsipi jinoyat 

sodir etgan shaxs bilan munosabatga kirishilganda o‘z mohiyatini 

namoyon etishi jahon amaliyotida tan olingan. 

JKning 7-moddasi  tarkibiy tuzilishi mazmuni insonparvarlik 

prinsipini jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan izchil mustahkamlashga 

bo‘ysundirilgan bo‘lib, jamiyat va davlatning ushbu shaxsga nisbatan jazo 

va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashida namoyon bo‘ladi. 

Moddaning bunday konstruksiyasi huquqni qo‘llash faoliyatidagi birlikni 

ta’minlash va jinoyat huquqi sohasida qonun ijodkorligining istiqbolini 

belgilashda katta ahamiyatga ega. 

JKning 7-moddasi 1-  va 2-qismlari  jazo va boshqa huquqiy ta’sir 

choralarini qo‘llashning umumiy asoslarini o‘rnatgan holda ularning 

mohiyatini aniqlaydi. Bunda jazo va boshqa ta’sir choralarining shaxsga 

nisbatan qo‘llanilishi negativ va pozitiv uslublarda ko‘rinadi: 

–  jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki 

inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi; 

–  jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan chora uning yana 

qayta jinoyat sodir etishining oldini olishi zarur. 

Jinoyat kodeksidagi ushbu prinsip  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi (26-modda, 2-qism)

1

  hamda umume’tirof etilgan xalqaro 



huquq normalariga muvofiq, shaxsga nisbatan jazo va boshqa ta’sir 

choralarini qo‘llash bilan unga jismoniy azob berish yoki ruhiy ta’sir 

o‘tkazishni maqsad qilmaydi. 

JK 7-moddasidagi jismoniy azob berish va inson qadr-qimmatini 

kamsitish  deganda, jismoniy va ruhiy xususiyatdagi har qanday azob 

emas, balki faqat jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llash 

mohiyatidan kelib chiqmaydigan yoki tasodifan kelib chiqadiganlarini 

anglash lozim. Keltirilgan modda qoidalariga muvofiq, jazo va boshqa 

huquqiy ta’sir choralari ortiqcha azob va kamsitishlarni keltirib 

chiqarmasligi kerak, chunki bunday harakatlar shaxsning o‘z hayot 

1

 

Ўша жойда 11-б 



37 

 

                                                           



faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga putur yetkazadi.  O‘zbekiston 

Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga binoan jazo jinoyat 

sodir etgan shaxsdan o‘ch olish maqsadida emas, balki kodeksning 

insonparvarlik  g‘oyalariga tayanib, uni tarbiyalash va jamiyatga 

qaytarishni ko‘zda tutadi. 

Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash unga jismoniy 

azob berish yoki qadr-qimmatini kamsitishni nazarda tutmasdan uning 

qayta tarbiyalanishi  va yangi jinoyat sodir etmasligi uchun zarur va yetarli 

ta’sir choralari insonparvarlik prinsipining mohiyatini belgilaydi. 

Zarurlik va yetarlilik  –  bu jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi 

tayinlashning muhim ikki belgisi hisoblanib, biri eng kam miqdorni, 

boshqasi eng ko‘p miqdorni ko‘rsatadi. 



Jazo tayinlashning zarurligi  sodir etilgan jinoyatga nisbatan 

qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo turi va miqdorini belgilashda namoyon 

bo‘lib, u sodir qilingan jinoyatga nisbatan umumiy xususiyatga ega. 

Jazoning  yetarliligi  jinoyat sodir etgan shaxsni tarbiyalash uchun 

zarur bo‘lgan jazo turi va miqdorining eng kamini tanlashda namoyon 

bo‘ladi. Jazo tayinlashning yetarliligi aniqroq xususiyatga ega bo‘lib, 

shaxs va u sodir qilgan muayyan jinoyatning xususiyatlarini hisobga oladi. 

Jazo tayinlashning zarurliligi va yetarliligi qoidasiga har bir holatda 

qat’iy rioya qilinishi lozim. Xususan, hukm chiqarishda sud insonparvarlik 

prinsipini nazarda tutgan holda qonun talab qilgan jazo tayinlashning 

umumiy asoslariga qat’iy rioya qilishi lozim. 

Jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonunchilikni 

qo‘llashda sudlar u yoki bu jazoni tayinlashning sabablarini hukmning 

tavsif qismida bayon qilinishi lozimligini nazarda tutgan holda 

O‘zbekiston  Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan 

jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qaroriga rioya 

qilishlari lozim.  

JKning 56-moddasida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiradigan 

holatlar ro‘yxati tugallangan bo‘lib, u kengaytirilgan holda sharhlanishi 

mumkin emas. Jazoni yengillashtiruvchi  holatlar ro‘yxati esa sud 

tomonidan muayyan ishning holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif 

38 

 


qismida asoslantirgan holda kengaytirilishi mumkin. Ya’ni jazo 

tayinlanganda sud qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan holatlarni 

ham 

yengillashtiruvchi 



holat deb topishi mumkin. Jinoyatni 

kvalifikatsiyalovchi belgilar qonunda nazarda tutilgan tartibda muddati 

tugallangan va olib tashlangan aybni og‘irlashtiruvchi holat sifatida talqin 

qilinishi mumkin emas. Hukmda jazo aybdorning shaxsi hisobga olingan 

holda tayinlanganligi ko‘rsatib o‘tilishi yetarli emas. 

Shaxsning xavfli retsidivist deb topilishi bir qator jinoyatlarning 

kvalifikatsiyalovchi belgisi bo‘lib, u og‘irroq jazo choralarini qo‘llashga 

asos bo‘ladi. Ammo shaxsni xavfli retsidivist deb topishda dastlabki tergov 

organlari aybloviga asoslanadi va hukmning tavsif qismida ushbu motiv 

bayon qilinadi

1



JK 7-moddasi 3-qismi  sud organlarining sodir etilgan jinoyatga 



nisbatan muayyan jazo chorasini tanlash tizimini mustahkamlaydi. 

Insonparvarlik  prinsipining asl mohiyatini, xususan, huquqni qo‘llash 

jarayonida jazoning muqarrarligi va yetarliligini ko‘zda tutadi. 

JK 7-moddasi 3-qismiga  ko‘ra, og‘ir jazo choralari yengil  jazo 

choralari bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina 

qo‘llaniladi. Sudlar jazo tayinlash paytida ushbu qoidaga e’tibor bergan 

holda, Jinoyat kodeksining maxsus qismiga murojaat etishlari lozim. 

Jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan 

shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo 

tayinlashda qonunda belgilangan barcha imkoniyatdan foydalanishlari 

lozim. 


Insonparvarlik  prinsipi Jinoyat kodeksining barcha normalariga 

singdirilgan. Bu holat ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan 

ta’sir choralarida, jazo tizimida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, bunda 

shaxslarni jazodan ozod qilish instituti, ya’ni muomalaga layoqatsiz va 

boshqacha qilib aytganda, o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishning 

mohiyatini anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov 

choralarini qo‘llash  ham nazarda tutilgan. Umumlashtirib aytadigan 

1

 



Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2006  йил  3  февралдаги  "Судлар  томонидан  жазо 

тайинлаш  амалиёти  тўғрисида"ги  1-сонли  қарори  //  Ўзбекистон  Республикаси  олий  суди  Пленуми  қарорлари 

тўплами. - 1991 - 2006, 2-жилд. - Т.: "O'qituvchi", 2007. – 225-229-б. (Бундан кейин  - Тўплам, 2-жилд). 

39 


 

                                                           



bo‘lsak, amnistiya va afv etish institutlari ham insonparvarlik prinsipining 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodasidir. 

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mazkur prinsip  og‘ishmay 

amalga oshirilayotganligi haqida so‘nggi paytlarda amaldagi Jinoyat 

kodeksiga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlar ham dalolat beradi: 

–  jazoni  yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan shartli 

ravishda ozod qilish qoidalari soddalashtirildi

1



–  jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda qayta 

tarbiyalash imkoniyati sifatida iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash ko‘lami 

kengaytirildi; 

–  jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosi olib tashlandi va umrbod 

ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi

2

 (shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 



o‘lim jazosi bekor qilingunga qadar ushbu jazo faqat ikki holatdagina 

tayinlanishi mumkin edi: og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam 

o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari, shuningdek, qonunda o‘lim jazosi 

ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga 

nisbatan qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan edi). 

9-§. Odillik prinsipi 

Odillik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-, 18-

moddalarida mustahkamlangan bo‘lib

3

, xalqaro huquq tamoyillaridan biri 



1

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  2001  йил  29  августдаги  “Жиноий  жазоларнинг 

либераллаштирилиши  муносабати  билан  ўзбекистон  республикаси  жиноят,  жиноят-процессуал  кодекслари 

ҳамда маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш ҳақида” ги 254-11 

сон Қонуни. 

2

 



Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги “Ўлим жазоси бекор қилиниши муносабати 

билан  ўзбекистон  республикасининг  айрим  қонун  ҳужжатларига  ўзгартиш  ва  қўшимчалар  киритиш 

тўғрисида”ги ЎРҚ-99 сон қонуни 

3

 



Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

40 

 

                                                           



sifatida e’tirof etilgan. Mazkur asosiy qoidaning O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi jinoyat huquqiga doir qo‘llaniladigan 

konstitutsiyaviy me’yorlarning mantiqiy amalga oshirilishi hisoblanadi.  

Adolat umumiy kategoriya sifatida o‘zida hayotiy voqelikning ayrim 

qimmatlik va qadriyatlarini, xususan, voqelikning to‘g‘ri va haqqoniy 

baholanishini aks ettiradi. Odillikning bunday tushunilishi jinoyat 

huquqiga ham xos bo‘lib, uning xususiyati o‘zida adolat mezonining bir oz 

boshqa jihatini nazarda tutadi.  



JKning 8-moddasiga binoan adolat quyidagilardan iboratdir: 

«Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan 

qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, 

ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy 

xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. 

Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi 

mumkin emas». 

Adolat jinoyat huquqi prinsipi  sifatida jazo yoki boshqa huquqiy 

ta’sir choralarining sodir qilingan jinoiy qilmishga yarasha yuqoridagi 

uchta kategoriya asosida jazo tayinlanishini taqozo etadi. 

JK 8-moddasi 1-qismida odillik, jinoyat huquqining prinsipi sifatida, 

o‘zida jazoning sodir qilingan jinoyatga muvofiq bo‘lishi yoki ushbu 

holatda muhim yo‘nalish sifatida namoyon bo‘luvchi sodir qilingan 

qilmishning og‘irligi, ayb darajasi, aybdor shaxsning ijtimoiy xavfliligini 

ifoda etadi, deyilgan. 

Jinoyatning og‘irligi  deganda, aybdor tomonidan sodir qilingan 

jinoiy qilmishning xavflilik darajasi va xususiyatining unga nisbatan 

tayinlanadigan jazo va boshqa ta’sir chorasiga muvofiq bo‘lishi 

tushuniladi.  

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-

моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-



моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7, 9 б. 

41 

 

                                                                                                                                                                                                 



Muayyan jinoyatning og‘irlik darajasi uning uchun jazo nazarda 

tutilgan modda sanksiyasida  o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan 

qonunni qo‘llashda ushbu moddaning sanksiyasidagi jazo yoki boshqa 

huquqiy ta’sir choralari jinoyatning og‘irligiga muvofiq ravishda 

tayinlanadi. 

(Jinoyatning og‘irlik darajasi haqida ushbu tom III bobining 

«Jinoyatlarni tasniflash» deb nomlangan 3-§ ga qarang.) 

Muayyan jinoiy qilmishning obyektiv tomonini ifodalovchi 

jinoyatning og‘irlik darajasidan farqli ravishda, aybning darajasi  bu 

shaxsning ruhiy holati, ayb shakli, xulq-atvorining motivi, maqsadi, 

aybdorning kayfiyati, his-hayajoni va turli kechinmalarini umumiy 

tavsiflovchi kategoriyadir. Mazkur elementlar jinoyat huquqi nuqtai 

nazaridan turlicha xususiyatga ega bo‘lib, ularning ba’zilari jinoyat 

tarkibiga kiritilgan, ba’zilari kiritilmagan. Biroq tanlangan  jazo yoxud 

boshqa huquqiy ta’sir choralarini baholash uchun aybning darajasini 

aniqlashda shaxsning o‘zi sodir qilgan jinoiy qilmishiga ruhiy 

munosabatini ifodalovchi yuqorida keltirilganlarning barchasi inobatga 

olinishi zarur. 

(Subyekt  tomon aybining darajasi haqida «Jinoyatning subyekt 

tomoni» deb nomlanuvchi VII bobda batafsil berilgan.) 

Tayinlanayotgan jazo yoki boshqa ta’sir choralari va sodir etilgan 

qilmish, jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligi 

qo‘llanilayotgan choralarning adolatliligini aniqlashda e’tiborga olinadi. 

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfliligi uning ijtimoiy hayotda 

tutgan o‘rni, xulq-atvorining huquqqa xilof qat’iy yo‘nalishga ega ekanligi 

yoki uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvoridan dalolat beradi (misol uchun, 

retsidivist, alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ularning 

analoglari yoki psixotrop moddalar iste’mol qiluvchilar va boshq.). 

Shaxsning ijtimoiy xavfliligini aniqlashda uning sodir qilgan jinoyati

shuningdek, uning jinoyat sodir qilgunga qadar va muayyan holatda 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgandan keyingi xulq-atvori hisobga olinishi 

kerak. 

42 


 

JK 8-moddasining 2-qismi  bir jinoyat uchun ikki marta 

javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilaydi. Ushbu qoidaning 

qonunda mustahkamlanganligi odillik prinsipining ikkinchi bir jihatini 

ochib beradi. Xususan, agar JK 8-moddasi 1-qismida  jazo yoki boshqa 

huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, uning 2-

qismida, umuman, jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu 

o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib 

xizmat qiladi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy 

javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi 

ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda uning mazkur qilmishi 

uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.  

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida odillik prinsipi jinoyat 

subyektlarining tengligini belgilovchi fuqarolarning qonun oldida tengligi 

prinsipini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan bir qator rasmiyatchiliklarni 

bartaraf etishga xizmat qiladi. Odillik prinsipi jinoyat ishlarini ko‘rishda 

odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning qonun oldida haqiqiy 

tengligiga erishishning obyektiv imkoniyatini ifoda etadi. Fuqarolarning 

qonun oldida tengligi va odillik prinsipining birgalikda tatbiq qilinishi 

keng ma’noda qonunni amalda to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati hamda huquqni 

qo‘llash  faoliyatida jinoyat huquqi subyektlari tengligining real asoslarini 

belgilaydi. 

10-§. Ayb uchun javobgarlik prinsipi 

Jinoiy javobgarlik – bu yuridik javobgarlikning muayyan turi bo‘lib, 

jinoyat sodir etgan shaxs uchun jinoyat qonunida belgilangan ayrim salbiy 

oqibatlar yuzaga kelishini tavsiflaydi. Javobgarlik bir butun alohida institut 

sifatida bir qator umumiy va xususiy, jumladan, jinoyat sodir qilgan 

shaxsni tuzatishga yo‘naltirilgan belgilarga ega. 

Jinoyat sodir etgan shaxsning tuzalishi  deb, eng avvalo, jinoyat 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida taqiqlangan harakatlar (harakatsizlik)ni 

sodir etmaslikka undovchi qonunga itoatkorlikni shakllantirish tushuniladi. 

Tuzalish jarayoni, jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan maqsadga 

erishishda ayb uchun javobgarlik prinsipi asosiy rol o‘ynaydi. 

43 

 


JK 9-moddasiga muvofiq, «Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi 

isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi». 

Ushbu  prinsipning ahamiyati shundaki, ayb –  jinoiy qilmishning 

xususiyati sifatida, jinoyat sodir etgan shaxsning jamiyat huquq-tartibotiga 

salbiy munosabatida ifodalanadi. Demak, shaxsni tuzatish uchun, avvalo, 

ushbu salbiy munosabatlarning o‘zini aniqlab olish zarur. Shaxsdagi 

bunday salbiy munosabatlar jamiyat manfaatlariga zid bo‘lib, jinoiy 

javobgarlikka tortishning ahamiyatini yo‘qotadi. 

Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish 

uchun majburiy bo‘lgan quyidagi belgilarni aniqlaydi: 

– shaxsning o‘z qilmishiga nisbatan ruhiy munosabati; 

– mazkur qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati. 

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish jarayonida jinoiy-huquqiy 

normalarni ko‘rsatilgan  prinsipga muvofiq ravishda shakllantirish va 

ushbu normalarni amaliy tatbiq qilish, qonun chiqaruvchi va huquqni 

muhofaza qiluvchi organlar uchun majburiydir. Ta’kidlash joizki, jinoiy 

javobgarlik tushunchasi va asosini aniqlovchi Jinoyat kodeksining 16-

moddasidan farqli, ushbu prinsipning mustahkamlanishi subyektga 

nisbatan umumiy jinoiy javobgarlik qoidasini o‘rnatishni ko‘zda tutadi. 

Jinoyat kodeksining 16-moddasida ta’riflangan qoidalar esa, ayb uchun 

javobgarlik prinsipining ayrim ko‘rinishlarini aks ettiradi.  

Sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan shaxsning ruhiy 

munosabati qasd yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishida  namoyon bo‘ladi. Ushbu 

prinsipga muvofiq, har bir muayyan holatda aynan jinoyat qonuni bilan 

talab qilingan ayb belgilanishi lozim. Masalan, qonunda bolani faqat 

qasddan almashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa 

(Jinoyat kodeksining 124-moddasiga asosan), mazkur moddada ayb uchun 

ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganlik sifatida jinoiy javobgarlik qo‘llash 

mumkin emas. 

Ayb uchun javobgarlik prinsipi muayyan jinoiy qilmishning 

tavsiflanayotgan belgilariga nisbatan jinoyat subyektining aybini majburiy 

belgilashda qo‘llaniladi. Shaxs o‘z qilmishining xavflilik darajasini 

ko‘rsatuvchi  obyektiv holatlarni anglamagan, anglashi shart bo‘lmagan 

44 


 

yoxud anglay olmaydigan hollarda, bu holatlar uning javobgarligini 

og‘irlashtirishga xizmat qilishi mumkin emas. Bunday xulosaga faqat 

jinoiy javobgarlikning obyektiv va subyekt asoslari mavjudligiga asoslanib 

kelish mumkin. 

Bu  o‘rinda isbotlash qonunga to‘liq bo‘ysungan holda amalga 

oshirilishi lozim. Mazkur talabga rioya qilmaslik aybning 

isbotlanmaganligini va oqibatda jinoyat sodir etmagan shaxsning jinoiy 

javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini ko‘rsatadi.  

Ta’kidlab  o‘tish lozimki, ushbu prinsip  aniq jinoyatlar tarkibini 

shakllantirish va jinoyat tarkibini jinoiy javobgarlikning asosi deb tan olish 

bilan mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qonun hujjatlarida ijtimoiy xavfli 

va qonunga xilof harakat ko‘rinishida aks etmagan qilmish uchun 

jazolanish holatlarini inkor etadi. 

Ushbu  prinsip  yana  obyektiv ayblovni, ya’ni aybsiz holda zarar 

yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni ham inkor etadi. Aybsiz 

holda yetkazilgan har qanday qilmish, ijtimoiy munosabatlarga yetkazgan 

moddiy zararidan qat’i nazar, jinoyat deb topilishi mumkin emas. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ayb uchun javobgarlik 

prinsipining mavjudligi jinoyat uchun javobgarlikning qat’iy 

belgilanganligini ko‘rsatadi. Jinoyat sodir etganlik uchun faqatgina aybdor 

shaxs javobgarlikka tortiladi. Ushbu qoida jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlarida bajaruvchining ektsess institutini, ya’ni jinoiy guruh 

a’zolarining qasdi bilan qamrab olinmagan harakati uchun faqat 

ijrochining o‘zi javobgar ekanligini tan olishda aksini topadi. 

(Bu  haqda ushbu tom X bobining «Ishtirokchilikda sodir qilingan 

jinoyat uchun javobgarlik asoslari va chegaralari» deb nomlangan 4-§ da 

batafsil to‘xtalib o‘tilgan.) 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling