Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


-ma’ruza. Gazlardagi zaharli moddalar.Gazlarning normal va standart holatlari


Download 4.59 Mb.
bet25/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Bog'liq
B majmua

3-ma’ruza.
Gazlardagi zaharli moddalar.Gazlarning normal va standart holatlari
Reja:
1.Gazlardagi zaharli moddalar.
2.Gazlarning normal holatlari.
3.Gazlardagi standart holatlar.
Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Baliq skaleti, Aqliy hujum
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Gazlar tarkibida odam organizmiga zaharli ta’sir qiluvchi, o’limga sabab bo’luvchi zaharli gazlar bo’lishi mumkin. Sun’iy gazlarda ko’proq zaharlovchi moddalar bo’ladi. Ular qatoriga uglerod oksidi SO, vodorod sulfidi N2S, uglerod sulfidi CS2 va boshqa gazlar kiradi. Ulardan uglerod oksidi kuchli zaharlovchi modda bo’lib, qonning kislorod uzatish qobiliyatini yo’qotadi. Uning natijasida zaharlanib o’ladi. Shuning uchun kislorod oksidi miqdori xonada 0,02 mg/l dan oshmasligi kerak. Bu gaz asosasn sun’iy gazlar tarkibida bo’ladi, bundan tashqari u har qanday yoqilg’ining chala yonishi natijasida hosil bo’ladi.
Vodorod sulfid N2S – sun’iy gazlar bilan bir qatorda tabiiy gazlarda hma uchraydi. Vodorod sulfid kuchli zahar bo’lib odam nerv tizimini tez ishdan chiqarib, nafas olishi yoki yurak urishini to’xtatadi va o’limga olib boradi. Bu gazning xonadagi konsentrasiyasi 0,001 mg/l dan ko’p bo’lmasligi kerak. Shahar gaz tarmoqlariga beriladigan tabiiy gaz tarkibida vodorod sulfid miqdori har 100 m3 ga 2 gr oshmasligi kerak. Kommunal – xo’jalik iste’molchilariga yuboriladigan suyultirilgan gaz tarkibida esa 100 m3 gazda 5 gr dan oshmasligi kerak.
Har qanday gazning holati uning bosimi va haroratiga bog’liq. Shunga qarab gazning ikki xil holati bo’lishi mumkin:
1. Normal holat. Bunda gazning harorati t=00C va bosimi P=760 mm.sm.ust. Bu holat har qanday injenerlik hisob-kitoblarda ishlatiladi.
2. Standart holat bunda gaz harorati t=200C, bosimi P=760 mm.sm.ust. Ishlatilgan gaz uchun pul to’lash paytida yoqilgan gazning xajmini standart holatga quyidagi formula yordamida keltiriladi:




Vcm = Vc

Pu



293







Pabc

Tu



bu yerda Vc – o’lchov asbobi ko’rsatgan gaz sarfi, m3/soat


Pu – quvurdagi gazning absolyut bosimi, ata
Tu – quvurdagi gazning absolyut harorati, K
Pabc – atmosfera bosimi, (Pabc = 1 ata)

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling