Zohid oxirgisi so'ngi


I.Uchuvchan yog’ kislotalarini aniqlash


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#253518
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar

I.Uchuvchan yog’ kislotalarini aniqlash 

           Go’sht  tarkibidagi  uchuvchan  yog’  kislotalarini  aniqlash  suv  bug’i 

yordamida  haydash  usuli  bilan  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  go’shtdan 

tayyorlangan  farshga  konsentrlangan  sulfat  kislotasi  qo’shiladi,  sulfat  kislotasi 

uchuvchan  asoslarni  birlashtiradi  va  uchuvchan  yog’  kislotalarini  siqib 

chiqaradi.  Tekshirishni  o’tkazish  uchun  haydash  apparati,  ya’ni  keng  kattaroq 

kolbalar,  sovitgich,  bug’  hosil  qiluvchi  moslama  va  ajralib  chiqqan  suyuqlikni 

yig’adigan  kolbalar  kerak.  Ichi  keng  yumaloq  kolbaga  25  gramm  go’sht  farshi 

solinib, 150 ml 2 foizli sulfat kislota eritmasi solinadi va aralashtiriladi. 

          Keyin  asboblarning  hamma  qismlari  bir-biriga  ulanadi.  Bug’  hosil  qilish 

moslamasidagi  suv  qaynash  darajasiga  yetkaziladi,  shu  vaqtning  o’zida  ichi 

keng  yumaloq  kolba  yelektr  pechi  yordamida  qizdiriladi.  Uchuvchan  yog’ 

kislotalarini  haydash  yig’uvchi  kolbadagi  suyuqlik  (distillat)  miqdori  200  ml 

bo’lguncha  davom  yettiriladi,  keyin  bu  yig’ilgan  suyuqlikka  3-5  tomchi 

fenolftalein  tomiziladi  va  0,1  normal  ishqor  yeritmasi  bilan  titrlanadi.  Titrlash 

malina  rangi  hosil  bo’lguncha  davom  qilinadi.  Bir  vaqtning  o’zida  nazorat 

tajribasi  o’tkaziladi.  Buning  uchun  150  ml.  2  foizli  sulfat  kislotasi  go’shsiz 

haydaladi.  

         Buning  natijasida  yig’ilgan  200  ml  suyuqlik  fenolftalein  ishtiroqida  0,1 

normal ishqor eritmasi bilan aniqlanadi: (3 - rasm)       

                                               ( a – v ) k 

                                       X = -------------- 

                                                    2 

Bunda: x – uchuvchan yog’ kislotasining miqdori, ml hisobida 

a – 25 g go’sht tarkibidan haydash natijasida chiqqan 200 ml suyuqlikni  titrlash 

uchun sarflangan 0,1 normal ishqor eritmasining miqdori. 

v –xuddi yuqoridagidek, lekin nazorat tajribasi uchun ishlatilgan ishqor.  

2 – 0,2 normal ishqor eritmasining qayta aniqlanishi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

62 



 

 K – 0,1 n. yeritmasiga tuzatma. 

 25 gramm yangi go’sht tarkibidagi uchuvchan yog’ kislotasini haydashda 0,35     

 ml gacha 0,2 normal ishqor eritmasi sarflanadi. Gumon qilingan go’sht  

 uchun 0,36 dan 1 ml gacha, yomon go’sht uchun 1 ml ko’proq sarflanadi. 

 

 



3-rasm.  Suv  bug’i  yordamida  go’shtning 

tarkibidagi  uchuvchan  moddalarni aniqlash 

uchun  ishlatiladigan  asbob.  1-kolba;  2-

tiqin;  3-sovitgich;  4-distillatni  yig’adigan 

kolba; 5-bug’ hosil qilgich.  

 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling