Fayziyeva Mabudaxon Muhammadjonovna


Download 18.72 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1342053
Bog'liq
Эксперт хулосаси TDPU


Ekspert Hamdamova Mahzuna Tursunovnaning
Fayziyeva Mabudaxon Muhammadjonovna tomonidan 5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun yozilgan “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasiga
Xulosa

1.

O‘quv adabiyotining ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik shifri, nomi va ixtisoslikka mo‘ljallanganligi hamda o‘quv reja va fan dasturlariga to‘la mos kelishi. Boblar, bo‘lim va mavzularning muayyan izchillikda yoritilishi.

“Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi 5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan hamda o‘quv reja va fan dasturlariga to‘la mos keladi. Boblar, bo‘lim va mavzular muayyan izchillikda yoritililgan. 20 ball

2

O‘quv adabiyotida jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini inobatga olinganligi, uning ahamiyati ifodalanganligi, soha va fanga oid milliy va xorijiy tajriba va ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilganligi.

O‘quv qo‘llanmada jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari inobatga olingan, uning ahamiyati ifodalangan, soha va fanga oid milliy va xorijiy tajriba va ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilgan. 15 ball

3

O‘quv adabiyotida nazariy va amaliy ma’lumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy va qiziqtiruvchan shaklda ifoda qilinganligi.

O‘quv qo‘llanmada nazariy va amaliy ma’lumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy va qiziqtiruvchan shaklda ifoda qilingan. 15 ball

4

O‘quv adabiyotida asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilganligi, atamalarning umumiyligiga erishilganligi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada asosiy tushuncha va xulosalaming ta’riflari aniq va ravshan yozilgan, atamalaming umumiyligiga qisman erishilgan.
10 ball

5

O‘quv adabiyotida bilim oluvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olinganligi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi.

O‘quv qo‘llanmada bilim oluvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olingan, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otadi.
10 ball

6.

Adabiyotlar ro‘yxatini yangilanganlik darajasi (2000 yildan keyin chop etilgan mahalliy va xorijiy o‘quv adabiyotlar).

Adabiyotlar ro‘yxatida 2000 yildan keyin chop etilgan mahalliy va xorijiy o‘quv adabiyotlar 75% ni tashkil etadi. 5 ball

7.

Mavzulardan so‘ng qisqacha xulosa, nazorat va muhokama savollari (kamida
8-10 ta), tayanch iboralarining mavjudligi.

O‘quv qo‘llanmada har mavzudan so‘ng qisqacha xulosa, nazorat va muhokama savollari mavjud, tayanch iboralar ham mavjud. 4 ball

8.

O‘quv adabiyotida muallif tomonidan doktorlik (DSc), nomzodlik (PhD) va magistrlik dissertatsiyasidan foydalanganligi.

O‘quv qo‘llanmada muallif tomonidan Abdullayeva B., Husanboyeva Q., Musurmanova O., Babayeva D., Hamdamova M., Qosimova N., Fayziyeva M., Jumanova F. va boshqalarning doktorlik (DSC) va nomzodlik (PhD) dissertatsiyalaridan foydalangan. 4 ball

9.

Glossariy (izohli so‘zlar) mavjudligi va uni bayon etish darajasi.

Glossariy (izohli so‘zlar) mavjud va uni bayon etish darajasi yaxshi. 4 ball

10.

O‘quv adabiyotining mazmunan tugallanganligi.

O‘quv qo‘llanma mazmunan tugallangan. 5 ball

11.

Xulosa (ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik shifri, nomi va ixtisoslikka mo‘ljallanganligi hamda o‘quv reja va fan dasturlariga to‘la mos kelishi, chop etish (adadi va moliyalashtirish manbasi ko‘rsatilgan holda) yoki chop etmaslik ekspert tomonidan aniq ko‘rsatilishi kerak))

O‘quv qo‘llanma 5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan hamda o‘quv reja va fan dasturlariga to‘la mos keladi. O‘quv qo‘llanmani chop etishga (200 adadda va byudjetdan moliyalashtirgan holda) tavsiya etaman. Jami 92 ball


Pedagogika fanlari bo’yicha
falsafa doktori, dotsent M.T.Hamdamova
Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling