Fayzulla xo'jayev (1896-1937)


Download 122.5 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1186831
1   2   3   4   5
Bog'liq
JADIDCHILAR

MUSO SAIDJONOV
(1893-1937)

Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan vа taraqqiyot уо'lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri. Muso Saidjonov 1893-yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug'ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida о'qigan. М.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix vа geografiya bilan jiddiy shug'ullanadi. 1913-yildan jadidchilik harakatiga qo'shilib, 1917-yilda "Yosh buxoroliklar" partiyasining tashkilotchilaridan biri bо'ladi.


U partiya markaziy qo'mitasining а'zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga qarshi bо'lib, islohotlarni tadrijiy уо'1 bilan о'tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917-yil Buxorodagi jadidlar tomonidan uyushtirilgan namoyishga qarshi bo'lgan. Amir bilan jadidlar о'rtasidagi muzokarada qatnashgan. Muso Saidjonov о'zbek xalqi о'zgacha milliy taraqqiyot уо'lidan borishiga ishongan. Uning siyosiy qarashlari kommunistik mafkuraga zid bо'lgan, shuning uchun ham u 1920-yilda Yosh buxoroliklarning kommunistik уо'nalishdagi guruhiga kirmagan. Keyinchalik u siyosatdan uzoqlashib, maorif sohasida faoliyat ko'rsatgan.
Мusо Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bо'lgan va 0'zbekistondagi tarix fani bo'yicha yirik olim va birinchi professorlardan edi. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak, madaniyatli, pokiza axloqli inson sifatida bilishgan.
U 1935-yilda о'zbek olimlaridan birinchi bо'lib sharqshunoslarning Ш kongressida qatnashadi. Uning ilmiy asarlari tarixning eng muhim davri — о'rta asrlar arxitektura yodgorliklari ча nodir qo'lyozmalarini tadqiq etishga bag'ishlangan.
0'zbek milliy ziyolilarining ko'zga Ко'ringan vakili sifatida totalitar tuzumning jadidchilik tarixini buzib ko'rsatganiga qarshi chiqqani, о'zbek davlatchiligi tarixiga xolisona yondoshgani uchun u 1937-yilda qatag'on qilingan.
Muso Saidjonov qabrining qayerdaligi noma'lum.


BOBOOXUN SALIMOV
(1874-1929)
Davlat va siyosat arbobi, ma'rifatparvar Bobooxun Salimov 1874-yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Asli ismi Muhammad bо'lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlanq'ich ta'limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus tillarini о'rganadi, she'rlar mashq qiladi. 1910 — 1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon saroyida otasi о'rnida shayxulislom lavozimini ado etadi. 1917-yil Xivadagi inqilobiy voqealarida ishtirok etib, parlament sifatida tashkil etilgan Majlis а'zoligiga saylanadi. 1918 — 1920-yillarda То'rtko'lda yashab, "Yosh xivaliklar" partiyasiga а'zo bо'lib kiradi. 1920-yili xalq vakillarining Butunxorazm 1 qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Adliya noziri lavozimiga saylanadi. Keyinchalik u Xorazmdagi maktab, maorif ishlarida qatnashadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining I qurultoyi chaqirilishi va о'tkazilishiga rahbarlik qildi.
В.Salimov islom g'oyalari asosida yangilikka intilishga, shariatda tenglikka erishishga, xon amaldorlarining huquqlari bilan о'sib kelayotgan savdogarlar va sanoatchilar, hunarmandlar va ziyolilar huquqlarini tenglashtirishga intildi. Dastlab u xonlikda mayda huquqiy ча iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan taraqqiyotga erishish mumkin, deb hisoblagan.
Bobooxun Salimov 20-yillar oxirida kommunistik totalitar tuzum tomonidan ziyolilarning ta'qib qilinishi natijasida davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Uning qarashlari, maqsad va g'oyalari bolshevistik siyosatga zid edi. Shuning uchun u 1929-yil 10-may kuni kechqurun sovet hokimiyati tomonidan sudsiz, so'roqsiz otib о'ldiriladi.
Bobooxun Salimov qabrining qayerdaligi noma'lum.





Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling