Fayzulla xo'jayev (1896-1937)
ABDURAUF FITRAT (1886-1938)
Download 122.5 Kb.
|
JADIDCHILAR
ABDURAUF FITRAT
(1886-1938) Yirik davlat va siyosat arbobi, shoir va olim, nosir va dramaturg, ma'rifatparvar Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida dunyoga keldi. Dastlab eski maktabda o'qidi, keyin Mirarab madrasasida tahsiini davom ettirdi. Asrimiz boshlarida vujudga kelgan "Tarbiyayi atfol" jamiyati ko'magida 1909—1913-yillarda Istambulda tahsil oldi. Bu yerda qizg'in ijod qildi. Shuning samarasi o'laroq, 1911-yili "Sayha" ("Chorlov") nomli she'riy to'plamini chop ettiradi. Turkiyadan qaytgach, Buxoroda o'qituvchilik qiladi. "Yosh buxoroliklar" harakatida faol ishtirok etadi, uning bosh mafkurachisi, g'oyaviy yo'lboshchilaridan biriga aylanadi. 1917-yil aprelidan 191'8-yil martigacha Samarqandda chiqib turgan "Hurriyat" gazetasiga muharrirlik qiladi. 1918-yili Fitrat Toshkentga keladi. 11 bu yerda asosan ilmiy, ijodiy, ma'rifiy ishlar bilan ko'proq band bo'ldi. U bir qator darsliklar tuzadi, "Chig'atoy gurungi" nomli ijtimoiy-adabiy tashkilotda faol ishtirok etadi. 1921-yili Buxoroga taklifetiladi. U xalq xo'jaligining bir qator sohalarini yaxshilashda, ayniqsa, maorifsohasida sezilarii ishlarni amalga oshiradi. Uning tashabbusi bilan bir guruh iqtidorii yoshlar Istambul, Berlin, Moskva kabi shaharlarga o'qishga yuboriladi. Buxoro maktablari uchun o'quv qurollari, darslik va qo'llanmalar nashr etish yo'lga qo'yiladi. Fitrat 1921—1922-yillarda bir qator yuqori lavozimlarda ishlab, o'zining davlat arbobi sifatidagi iste'dodini ko'rsata oldi. U 1923—1924-yillarda Moskva va Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida ishladi. Turk, arab, fors tillari va adabiyotidan yoshlarga dars berdi. Leningrad dorilfununi professorligiga saylandi. "Abulfayzxon", "Bedil", "Qiyomat", "Shaytonning tangriga isyoni" kabi asarlar yozib, chop ettirdi. Moskvadan qaytgach, respublikamizning ilmiy, madaniy-ma'rifiy hayotida faoliyat ko'rsatadi. Fitrat tilshunos olim sifatida o'zbek tilining qoidalari to'g'risida "Sarf", "Nahv" asarlarini yozdi. Musiqashunos olim sifatida "Shashmaqom", "O'zbek klassik musiqasi ham uning tarixi", "Sharq musiqasi" kabi tadqiqotlar yaratdi. 30-yillarda u ilmiy-tadqiqot muassasalarida, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti va dorilfununda ishladi. 1937-yili "xalq dushmani" sifatida hibsga olinib, 1938-yili Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo'zsuv qirg'og'idagi qatlgohda otib tashlandi. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling